Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc
Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 2.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- TASVIR VA RANG ASOSLARI Tasvirlarning o‘lchamini o‘zgartirish
Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Photoshop dasturining ish maydoni qanday elementlardan tashkil topgan? 2. Dasturda barcha panellarni yashirish uchun qanday amal bajarish kerak? 3. Foydalanuvchi ish sohasini saqlash uchun qanday amallarni bajarish kerak? 4. Uskuna yo‘riqnomasini qanday aks ettirish mumkin? 5. Photoshop dasturining izlash funksiyasi yordamida nimalarni topish mumkin? 47 6. Uskunalar panelida joylashgan uskunalarni shartli ravishda qanday guruhlarga bo‘lish mumkin? 7. Tanlash uskunalar guruhiga nimalar kiradi? 8. Bo‘yash uskunalar guruhiga nimalar kiradi? 9. Berkitilgan uskunalar qanday aks ettiriladi? 10. Chizg‘ichlar qanday vazifa bajaradi? 11. Chop etilmaydigan qo‘shimchalar deganda nimalar tushiniladi? 12. Tarix hilatini suratga olish deganda nima tushiniladi? 13. Tarix mo‘yqalami bajaradigan amallarni tushintirib bering. 14. Xususiyatlar panelining asosiy vazifalarini tushuntirib bering. 15. Lasso uskunasining bajaradigan amalini tushuntirib bering. TASVIR VA RANG ASOSLARI Tasvirlarning o‘lchamini o‘zgartirish Photoshop dasturida tasvirning o‘lchamini o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 1. Dasturning Image menyusidan Image Size buyruq qatori tanlanadi. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi: 2. Tasvirning ko‘rinishi ochilgan dialog oynasining chap qismida aks ettiriladi; 3. Dialog oynasining o‘ng qismida tasvirning o‘lchamlari va o‘lchov birliklari aks ettiriladi: 48 4. Tasvirning eni va bo‘yini mutanosib ravishda o‘zgartirish uchun dialog oynasida proporsiyani saqlash tugmasini bosib qo‘yish kerak: 5. Tasvirning o‘lchami yoki nuqtalar zichligi umumiy nuqtalar soni bilan mutanosib ravishda o‘zgarishi uchun dialog oynasida Resample elementini belgilab qo‘yish kerak: Tasvirning o‘lchami yoki nuqtalar zichligini umumiy nuqtalar soniga ta’sir qilmasdan o‘zgartirish uchun Resample elementidan belgilashni olib qo‘yish kerak. 6. Dialog oynasining Fit To menyusidan tasvir o‘lchamini oldindan belgilangan o‘lcham andozalari asosida o‘zgartirib olish mumkin; 7. Dialog oynasining Width va Height elementlariga qiymat kiritib tasvir o‘lchamini o‘zgartirib olish mumkin. Tasvirning o‘lchami o‘zgartirilganidan keyingi tasvir faylining hajmi dialog oynasining yuqori qismida aks ettiriladi. 8. Tasvirdagi nuqtalar zichligini Resolution elementiga qiymat kiritish orqali o‘zgartiriladi. 9. Agar tasvirning qavatlariga biror-bir stil qo‘llanilgan bo‘lsa ushbu stillarni tasvirning o‘zgargan o‘lchamiga mos ravishda o‘zgarishini ta’minlash uchun dialog oynasining yuqori-o‘ng burchagida joylashgan menyudan Scale Styles buyruq qatorini tanlash kerak. 10. Kerakli o‘zgartirishlar kiritilganidan so‘ng dialog oynasining OK tugmasi bosiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling