Fanning nomi: Elektrotexnika, radiotexnika va elektronika
Mashg‘ulot mavzusi: “Elektron zanjirlarning asosiy elementlari ” mavzusini o‘qitish texnologiyasi.
Mashg‘ulotni o‘tkazish vaqti -80 daqiqa
Mashg‘ulot maqsadlari:Ta’limiy: Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilariga Elektron zanjirlarning asosiy elementlari haqida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Tarbiyaviy: Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilariga elektron zanjirlarning asosiy elementlari tayyorlash jarayonida mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilish, bir-birini hurmat qilishni hamda milliy va umummadaniy qadriyatlarni shakllantirish ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Fanga qiziqtirish, ularni dunyoqarashini kengaytirish, erkin, kreativ va mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
O‘quv faoliyatini tashkil etish shakli: Individual ishlash
O‘qitish sharoiti: Jihozlangan auditoriya
O‘qitish texnologiyasi va metodlari. “Klaster”, “Venn diagrammasi” texnologiyasi, Suxbat, “Nima uchun?” organayzeri, ko‘rgazmali, amaliy mashq, sinkveyn.
O‘qitish vositalari: o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar, kompyuter, videoproyektor, ekran, slayd, tarqatma materiallar, virtual laboratoriya stendlari, rezistorlar, induktiv g’altak, kondensator.
Tarqatma materiallar: testlar, slaydlar, yo‘riqnomalar, tarqatma materiallar, krassvord.
Mashg‘ulotning borishi
II. Tashkiliy qism. (7 daqiqa)
Salomlashish bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining davomatini aniqlash, ish o‘rinlari va jihozlangan auditoriyaning sanitariya gigiyena holatini ko‘zdan kechirish, ularni reja bilan tanishtirish.
Reja:
1. Elеktr qarshilik. Rеzistоrlar
2. Elеktr sig’im. Kоndеnsatоr
3. Induktivlik. G’altaklar
Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilariga faollashtiruvchi nostandart test savollari beriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |