Raqamli qurulmalarni loyihalash


Download 73.69 Kb.
bet1/3
Sana18.11.2023
Hajmi73.69 Kb.
#1785957
  1   2   3
Bog'liq
Durdona


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYLAR VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI


KOMPYUTER TIZIMLARI KAFEDRASI
RAQAMLI QURULMALARNI LOYIHALASH”
Fanidan
MUSTAQIL ISH


Mavzu: : ANOLOG ELEKTRON QURULMALAR 


Guruh: 720_21
Bajardi: Olimjonova Durdona
Guruh: 720_21
Tekshirdi: Ismoilov M

Mavzu: ANOLOG ELEKTRON QURULMALAR
REJA :
1 .FANGA KIRISH
2. ANOLOG QURULMALAR HAQIDA TUSHUNCHA
3. ANOLOG ELEKTRON QURULMALAR

Elektronika, mikroelektronika, signal, integral sxema, yarim o’tkazgich. 


Hozirgi kunda telekommunikatsiya va axborotlashtirish tizimining 
rivojlanish darajasi tom ma’noda mikroelektronika va nanoelektronika 
maxsulotlarining ularda qo‘llanilish darajasiga bog‘liq. 
Birinchi IMSlar 1958 - yilda yaratildi. IMSlarning hajmi ihcham
og‘irligi kam, energiya sarfi kichik, ishonchliligi yuqori bo‘lib, hozirgi kunda 
uch konstruktiv-texnologik variantlarda yaratilmoqda: qalin va yupqa pardali, yarimo‘tkazgichli va gibrid. 
Mikroelektronikaning qariyb yarim asrlik rivojlanish davri mobaynida 
IMSlarning keng nomenklaturasi ishlab chiqildi. Telekommunikatsiya va 
axborot-kommunikatsiya tizimlarini loyihalovchi va ekspluatatsiya qiluvchi 
mutaxassislar uchun zamonaviy mikroelektron element bazaning imkoniyatlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lish muhim. Elektron qurilmalar, jumladan, komputerlarda qayta ishlanayotgan ma’lumotlar, natijalar va boshqa axborotlar ko‘p hollarda elektr signallar ko‘rinishida ifodalanadi. 
Axborotni ikki usulda ifodalash mumkin: analog (uzluksiz) va raqamli 
(diskret). Birinchi usulda ifodalanayotgan kattalik,unga proporsional bo‘lgan Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari murakkab tizimlar sinfiga mansub bo‘lib, ular turli murakkablikdagi raqamli integral mirosxemalardan tashkil topgan. Shuning uchun ushbu tizimlarni shakllantiruvchi raqamli qurilmalarni o‘rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. “Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish” fani axborot va kommunikatsiya texnologiyalarida ishlatiladigan 
raqamli qurilmalar turlarini, xarakteristikalarini, ularning tuzilishi, ishlash mexanizimlari va ular yordamida yaratiladigan murakkab qurilmalarning 
texnologik va sxemotexnik xususiyatlarini o‘rganish masalalarini o‘z ichiga oladi.Bundan tashqari ushbu fan talabalarga maxsus fanlarni o‘zlashtirishda va keyinchalik esa ishlab chiqarish, loyihalash va tadqiqot ishlarida kerak bo‘ladigan asosiy negiz tushunchalarni o‘rgatadi. Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish fan va texnika sohasi bo‘lib, axborot uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va saqlashga ishla raqamli qurilmalarni loyihalashtirish usullarini o‘rganish hamda ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Raqamli yoki diskret axborotlarni murakab sistemalard qayta ishlashda alohida elementar operatsiyalarni ketma-ket bajarish orqali erishiladi. Bunday elementar operatsiyalarni EHMlarning operatsion elementlari yoki uzellari bajaradi. Bu operatsion elementlar yokiuzellar kombinatsion va ketma-ket 
tuzilgan mantiqiy elementlardan tashkil topgan. Operatsion elementlar 
tomonidan bajariladigan elementar operatsiyalarga quyidagilar kiradi: 
O‘rnatish-ma’lum konstantali ikkilik kodni operatsion elementga 
yozish. Misol: hisoblagichning barcha razryadlariga «0» ni o‘rnatish, yoki 
tezkor xotiraga «1» ni yozish
Hisoblash texnikasining ilk tarixini tahlil qilar ekanlar, xorijlik ayrim tadqiqotchilar kompyuterning qadimiy o‘tmishdoshi sifatida tez-tez “abak’ deb atalgan mexanik qurilmalarni aytib o‘tadilar. "Abakka" yondashish xato yondashishdan darak beradi, chunki abak avtomatik hisoblash xususiyatiga ega emas, kompyuter uchun esa bu belgilovchi (asosiy) xususiyatdir
Abak - eng birinchi, ilk hisoblash qurilmasi bo‘lib, dastlab u tarnovlari bor sopol plastinka shaklida bo‘lgan. Tarnovlar ichiga raqamlarni namoyon qiluvchi toshlar taxlangan. Uning paydo bo‘lish davri eramizdan avvalgi to‘rtinchi ming yillikka to‘g‘ri keladi. Paydo bo‘lish hududi Osiyo hisoblanadi. Asrimiz o‘rtasida Yevropada abak kataklarga bo‘lingan jadvallar bilan almashtiriladi. Ular yordamida hisoblash chiziqlardagi hisoblar deb atalgan, Rossiyada esa XVI-XVII asrlarda hozir ham ishlatiladigan ilg‘or kashfiyot - qo‘l hisoblagichlari ham paydo bo‘ldi. Agarda zamonaviy kompyuterlarning o‘tmishdoshi qanday ob’ektlar bilan ishlagani ustida fikr yuritib ko‘rilsa, raqamlar yo reykali va halqali mexanizmlarning chiziqli harakati ko‘rinishida, yoki tishli hamda richakli mexanizmlarning burchakli harakati ko‘rinishida taqdim etilganligini tan olish kerak bo‘ladi. U holatda ham, bunisida ham bular harakat bo‘lib, bu uskunalarning o‘lchamlari va ish tezligida aks etmasligi mumkin emas edi. Faqat harakat (ko‘chish)ni qayd etishdan signallarni qayd etishga o‘tishgina o‘lchamlarni sezilarli darajada kamaytirish va harakatlar tezligini oshirish imkonini berdi. Biroq bunga erishish yo‘lida yana bir nechta muhim tamoyillar va tushunchalarni kiritishga to‘g‘ri keldi. Leybnitsning ikkilik tizimi. Mexanik uskunalarda tishli g‘ildiraklar fiksirlangan juda ko‘p va eng muhimi bir-biridan farqlanadigan holatlarga ega bo‘ladi. Bunday holatlar soni kamida shesternyaning tishlarini miqdoriga teng bo‘ladi. Elektr va elektron uskunalarda gap konstruksiya elementlarining holatlarini ro‘yxatga olish haqida emas, balki uskuna elementlari holatlarini qayd etish haqida boradi. Bunday barqaror va farqlanadigan holatlar ikkita: yoqilgan-o‘chirilgan; ochiq-yopiq; zaryadlangan-zaryadsizlantirilgan va hokazo.Shuning uchun mexanik kalkulyatorlarida ishlatilgan an’anaviy o‘n raqamli yoki o‘nlik tizim elektron hisoblash vositalari uchun qulay emas.
Har qanday raqamni (faqat raqamlarnigina emas) ikkilik raqamlar qilib tasvirlash birinchi bo‘lib, Gotfrid Vilgelm Leybnits tomonidan 1666 yili taklif qilingan. U qarama-qarshiliklar birligi va kurashi falsafiy konsepsiyasini tadqiq qilish bilan shug‘ullana turib, hisoblashning ikkilik tizimiga kelgan, uni kashf etgan. Olamning yaralishini ikki ibtido, ikki boshlanish nuqtasining ("oq" va "qora"ning, "erkak" va "ayol"ning, yomonlik va yaxshilikning) bir-biriga uzluksiz o‘zaro ta’siri sifatida tasavvur qilishga va uni o‘rganishga "sof" matematikani qo‘llashga urinish Leybnitsni ma’lumotlarni nollar va birlar yordamida ikkilik sanoq tizimida tasavvurining xususiyatlarini tasvirlashga undadi. Shuni aytish lozimki, Leybnits o‘sha vaqtdayoq ikkilik tizimini hisoblash uskunasida ishlatish fikriga kelgan, ammo mexanik uskunalar uchun bunga hech qanday ehtiyoj bo‘lmagani uchun u o‘z kalkulyatorida ikkilik tizimini ishlatgani yo‘q.

Download 73.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling