Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Kompyuter grafikasi asoslari


Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/72
Sana29.10.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1733068
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   72
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Kompyuter grafikasi asoslari 
Rastrli tasvirlar to‘rtburchak tasvir elementlari, piksellardan tashkil topadi. Har 
bir pikselga uning joylashuv va rang qiymati belgilanadi. Rastrli tasvirlar piksellar 
zichligiga bog‘liq bo‘lib belgilangan miqdordagi piksellardan iborat. Shu sababdan 
rastrli tasvirlar kattalashtirilganda o‘z sifatini yo‘qotadi. 
Rastrli tasvirlarning fayllari katta hajmga ega bo‘ladi va fayl hajmini 
kichraytirish uchun maxsus algoritmlar qo‘llaniladi. 
Vektorli grafika vektorlar deb nomlanuvchi matematik obyektlar yordamida 
ifodalanuvchi chiziqlar va egrilardan tashkil topadi. Vektorli grafika piksellar 
zichligiga bog‘liq emasligi sababli kattalashtirilganda o‘z sifatini yo‘qotmaydi. 
Hujjatda vektorli grafika va rastrli tasvirlarni birga qo‘llaganda shuni yodda 
tutish kerakki hujjatni ekranda tasvirlanish sifati chop etilganidan farqlanishi 
mumkin. Quyidagi faktorlar hujjatning sifatiga ta’sir qiladi: 
Shaffoflik – aksariyat effektlar tasvirga qisman shaffof piksellarni qo‘shadi 
va chop etilganda tasvir sifatiga ta’sir qilishi mumkin. 
Piksellar zichligi – rastrli tasvirladda har bir dyuymdagi piksellar soni bilan 
o‘lchanadi. Past piksellar zichlikdan foydalanish tasvirni qo‘rslashishiga olib keladi. 
Yuqori piksellar zichligidan foydalanish tasvirni chop etish sifatini oshirmagan 
holda tasvir fayl hajmini oshishiga olib keladi. 
- Printerning niqtalar zichligi – tasvirning chop etish sifatiga chop etuvchi 
printerning nuqtralar zichligi ta’sir qiladi. 
Rang kanallari 
Photoshop dasturida har bir tasvir undagi rang elementlari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni saqlovchi bir yoki bir nechta kanallarga ega. Tasvirdagi rang 
kanallarining soni uning rang rejimiga bog‘liq. Odatda, BitmapGrayscaleDuotone 


50
va Indexed Color rang rejimlaridagi tasvirlar bitta rang kanaliga, RGBLab Color 
rang rejimlaridagi tasvirlar uchta rang kanaliga, CMYK rang rejimidagi tasvirlar 
to‘rtta rang kanaliga ega. Rangli tasvirning rang kanallari tasvirning ma’lum rangini 
aks ettiradi. Masalan, RGB rang rejimidagi tasvir uchta ranglar (qizil, yashil, ko‘k) 
uchun alohida rang kanallariga ega. 

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling