46
View menyusidan
Snap buyruq qatorini tanlash kerak. Elementlarni nimaga nisbatan
aniq joylashtirishini dasturning
View menyusi Snap To bo‘limidan belgilab olish
mumkin. Ushbu bo‘limdan quyidagilarni belgilash mumkin:
-
Guides – yo‘nalishlarga
nisbatan joylashtirish;
-
Grid – to‘rga nisbatan joylashtirish;
-
Layer – qavatga nisbatan joylashtirish;
-
Slices – bo‘lak chegaralariga nisbatan joylashtirish;
-
Document Bounds – hujjatning chegaralariga nisbatan joylashtirish;
-
All – bo‘limdagi barcha elementlarni belgilaydi;
-
None - bo‘limdagi barcha elementlarni belgilashini bekor qiladi.
Photoshop dasturida elementlarni chizg‘ich uskunasi
yordamida aniq
joylashtirish imkoniyati ham mavjud. Chizg‘ich uskunasi yordamida ish sohasidagi
istalgan ikki nuqta orasidagi masofani o‘lchash mumkin. Chizg‘ich uskunasi
yordamida masofa o‘lchamganda chop etilmaydigan chiziq hosil bo‘ladi,
hususiyatlar paneli va ma’lumotlar panelida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
- boshlang‘ich nuqta (X va Y);
- x va y o‘qlari bo‘ylab gorizontal (X) va vertikal (Y) masofa;
- o‘qqa nisbatan burchak;
- masofa (D1).
Ikkita nuqta orasidagi masifa quyidagicha hisoblanadi:
1. Chizg‘ich uskunasi
tanlanadi;
2. Sichqon ko‘rsatkichini boshlang‘ich nuqtaga joylashtirib sichqon tugmasini
bosib turgan holda ikkinchi nuqtaga joylashtirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: