Raqobatli axborot tizimini yaratish Reja
Download 22.49 Kb.
|
14-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketingda axborotni o’rni. Axborot tizimi.
Raqobatli axborot tizimini yaratish Reja: Marketingda axborotni o’rni. Axborot tizimi. Axborot turlari va ularni turkumlash. Axborotni to’plash uslublari. To’plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash. Marketingda axborotni o’rni. Axborot tizimi. Marketing faoliyatiga xos bo’lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. Ularni tashkil etish, muayyan tartibga solish va uzluksizligini ta’minlash zarur bo’ladi. Marketing axboroti yaxlit tizim sifatida namoyon bo’ladi va rivojlanib boradi. Marketing axborot tizimi - insonlar, texnik vositalar va amalga oshirish uslublaridan tashkil topib, muhim va to’g’ri axborotni to’plash, tartibga solish, tahlil qilish, kuzatish natijasida marketing sohasida qaror qabul qiluvchiga samarali yordam ko’rsatish vazifasini bajaradi. Marketing axboroti tizimi o’zaro mushtarak bog’langan elementlar va munosabatlar majmuini tashkil etadi. Marketingni axborot manbalari quyidagilardan iborat: yillik statistik ma’lumotlar; korxona (firma) hisobotlari; tadbirkorlar uyushmasi axborotlari; tarmoqlar axborotlari; birja axborotlari; bank axborotlari; ma’lumotlar to’plamlari; sud qarorlari; korxonangizning ish korrespondentsiyalari; partiyalar tashviqotlari; ye’lonlar, prospektlar, kataloglar; tanlov natijalari; aktsiya kurslari jadvallari; korxona rahbariyati majlislari bayonnomalari; axborot-analitik byulletenlari; radio hamda televidenie yangiliklari; voqealar sharhlari; iqtisodiyot yangiliklari; maxsus kitob va jurnallar; lug’atlar, yentsiklopediyalar; kundalik gazetalar va hokazolar. Axborotni to’plash va undan foydalanish jihatlariga ko’ra axborot tizimini to’rtta quyi tizimga ajratish mumkin. Bular jumlasiga 1)tashkilot ichki hisobot tizimi, 2) marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi, 3) qaror qabul qilishni quvvatlovchi tizim, 4) marketing tadqiqoti tizimi kiradi. Ushbu quyi tizimlarning shakllanishida axborotga bo’lgan ehtiyoj, zaruriy shakldagi va talabdagi axborotni taqdim etish tartibi va muddati muhim ahamiyat kasb etadi. Download 22.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling