2.Raqobatli narxlar shakllanishida davlat narx siyosatining o’rni qanday?
Bozor iqtisodiyotida narx shakllanishi qoidalarini belgilovchi eng muxim vositalardan biri, narxni shakl-lantirish mezanizmi hisoblanadi. JST (Jahon savdo tashqiloti)ga kirish jarayonida O’zbekiston oldida murakkab vazifa turibdi - ishlab chiqarishni maksi-mal samaradorligiga va raqobat afzalliklariga erishish maqsadlarida chiqim va narxlarni shakllanishga davlatning ta’sir kursatishini saqlagan xolda, bozor narxlariga to’liq ravishda o’tish masalasi.
Narx shakllanishini tartibga solishning samarali modeli mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga yordam kursatishi kerak. Bunda korxonaning sof daromadi ko’lamlari "olib sotarlik omillari" (narxlarni oshirish o’yini)ga emas, balki resurslardan samarali foydalanishga bog’liq bo’lishi kerak. Tabiiy-iqlim, geografik va boshqa xo’jalik sub’ektining faoliyatiga bog’liq bo’lmagan omillarning ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxiga ta’sirini narx shakllantirish mexanizmi (renta va boshqa to’lovlar) yordamida turli chegaralarda "tekislab yuborish" zarur. Davlat boshqaruvining yana bir muxim vazifasi, ijtimoiy tovar ishlab chiqaruvchilarini import mahsulotlar bilan bir qatorda, maxalliy korxonalar tovarlariga ham qo’yilishi mumkin bo’lgan demping (asossiz ravishda pasaytirilgan) narxlardan himoya qilishdan iborat. Bu narsani import maxsulotlari bo’yicha asoslangan ravishda "keltiriladigan mollarga ustama narx" (aktsiz yoki boj) joriy etish, maxalliy tovarlar bo’yicha esa - xarajatlar tarkibini shakllantirish qoidalari va alohida xarajatlarning me’yoriy kursatkichlarini o’rnatish, tannarxni kalkulyatsiya qilish tizimini yaxshilash, barcha korxonalar uchun qonun tomonidan tasdiqlangan hamma uchun majburiy bo’lgan mehnatga haq to’lashning eng kam va eng yuqori stavkalarini tasdiqlash orqali amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari, narxlar shakllanishining davlat tomonidan tartibga solib turishda konchilik sanoati mahsulotlari, yonilg’i-energetika majmuasi, metallurgiya, shuningdek, monopolistlar tovarlari (xizmatlari) narx (tarif)larining belgilanishi ustidan nazorat qilish ham ko’zda tutiladi. Umuman olganda, narx shakllanishining davlat tomonidan boshqarish tizimi davlatning narx bo’yicha siyosati yo’nalishlari asosida shakllangan bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |