Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Tasvir holatini suratga olish


Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/72
Sana29.10.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1733068
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Tasvir holatini suratga olish 
Snapshot buurug‘i tasvirning joriy holatini vaqtinchalik nusxasini olish 
imkoniyatini beradi. Tasvir holatining surati tarix panelining yuqori qismida 
joylashadi. Tarix panelidan tasvir holatining suratini tanlash orqali tasvirning ushbu 
holatidan ishni davom ettirish mumkin. 
Tasvir holatining surati tarix panelidagi tasvir holatidan tashqari quyidagi 
qo‘shimcha imkoniyatlar beradi: 
- tasvir holatining suratini qayta nomlash mumkin; 
- tasvir holatining surati butun ish sessiyasi davomida saqlanadi
- tasvirga effektlarni qo‘yishni solishtirish mumkin. Masalan, tasvir holatining 
surati effekt qo‘yishdan oldin va keyin olinadi. Effektning tasvirga ta’siri tasvir 
holatining suratlari orasida o‘tish orqali solishtirib olinadi; 
- tasvir holatining surati yordamida tasvirni ushbu holatga tiklab olish mumkin. 
Tasvir holatining suratini yaratish uchun tasvir holatini tanlab quyidagilardan 
birini bajarish kerak: 
- suratni avtomatik ravishda yaratish uchun tarix panelidan Create New 
Snapshot 
tugmasini bosish kerak; 
- surat yaratishda ba’zi xususiyatlarni belgilash uchun tarix panelining 
menyusidan New Snapshot buyruq qatorini tanlash yoki klaviaturining Alt tugmasini 
bosib turgan holda tarix panelidagi Create New Snapshot 
tugmasini bosish 
kerak. Natijada ochilgan dialog oynasida Name sohasiga tasvir holati suratining 
nomi kiritiladi.


45
Dialog oynasining From menyusidan quyidagilarni tanlash mumkin: 
Full Document – tasvirning barcha qavatlarining holati suratini yaratadi; 
- Merged Layers – tasvirning barcha qavatlarini birlashtirilgan holatdagi 
suratini yaratadi; 
Current Layer – tasvirning joriy tanlangan qavat holatining suratini yaratadi. 

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling