Raqobatbardoshlik va uni namoyon bolish shakllari Raqobatbardoshlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni va o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?


Mukammal raqobat sharoitida narx qanday shakllanadi?


Download 28.48 Kb.
bet6/7
Sana19.06.2023
Hajmi28.48 Kb.
#1607394
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Raqobatbardoshlik va uni namoyon bolish shakllari 2222

3. Mukammal raqobat sharoitida narx qanday shakllanadi?
Erkin raqobat kurashi sharoitida narxning tashkil topish xususiyatlarini tadqiq etgan dastlabki iqtisodchilardan biri A.Marshall hisoblanadi. Uning fikricha, tovarning oldi-sotdi jarayoniga qadar ikki xil, ya’ni sotuvchi va xaridor narxlari mavjud bo’ladi. Nazariy jihatdan har ikki narxning yuqori va quyi darajalari mavjud. Sotuvchi o’z tovari narxining imkon qadar yuqori bo’lishidan manfaatdor, chunki bunday narx uning foydasi hajmini oshiradi. Biroq, erkin raqobat sharoitida narxni boshqalardan yuqori darajada belgilashga intilish mazkur sotuvchining bozordan siqib chiqarilishiga olib kelishi mumkin. Sotuvchi narxining eng past darajasi shu tovarni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarni qoplashi kerak. Xaridor tovarni eng past narxda sotib olishdan manfaatdor, biroq erkin raqobatli bozor sharoitida uning ham tovar sotib ololmay qolish xavfi mavjud bo’ladi. Xaridor narxining yuqori darajasi esa, Marshall ta’biricha, so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligiga teng bo’lishi kerak.
Sotuvchi va xaridor o’rtasidagi qulay narxga erishish borasidagi kurash har ikki narxning mosligi ta’minlangunga, ya’ni bozor narxi paydo bo’lgunga qadar davom etadi. SHunday qilib, sotuvchining narxi tomonidan ishlab chiqarish xarajatlari, xaridor narxi tomonidan esa so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligi maydonga tushib, ularning nisbati asosida bozor narxi paydo bo’ladi. Bu holatni Marshall shunday ifodalaydi: «…«ishlab chiqarish xarajatlari» prinsipi hamda «so’nggi qo’shilgan naflilik» prinsipi, shubhasiz, yagona talab va taklif umumiy qonunining tarkibiy qismi hisoblanib, ulardan har birini qaychining bitta kesuvchi tomoniga qiyoslash mumkin
4.Monopol bozorlarida narx shakllanishini qanday boshqarish usullari mavjud?
Davlat mustaqilligi yillarida O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotda va narxni shakllantirishda me’yoriy-huquqiy asosni qaror toptirish borasida katta ishlar qilindi. Monopoliyaga qarshi tartibga solish turli qonun va qonunosti hujjatlari asosida amalga oshiriladi Narxlarning asoslanganligini baxolash uchun moliyaviy idorala tomonidan qo’llaniladigan asosiy mezonlar ishlab chiqarish tannarxi v rentabellik darajasining asoslanganligidir. Ishlab chiqarish tan-narxining asoslanganligini ob’ektiv aniqlash maqsadida uning tarkibi qismlarga ajratilib o’rganiladi, u yoki bu xarajatlarning ishlab chiqarish tan-narxiga to’g’ri yoki noto’g’ri kiritilgani aniqlanadi. Monopolistlar mahsulotlari narxlarini tartibga solish amaliyoti shuni kursatmoqdaki, amaldagi usullar sezilarli ijobiy natijalar berayotgani yo’q. Iqtisodiyot tarmoqlaridagi, jumladan, bozorlarning yuqori darajada monopollashuvi sharoitidagi narx indekslari bo’yicha statistika ma’lumotlari ham shu haqda dalolat bermoqda. Aynan monopolistlar maxsu-loti (neft, gaz, elektr energiyasi, paxta tolasi va xokazolar) narxlarining o’sishi boshqa korxonalar mahsulotlarining ham qimmatlashuvi omilidir.
Biroq, har qanday sharoitlarda jamiyat maqsadlarini bekamu-ko’st ta’minlay oladigan shakl eng kam chiqimlar bilan zarur hajmlarda mahsulot ishlab chiqarish shakli mavjud emas. Odatda, xususiy mulk va davlat nazoratini uyg’unlashtirgan holda samarali narx hosil qilish qoidalarini o’z ichiga oluvchi choralar eng oqilona hisoblanadi. Shu munosabat bilan, antimonopol boshqaruv samaradorligini oshirish maqsadida davlat narx shakllanishi bo’lishi jarayoniga ta’sir kursatish mexanizmini yaxshilashi lozim. Buning uchun quyidagi tamoyillarning amalga oshirilidga talab etiladi;
- me’yoriy-maqsadli, tizimli yondashuv asosida monopol mahsulot xarajatlari va rentabelligi darajasini tartibga solishning samarali mexanizmini ishlab chiqish;
- iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida monopoliyadan chiqarish, xususiylashtirish va raqobat muxitini yaratish jarayonlarini chuqurlashtirish;
- bozorlar axvolining doimiy monitoringi yuritishning qimmatta tushadigan tizimini yaratish va saqlab turishdan bozor ishtirokchilarining o’zini aksilraqobat harakatlar bo’yicha murojaat etishlari-ni rag’batlantirishga o’tish.

Download 28.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling