Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Ranglar rejimini o‘zgartirish


Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/72
Sana29.10.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1733068
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   72
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Ranglar rejimini o‘zgartirish 
Photoshop dasturida tasvirni bir rang rejimida yaratib uni boshqa rang rejimiga 
o‘tkazib olish mumkin. Tasvir boshqa rang rejimiga o‘tkazilganda uning rang 
qiymatlari muqim ravishda o‘zgaradi. Masalan, RGB rang rejimidagi tasvir CMYK 
rang rejimiga o‘zgartirilganda CMYK rang rejimining rang qiymatlariga 
kirmaydigan RGB rang rejimi qiymatlari o‘xshash qiymatlarga o‘zgartiriladi. 
Natijada tasvirning ba’zi rang qiymatlari yo‘qotilishi va CMYK rang rejimidan RGB 
rang rejimiga qayta o‘zgartirilganda tiklanmaydi. 
Rang rejimini o‘zgartirishdan oldin quyidagilarni bajarish maqsadga muvofiq 
xisoblanadi: 
- tasvirni o‘zining rang rejimida tahrirlash kerak; 
- rang rejimini o‘zgartirishdan oldin qayta tiklash nusxasini olib qo‘yish kerak; 


56
- tasvir qavatlarini birlashtirib olish kerak. 
Tasvirning rang rejimini o‘zgartirish uchun dasturning Image menyusining 
Mode bo‘limidan kerakli rang rejimini tanlab olish mumkin.
Rangli tasvirni kulrang ko‘rinishdagi tasvirga o‘zgartirish uchun quyidagilarni 
bajarish kerak: 
1. Kulrang ko‘rinishga o‘zgartirilishi kerak bo‘lgan tasvirni ochish kerak: 
2. Dasturning Image menyusi Mode bo‘limidan Grayscale buyruq qatori 
tanlash kerak; 
3. Ochilgan dialog oynasida Discard tugmasini bosish kerak: 
Natijada rangli tasvir kulrang ko‘rinishga o‘zgaradi: 
RGB rang rejimidagi rangli tasvirlardagi ranglar sonini kamaytirish uchun 
ularni ko‘pi bilan 256 rangga ega Indexed Color rang rejimiga o‘tkazish mumkin. 
Natijada tasvir faylining hajmi qisqaradi. RGB rang rejimidagi tasvirni Indexed 
Color rang rejimiga o‘tkazish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 


57
1. Dasturning Image menyusi Mode bo‘limidan Indexed Color buyruq qatorini 
tanlash kerak; 
2. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi: 
3. Ochilgan dialog oynasidan quyidagi o‘zgartirish xususiyatlarini belgilab 
olish mumkin: 
- Palette – o‘zgartirish amalga oshirilganida ishlatiladigan ranglar palitrasini 
belgilash; 
Colors – aks ettiriladigan ranglar soni belgilash; 
Forced – ranglar palitrasiga ma’lum ranglarni kiritilishi belgilash; 
Transparency – tasvirdagi shaffof maydonlarni saqlanishi belgilash; 
Matte – orqa fon rangini belgilash; 
- Dither – ranglar palitrasida mavjud bo‘lmagan ranglar o‘rniga o‘xshash 
ranglarni qo‘llash; 
- Amount - ranglar palitrasida mavjud bo‘lmagan ranglar o‘rniga o‘xshash 
ranglarni qo‘llash miqdorini foizda belgilash; 
4. Dialog oynasining OK tugmasi bosiladi. 

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling