Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/72
Sana29.10.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1733068
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Chizg‘ichlar 
Photoshop dasturida chizg‘ichlar tasvir yoki elementlarni yuqori aniqlikda 
joylashtirish imkonini beradi. Aks ettirilganda chizg‘ichlar faol ish sohasining chap 
va yuqori chegaralari bo‘ylab joylashadi. Chizg‘ichdagi markerlar sichqon 
ko‘rsatkichining joylashish koordinatalarini aks ettiradi: 
Chizg‘ichning boshlang‘ich nuqtasini (0,0) o‘zgartirish ma’lum joylashishdan 
o‘lchashni boshlash imkonini beradi. Chizg‘ichlarni aks ettirish yoki yashirish 
uchun dasturning View menyusidan Rulers qatorini tanlash kerak. 
Chizg‘ichlarning boshlang‘ich nuqtasini o‘zgartirish uchun gorizontal va 
vertikal chizg‘ichlarning kesishuv sohasi ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib 
sichqon tugmasini bosib turgan holda tasvirning kerakli joyiga siljitib olish mumkin: 
Chizg‘ichning boshlang‘ich nuqtasini dastlabki joyiga qaytarish uchun 
gorizontal va vertikal chizg‘ichlarning kesishuv sohasi ustiga sichqon ko‘rsatkichini 
joylashtirib ikki marta bosish kerak. 
Chizg‘ichning o‘lchov birligini o‘zgartirish uchun quyidagilarda birini bajarish 
kerak: 
- chizg‘ich ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib o‘ng tugmasini bosish va 
ochilgan kontekst menyusidan o‘lchov birlikni tanlash: 


38
- chizg‘ich ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib ikki marta bosish yoki 
dasturning Edit menyusi, Preferences bo‘limidan Unit&Rulers qatorini tanlash va 
ochilgan dialog oynasidan o‘lchov birligini tanlash kerak: 
Chop etilmaydigan qo‘shimchalar 
Obyektni tahrirlash, siljitish yoki tanlashga yordam beruvchi gid, to‘r, tanlash 
chegarasi, bo‘laklar va matn asoslari chop etilmaydigan qo‘shimchalarga misol 
bo‘la oladi. Istalgan kombinatsiyadagi qo‘shimchalarni tasvirga ta’sir qilmagan 
holda aks ettirish yoki berkitish mumkin. Bundan tashqari chop etilmaydigan 
qo‘shimchalarni ish sohasini tartibga keltirib olish uchun aks ettirish yoki berkitish 
ham mumkin. 
Chop etilmaydigan qo‘shimchalarni boshqarish uchun quyidagilarni bajarish 
mumkin: 


39
- chop etilmaydigan qo‘shimchalarni aks ettirish yoki berkitish uchun 
dasturning View menyusining Extras qatorini tanlash kerak; 
- ma’lum bir chop etilmaydigan qo‘shimchani aks ettirish yoki berkitish uchun 
View menyusining Show bo‘limidan kerakli qo‘shimchani tanlash kerak; 
- barcha chop etilmaydigan qo‘shimchalarni aks ettirish uchun View 
menyusining Show bo‘limidan All qatorini tanlash kerak; 
- barcha chop etilmaydigan qo‘shimchalarni berkitish uchun View menyusining 
Show bo‘limidan None qatorini tanlash kerak; 
- chop etilmaydigan qo‘shimchalarning ma’lum guruhini aks ettirish yoki 
berkitish uchun View menyusining Show bo‘limidan Show Extras Options qatorini 
tanlash kerak. Natijada ochilgan dialog oynasida kerakli qo‘shimchalarni guruh 
ko‘rinishida belgilab olish mumkin: 

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling