Raqobat nazariyasi


Erkin bozor sharoitida raqobatning mohiyati va ahamiyat


Download 53.91 Kb.
bet3/5
Sana07.11.2023
Hajmi53.91 Kb.
#1753004
1   2   3   4   5
Bog'liq
Рақобат курашининг замонавий шакллари

2. Erkin bozor sharoitida raqobatning mohiyati va ahamiyat.
Iqtisodiy rivojlanishni raqobatsiz tasavvur etib bo’lmaydi . Keng ma’noda qaralganda , barcha sohalarda , iqtisodiyotning barcha jabhalarda kishilar o’z manfaatlarini qondirish uchun kurashadilar , ya’ni o’zaro raqobat qilishga intiladilar . Har bir iqtisoddagi kabi bozor sharoitida ham kishilarning xohish irodasi , malakasiga va tafakkuriga bog’liq bo’lmagan o’ziga xos ob’yektiv qonuniyatlar mavjud . Raqobat eng avvalo iqtisodiy hodisa hisoblanadi va uning asosini xo’jalik sub’ektlari orasidagi iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi. Raqobat o’zini xo’jalik sub’yektlari orasida oddiy ne’matlari ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabat sifatida namoyon etadi . Raqobat orqali iqtisodiyotda tabaqalashuv yuzaga keladi , ya’ni raqobatga yutib chiqqanlar iqtisodiy jihatdan baquvvat bo’lib ketsalar , yutqazganlar esa iqtisodiy jihatdan inqiroz holatiga tushib qoladilar va ko’pincha yirik korxonalar tarkibiga qo’shilib ketadilar yoki umuman yo’q bo’lib ketadilar . Raqobatning ham ijobiy , ham salbiy jihatlari mavjud . Raqobatning ijobiy tomonlari u resurslarni samarali taqsimlanishiga va tadbirkorlik faolyatining rivojlanishiga olib keladi.
Shuningdek, raqobatda iste’molchilarning talabi asosiy o’rin tutganligi sababli resurslarning iste’molchilar talabi yuqori bo’lgan ishlab chiqarish tarmoqlariga yo’nalishiga xizmat qiladi. Raqobat tadbirkorlarini yangi texnologiyalarni jalb etishga undaganligi sababli ilmiy - texnikaviy rivojlanishga turtki bo’ladi . Bundan tashqari , raqobatning eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki , bunda eng asosiy e’tibor tadbirkorlarning shaxsiy mustaqilligiga qaratiladi . Faqat raqobatgina iqtisodiy faolyatni ma’muriy boshqarishsiz ham muvofiqlashtirishi mumkin va bu tadbirkorlarga manfaatlarini to’laroq qondirishga imkoniyat yaratib beradi . Raqobatning salbiy tomonlari sifatida shuni aytish mumkinki , raqobat bozorda muvozanatni yuzaga keltirishi yoki o’zi buni buzib qo’yishi mumkin. Chunki talab va taklifning o’zgarishiga qarab narxlarning to’xtovsiz o’zgarib turushi bozordagi sub’yektlarning mavqelarini bir maromda saqlab turishlariga imkon bermaydi . Shiningdek , raqobatning mavjudligi tadbirkorni foyda olish va bozorda o’z mavqeyini saqlab qolish maqsadida shunday metodlardan foydalanishga majbur etadiki , bu o’z navbatida tabiiy resusrlardan nooqilona foydalanishga , o’z raqibini obro’sizlantirishga , iste’mochilarni chalg’itishga olib kelishi mumkin . Raqobatni o’rganar ekanmiz uning turlarini va ularga xos bo’lgan xususiyatlarni o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi . Bozor tizimida raqobatni mukammal ( sof raqobat ) va nomukammal turlarga ajratish mumkin. Mukammal ( yoki sof ) raqobat shunday raqobatki , bunda bozordagi sotuvchilar va xaridorlarning soni juda ko’p miqdorda bo’lib , ular bozordagi narxga ta’sir eta olmaydi va monopol mavqeyidan foydalanib , bozordagi ishtirokchilarni o’z izmiga yurita olmaydi . Shuningdek bu sharoitda kurash doirasi juda keng bo’lib mavjud tarmoqqa kirish va undan chiqish hamda ushbu tarmoq to’g’risida axborot olish erkinligi kafolatlangan bo’ladi . Bunda barcha imkonyatlar bir xil turdagi tovar va mahsulotlar ishlab chiqaradilar hamda bozordagi narx talab va taklif asosida shakllanadi . Ammo rael hayotda raqobatning bu ko’rinishini uchratish qiyin.
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo’jaligining eng muhim belgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olishga unga turli tomondan yondoshishini talab qiladi . Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar ( korxonalar ) o’rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish , umuman iqtisodiyotda o’z mavqeyini mustahkamlash uchun kurashdan iborat . Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari , xom ashyo va materiallar sotib olish , ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi . Ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat pirovardida iste’molchilarni o’ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadi . Resurslarni yetkazib beruvchilar o’zlarining iqtisodiy resurslarini ( kapital , yer – suv , ishchi kuchi ) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar . Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o’rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan , iqtisodiyot to’liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo’ladi . Raqobat iste’molchilar o’rtasida ham yuz beradi : ular tovarlarni qulay va arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar. Ya’ni xaridorlar har bir sarflangan pul birligi evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lishga harakat qiladilar . Arzon va sifatli tovarni sotib olish uchun kurashadilar. O’z navbatida xaridorlar , ya’ ni iste’molchilar sarflagan har bir so’m xarajati evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashadilar , ularning har biri arzon va sifatli tovar va xizmatlarga ega bo’lishga harakat qiladi. Aksariyat holatllarda raqobatni bevosita tovarlar yoki tarmoqlar o’rtasidagi kurashsifatida ta’rif - laydilar : “ Tovarlar hamda ularning ishlab chiqaruv –chilari - firmalar, tarmoqlar , mamlakatlar o’zaro raqobatlashadilar . Shunga ko’ra , raqobat va raqobat doshlikni ham tovarlar , ham tovar ishlab chiqaruvchilarga nisbatan ko’rib chiqish mumkin ”.
Ma’lumki , kurash – bu o’z manfaatini himoya qilish , raqibni yengib chiqish hamda g’olib bo’lish uchun harakat , turli vosita va usullarni ishga solish demakdir. Tovarlar esa raqobat jarayonida o’zlarining raqobatdoshlik xususiyatlarini bevosita o’zgartira olmaydilar , ya’ni kurasha olmaydilar . Ularning bu jarayondagi ishtiroki passiv hisoblanadi . Tovarlarning raqobat kurashida yengib chiqishi ular ishlab chiqaruvchilarining xatti – harakati va salohiyatiga bog’liq bo’ladi. Shundan kelib chiqqan holda firma va tarmoqlar , qolaversa mamlakatlar o’rtasidagi raqobat ham pirovardida ularning tarkib toptiruvchilari hisoblangan tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasidagi raqobat orqali namoyon bo’ladi . Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko’rib chiqish orqali yanada kengroq namoyon bo’ladi . Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkin :
1 ) tartibga solish vazifasi ;
2 ) resurslarni joylashtirish vazifasi ;
3 ) innovatsion vazifa ;
4 ) moslashtirish vazifasi ;
5 ) taqsimlash vazifasi ;
6 ) nazorat qilish vazifasi .
Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab ( iste ’ mol ) ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o’tkazishdan iborat . Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali , ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi , ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi. Raqobatning resurslarini joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillari ular eng ko’p samara beradigan korxona , hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.
Raqobatning innovatsion vazifasi fan - texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’ yektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko’rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi . Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona ( firma ) larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo’naltirilgan bo’lib , ularning shunchaki o’zini - o’zi saqlab , iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo’jalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi ( kengayishi ) ga o’tishini bildiradi . Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi ( yalpi ichki mahsulot ) ning iste’molchilar o’rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir o’tkazadi . Raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan hukmronlik o’rnatishiga yo’l qo’ymaslikka yo’naltiriladi. Raqobat kurashining mazmuni to’g’risida to’laroq tushunchaga ega bo’lish uchun uning asosiyshakllari va belgilarini ko’rib chiqish zarur . Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to’rtta shakli alohida ajratilib ko’rsatiladi . Bular erkin raqobat , monopolistik raqobat , monopoliya va oligopoliyadir .

1) monopollashgan korxonalar o’rtasidagi raqobat ;


2) monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalariga kirmagan ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat ;
3) turli monopoliyalar o’rtasidagi raqobat ;
4)monopolistik birlashmalar o’zlarining ichidagi raqobat;
O’z miqyosiga ko’ra raqobat ikki turga - tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo’linadi . Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitga ega bo’lish , qo’shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o’rtasida boradi . Har bir tarmoqda texnika bilan ta’minlanish darajasi va mehnat unumdorli darajasi turlicha bo’lgan korxonalar borligi sababli shu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual ( alahida ) qiumati bir xil bo’lmaydi. Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ichtimoiy qiymatini , boshqacha aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi . Bu qiymat , odatda , o’rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi .

qarindosh - urug’chilikni , oshna - og’aynichilikni , tanish - bilishlikni , ma’muriy - buyruqbozlikni tan olmaydi . Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi : narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat .



Download 53.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling