Raqobatbardoshlik va uni namoyon bolish shakllari Raqobatbardoshlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni va o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?


Raqobatbardoshlikni oshirishda narx siyosatidan foydalanish


Download 28.48 Kb.
bet4/7
Sana19.06.2023
Hajmi28.48 Kb.
#1607394
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Raqobatbardoshlik va uni namoyon bolish shakllari 2222

Raqobatbardoshlikni oshirishda narx siyosatidan foydalanish
1. Raqobatning turli ko’rinishlari sharoitida narxning shakllanish
xususiyatlari nimalarga bog’liq??
Narx bo’yicha raqobatga iqtiosdiyot nazariyasi darsliklarda “…ishlab chiqaruvchilarning o’z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday mahsulotlarni narxiga nisbatan pasaytirish asosidagi kurash” deb ta’rif berilgan. Globallashuv iqtisodiyotning rivojlanishi uchun ham ijobiy, ham salbiy ahamiyatga ega. Agar mamlakatda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish uchun sharoitlar mavjud bo’lsa, bu holatda mamlakat uchun globallashuv jarayoni foydali hisoblanadi. Agar mahalliy korxonalar qo’shimcha (ustama) qiymatning yuqori ulushiga ega yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarsa, vaziyat, ayniqsa, ijobiy ta’sir kursatadi. Bunda ishchilarning bandligi ortadi, byudjet daromadi ko’payadi, xom ashyodan oqilona foydalaniladi. Agar iqtisodiyotda o’zoq vaqt davomida ishlab chiqarishning xom ashyoga yo’naltirilganligi bartaraf etilmasa, demak, iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmlari kam samarali hisoblana-di. Bunday holatda jamiyat cheklangan resurslarni oddiy tarzda sarflab, kelgusi rivojlanish to’g’risida qayg’urmaydi. Ishlab chiqariladigan tovarlar sifatini oshirish jamiyatning eng muxim vazifasidir.
Maxsulot sifatini oshirish ko’plab omillarga bog’liq. Birinchidan, yuqori sifatli mahsulot tayyorlash uchun yuqori malakali ishchi kuchlari zarur bo’la-di. Ikkinchidan, korxona yaxshi, zamonaviy jihozlarga ega bo’lishi kerak. Uchinchidan, raqobatbardosh maxsulotlarning ma’lum miqdoriga ega savdo bozorlariga kira olish uchun yetarli darajada tajribaga ega bo’lish kerak. Bundan tashqari, sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun o’zoq muddatli rag’bat (foyda, dividend va boshqalar) zarur. Shuningdek, mamlakatda "sifatga yuqori darajada e’tibor qaratish" muhiti bo’lishi, ya’ni iqtisodiy munosabatlarning xar bir ishtirokchisi mahsulot ishlab chiqarishning har bir bosqichida uning yuqori sifatiga erishishni maqsad qilib qo’ygan bo’lishi shart. Mehnatga sifatli munosabatda bo’lishni insonda yillar davomida qaror toptirish mumkin. Shu sababli, bu vazifalarni tez sur’atlarda bajarib bo’lmaydi, ko’pgina mamlakatlar isloh qilishning dastlabki bosqichlarida, eng avvalo, tovarning raqobatbardosh narxiga eri-shishga harakat qilganlar, mahsulot "sifati" esa raqobatbardoshlikni rivojlantirish jarayonida oshirib boriladi. Narx raqobatbardoshligiga erishishning muximligi, shuningdek, xozirgi zamon dlshyosida ko’pgina iste’molchilar yuqori sifatli tovarlarni yuqori narxlarda sotib olish uchun yetarli daromadga ega emasliklari bilan ham tushuntiriladi.
Xarajatlarni kamaytirishga muvofiq ravishda, narx bo’yicha raqobatbardoshlikka erishishga arzon tabiiy va inson resurslariga ega bo’lish, energiya va transport xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, ishlab chiqarishga davlat tomonidanyordam kursatilishi - imtiyoz va dotatsiyalar berish kabilar ta’sir kursatadi.

Download 28.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling