Raqobatli axborot tizimini yaratish Reja
Marketing tadqiqoti quyi tizimi
Download 22.49 Kb.
|
14-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot turlari va ularni turkumlash
- 3.3. Axborotni to’plash uslublari
Marketing tadqiqoti quyi tizimi - tartibga solingan va to’plangan ko’rsatkichlarni amaliyotda tadbiq etish va tayinli marketing holati xususida tashkilot uchun zaruriy axborotlar, ishlanmalar yig’indisi tashkil etadi. Ushbu quyi tizim marketing xabarnoma - axboroti quyi tizimdan muayyan tashkilot uchun maxsus ishlangan, zaruriy ko’rsatkichlari va natijalari bilan farqlanadi. Ko’pgina yirik chet yel firmalarida marketing tadqiqoti uchun savdo aylanishining 0,1-2 foizi miqdorida mablag’ sarflanadi.
Axborot turlari va ularni turkumlash Marketing tadqiqoti uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar va axborotlar ko’lami juda keng bo’lib, ularni tayinli tartibga solish va zarur paytlarda ulardan foydalanish talab etadi. Dastlabki tasavvurga ko’ra bozor, xaridor, raqobatchi va mahsulot xususidagi barcha axborotni kerakli shaklga jamlash va amaliy faoliyatda ularga tayanib ish ko’rish samarali hisoblanadi. Marketing xususidagi to’plash manbalarini shartli ravishda birlamchi va ikkilamchi turlarga bo’lish mumkin. Birlamchi ma’lumotlarga tayinli maqsad uchun ilk bor yangidan tashkil etilgan ma’lumotlar, axborotlar kiradi. Ikkilamchi ma’lumotlarga esa dastlabki boshqa maqsadlar uchun yig’ilgan, qayta ishlangan, turli manbalarda (jurnal, hisobot, axborot byulletenlari va h.k.) mavjud bo’lgan axborotlar kiradi. Ikkilamchi ma’lumotlarni to’plash manbalari tegishli tashkilotlarga taalukli bo’lish yoki bo’lmasligiga ko’ra, o’z navbatida ichki va tashqi turlarga bo’linadi. Ichki ikkilamchi ma’lumot manbalariga tashkilotda yuritilayotgan joriy buxgalteriya, moliya va statistik hisobotlarda aks ettiriladigan ko’rsatkichlar kiradi. Jumladan, foyda va zararlar, sotib olish va sotish, tovarlarzahiralari, iste’molchilar ko’lami va joylashuvi, narxlar hisob-kitoblar va h.k.lar. 3.3. Axborotni to’plash uslublari Bozorda vujudga kelayotgan o’zgarishlarni o’z vaqtida seza bilish, muayyan davr mobaynida xaridorlar atvorini, mijozlar hatti-harakatini, raqobatchilar taktikasini o’rganish korxona va tashkilotlarning marketing faoliyatini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xususda axborotni to’liq olish, qayta ishlash va undan qaror qabul qilish bosqichida unumli foydalanish imkoniyatlari bir muncha cheklangan bo’ladi. CHunki, bozorda ruy berayotgan o’zgarishlarning jadalligi, o’zaro bog’liqligi va ta’sirchanligi yuqoridir. Marketing axborotlarini to’plash uslublari quyidagilar: Kabinet tadqiqotlari: xujjatlarni klassik tahlili; maqsabli axborot tahlili; kontent tahlil. Dala tadqiqotlari: so’rov; kuzatuv; eksperiment. Kombinattsiyalashgan tadqiqotlar. Download 22.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling