Raqobat nazariyasi


Download 53.91 Kb.
bet1/5
Sana07.11.2023
Hajmi53.91 Kb.
#1753004
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Рақобат курашининг замонавий шакллари



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATISIYALAR VAZIRLIGI.
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI.
MAGISTRATURA VA KECHKI TALIM FAKULTETI.
RAQOBAT NAZARIYASI “ FANIDAN.

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Raqobat kurashining zamonaviy shakllari.

Bajardi: KI 73 guruh talabasi Sirojev Shuxrat
Toshkent-2023
Mavzu: Raqobat kurashining zamonaviy shakllari.
Reja:
1. Raqobatning mohiyati, turlari va usullari.
2. Erkin bozor sharoitida raqobatning mohiyati va ahamiyat.
3. Raqobatbardoshlik: Mazmuni va shakllari.
4. O’zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va uning huquqiy asoslari.
Mavzusining dolzarbligi. Prezidentimiz o’z ma’ruzalar “Tovar bozorlarida monopolistik faolyatni cheklash va raqobat to’g’risida qonun bugungi kunda eskirdi va zamon talablariga javob bermay qoldi.Shuni e’tiborga olgan holda “Raqobat to’g’risida “ yangi qonunni ishlab chiqarishimiz va qabul qilishimiz zarur” -deb ta’kidlangan edilar. Shulardan kelib chiqqan holda ,raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi mexanizmi hisoblanadi. Zero raqobat tashqi kuch sifasida maydonga chiqib, korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish, harajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni oqilona tashkil etishga ,binobarin ishlab chiqarishni kengaytirish va samaradorligini oshirishga doimo undab turadi. Jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyot-ning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha birinchi navbatda navbatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish,mustahkam hamkor-likni yo’lga qo’yish, mamlakatimizning ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rahbatlantirish masalalari alohida o’rin tutdi.

  1. Raqobatning mohiyati , turlari va usullari :

Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo’jaligining eng muhim belgisi, rivojlantirish usuli hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti raqobat sharoitidagina eng yaxshi faolyat ko’rsatadi. Bu hol ko’pgina ilmiy risolalarda yetarli darajada isbotlangan , shuning uchun aksioma sifatida qabul qilindi . Raqobat siyosati fani raqobat kurashi sharoitida korxonaning xatti - harakatini tadqiq qiladi, raqobat kurashning mohiyati va shakllarini o’rganadi, raqobat sharoitida boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullarini, jumladan, korxona rivojlanishi turli strategiyalarni shakllantirish va amalga oshirish xususiyatlarini taxlil qilishni o’rgatadi. Bozor iqtisotisodiyoti sharoitida barcha tarmoqlarning rivojlanish strategiyasini raqobat kurashidan alohida ko’rib chiqish mumkin emas. Raqobat - bu bozor iqtisodiyoti ishtirokchilarining o’z manfaatlarini yuzaga chiqarish uchun bir – biri bilan kurash , ularning o’zaro bellashuvidir . Odamlarni bir - biri bilan kurashi emas balki , manfaatlar to’nashgan joyda vujudga kelgan kurashi raqobat deyiladi .

Download 53.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling