Raqobat nazariyasi
Raqobat - bozorning asosiy sharti va qonunidir
Download 53.91 Kb.
|
Рақобат курашининг замонавий шакллари
Raqobat - bozorning asosiy sharti va qonunidir. Unga turli tomondan yondashishni talab qiladi . Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar ( korxonalar ) o’rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish , umuman iqtisodiyotda o’z mavqeyini mustahkamlash uchun kurashdan iborat . Bunda ular ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish , umuman iqtisodiyotda o’z mevaqeyini mustahkamlash uchun kurashdan iborat . Bunda ular kerak ishlab chiqarish vositalari , xomashyo va materialllar sotib olish , ishchi kuchini yo’llash uchun ham kurashadi .
Shunday qilib, raqobat ko’p qirrali iqtisodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha subyektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Yutuqli raqobat strategiyasini ishlab chiqarishda raqiblarning foydaga intilishi quyidagi xususiyatlarga ega shaklantiradi . Raqobatlashuvchi firmalar bozordagi o’z nufuzlarini doimo yaxshilashga xarakat qiladilar . O’z o’rnini yaxshilash uchun kurash ko’proq mijozlarni jalb etishga harakatda namoyon bo’ladi , buning uchun raqiblar o’zlarining boshqadan o’zish va bozorning daromadliroq ulushini o’zi uchun ta’minlashga yo’nalirilgan raqobat strategiyalarini tuzadilar va qaytadan tuzadilar va qaytadan va qaytadan shakllantiradilar. Bitta yoki undan ko’p raqiblar o’z ahvollarini yaxshilash maqsadida yangi strategic hujum boshlasalar yoki egallagan mavqeyini saqlab qolish uchun himoyani yangicha tashkil qilganlarida raqobatning yangi yo’nalishlari vujudga keladi . Firmaning o’z strategiyasini to’g’rilamasdan yoki qayta ko’rib chiqmasdan faoliyat ko’rsatush muddadti bozordagi uning muvaffaqqiyatli ( yoki muvaffaqqiyatsizligiga ), shuningdek raqiblar tomonidan qilingan strategik qarshiliklarga javoban xatti – harakatiga bog’liq. Firma raqobat strategiyasining raqiblar strategiyasiga nisbatan past kelganini aniqlaganda , u bunchalik tez mag’lub bo’lmaydigan yangi strategiyani topishi zarur , yoki o’zining holatiga qanoat qilishi kerak . Faolyatning mumkin bo’lgan yo’nalishlarini ko’rib chiqishda , firma osonlikcha takrorlash ham , barbod qilish ham mumkin bo’lmagan raqobat strategiyasini tanlashi mumkin. Iste’molchilarga raqobatchilar osonlikcha yoki kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishi mumkin bo’lmagan mahsulotni taklif qila borib , firma bozorda yaxshi mavqeyini egallabgina qolmay , unikal , hech kimda yo’q raqobat imkonyatiga ega bo’lish mumkinki, bu o’z navbatida , yuqori daromadlarga aylanishi mumkin. Bevosita raqiblar bilan raqobat yo strategik jihatdan muvaffaqqiyat keltirishi , yoki strategik mag’liubiyatga olib kelishi mumkin . Agar strategik muvaffaqqiyat yetarli darajada bo’lsa , u bozor kuchlarining faoliyat yo’nalishiga va raqobat bosimiga ta’sir qilishi va xatoki ularni (boshqarishi ) mumkin . Strategik mag’lubiyat raqobatga nisbatan yaxshi o’ylanmagan , yoki zaif amlga oshirilgan yondashishni , yoki unisini ham , bunisini ham aks ettiradi . Mag’lubiyat firmaning o’z strategiyasini qayta ko’rib chiqishiga , bozordagi o’z mavqeyini yo’qotishga , yoki hattoki uning tarmoqni tark etishiga olib kelishi mumkin. Raqobat kurashida yengib chiqish uchun hamfikr bo’lib , texnik yangiliklar ustida yakdillik bilan ishlagan kam sonli tadbirkorlar jamoasining keyinchalik moliyaviy jihatdan ulkan muvaffaqqiyatga erishgan yirik firmalarga aylanib ketganligiga ko’plab misollar keltirish mumkin . Bugungi kunda butun dunyoga mashxur “ Xonda ”, “ Ford ” , “ Microsoft ” firmalari bunga yaqqol misoldir . Raqobatning asosiy sohasi bozor, chunki unda erkin iqtisodiy sub’yektlarning aohidalashgan manfaatlari to’qnashdi. Raqobat kurashining mazmuni to’g’risida to’laroq tushunchaga ega bo’lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko’rib chiqish zarur. O’z miqyosiga ko’ra raqobat eng avvalo ikki turga: tarmoq ichidagi raqobatga va tarmoqlararo raqobatga bo’linadi . Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to’rtta shakli alohida ajratilib ko’rsatiladi . Bular erkin raqobat , monopolistik raqobat , monopoliya va oligopoliyadi. Erkin raqobat ikki darajada namoyon bo’ladi : tarmoq ichida , ya’ni bir hil tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o’rtasidagi raqobat va tarmoqlararo , ya’ni turli tarmqodagi korxonalar o’rtasidagi raqobat. Tarmoqlar ichidagi raqobatishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitga ega bo’lish , qoshimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o’rtasida boradi. Har bir tarmoqda texnik bilan ta’minlash darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo’lgan korxonalar borligi sababli shu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual ( alohida ) qiymati bir hil bo’lmaydi. Bunday raqobat foyda normasi kam bo’lgan tarmoqlardan foyda normasi kam bo’lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib o’tishiga sabab bo’ldi . Yangi kapitallar ko’proq foyda keltiruvchi sohalarga intilib , ishlab chiqarishning kengayishiga , taklif ko’payishiga olib keladi . Shu asosida , narxlar pasaya boshladi . Shuningdek , foyda normasi ham kamayadi , kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kepitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi : bu yerda ishlab chiqarish hajmi o’zgaradi , tovarlarga bo’lgan talab ular taklif qilishidan oshadi . Natijada tarmoqlar aro raqobat obyektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi . Bu muvozanat kapital qayerga sarflanganligidan qat’iy nazar , teng kapital uchun teng foyda olinishiga intilishini taminlaydi . Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko’p sonli korxonalar mavjud bo’ladi . Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda juda ko’plab sotuvchilar o’zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar .Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi . Iqtisodiy , texnik , huquqiy , yoki boshqa yangi raqobatchilarning tarmoqqa kirishga yo’l qo’ymaydi . Tarmoqqa kirish uchun to’siqlar har xil ko’rinishlarni oladi . Bularning asosiylari quyidagilardir : a) Ishlab chiqarish miqyosi keltirib chiqaradigan to’siqlar , shu jumladan , moliyaviy to’siqlar ko’p holatlarda shunchalik kata bo’ladiki bu tarmoqqa kirishni ta’qiqlash bilan barobar . Masalan , yirik ishlab chiqaruvchi hisoblangan avtomobil sanoatiga kirish , yangi texnologiyasiga asoslangan zarur uskunalarni sotib olishga juda kata pul – kapitali talab qiladi . b)Tabiiy monopoliyalar vujudga keltiradigan to’siqlar . Buning mazmuni shundan iboratki , bir qancha tarmoqlarda raqobat mavjud bo’lmaydi , uni amalga oshirish mumkin emas . Ijtimoiy foydalanishdagi bunday tarmoq korxonalari tabiiy monopoliyalar deyiladi . Tabiiy monopoliyalarga elektr , gaz , suv ta’ minoti va aloqa korxonalari misol bo’la oladi . Davlat bunday monopoliyalar faolyatini tartibga solishda o’z huquqini saqlab qoladi . Agar tarmoqlar davlat mulkchiligiga asoslangan bo’lsa , bunday ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar tartibga solinadigan yoki davlat tomonidan tuzilgan monopoliyalar deyiladi . c) xom ashyoning muhim turlariga , xususiy mulkchilik monopoliyalar tomonidan potensial raqobatchilar ucun samarali to’siq yaratish vositasi sifatida foydalaniladi. d) Patent va litsenziyalar kabi qonuniy to’siqlar . Davlat patent va litsenziyalar berib tarmoqqa kirish uchun qonuniy to’siqlar ham yaratadi . Patentlar tadqiqotchiga mahsulotini to’liq nazorat qilish huquqini beradi . Tarmoqqa kirish yoki faolyat turi bilan shug’ullanish davlat tomonidan litsenziya berish yo’li bilan cheklanishi mumkin. Masalan , davlat miqyosida radio va telivizion eshittirishlarga tegishli vazirlik ( mahkama ) litsenziya beradi . e) G’irrom raqobat . Firmalar o’z raqiblarining tarmoqqa kiribkelishini tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin . Bank va resurslarni yetkazib beruvchilarini material va kredit berishdan voz kechirish , yetakchi mutaxassislarni og’dirib olish , bahoni keskin tushurish g’irrom raqobatning oddiy usulidir . Monopolistik raqobat erkinraqobat va oligopoliya o’rtasidagi joylashishi sababli, ularning belgilarini ifoda etadi . Monopolistik faoliyat deganda , xo’jalik yurituvchi sub’ yektlarning , davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining monopoliyaga qarshi kurash haqidagi qonun hujjatlariga xilof bo’lgan, raqobatchi yo’l qo’ymaslikka , uni cheklash yoki bartaraf etishga qaratilgan harakatlari yoki harakatsizlikdir. Monopolistik faoliyat tadbirkorlikka salbiy ta’ sir ko’ rsatadigan omillardan biri bo’lib , iste’molchiga , odamlarning manfaatlariga zarar yetkazadi. Oligopoliya – tarmoqda u qadar ko’p bo’lmagan korxonalarning mavjud bo’lishi va hukmronlik qilishidir . Bu oligopoliyaning eng muhim belgisidir . Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tamoq hisoblanadi . Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi mumkin , ko’pchilik sanoat mahsulotlari : po’lat , mis , alyuminiy , qo’rg’oshin , temir va shu kabilar - fizik ma’ noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya sharoitida ishlab chiqariladi . Iste’molchilik tovarlari : avtomobillar , yuvuvchi vositalar , sigaretalar maishiy elektr buyumlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tabaqalashgan oliopoliya hisoblanadi . Oligopoliya sharoitida korxonalar o’rtasidagi raqobat o’zaro bog’liq bo’ladi . Oligoolistik tarmoqda hech qaysi firma o’zining baho siyosatini mustaqil o’zgartirishga botina olmaydi . Oligopolistlar narxsiz raqobatga asosiy o’rin beradi , chunki birinchidan , raqobatchilarga reklama va mahsulotni o’zgartirish ancha murakkab , ikkinchidan , oligopolistlar kamdan – kam holda narxsiz raqobatni moliyalashtirish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega bo’ladi . Download 53.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling