Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/72
Sana29.10.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1733068
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Ranglar miqdori 
Ranglar miqdori tasvirning har bir pikseli uchun mavjud rang ma’lumotlarining 
miqdorini belgilaydi. Har bir piksel uchun mavjud rang ma’lumotlarining soni 
qanchalik yuqori bo‘lsa shuncha tasvirning ranglar uyg‘unligi yuqori bo‘ladi. 
Masalan, ranglar miqdori qiymati 1 ga teng tasvirda piksellar faqat ikkita qiymatga 
ega bo‘lishi mumkin, oq va qora. Ranglar miqdori qiymati 8 ga teng tasvirda 
piksellar 256 rang qiymatiga ega bo‘lishi mumkin. 
RGB rang rejimidagi tasvirlar uchta rang kanallariga ega. Har bir rang kanali 
uchun ranglar miqdori 8 bit qiymatiga ega RGB rang rejimidagi tasvirda jami 16 
milliondan ortiq rang ma’lumotlari mavjud. 
Tasvir o‘lchami va piksellar zichligi 
Tasvirning piksel o‘lchami undagi jami piksellar soni bilan ifodalanadi. 
Piksellar zichligi rastrli tasvirning sifatini belgilaydi va bir dyuymda piksellar soni 
(ppi) bilan o‘lchanadi. Bir dyuymda piksellar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa piksellar 
zichligi shunchalar yuqori bo‘ladi. Yuqori piksellar zichligiga ega tasvirlar yuqori 
sifatda chop etiladi. Quyida 72 ppi (chapda) va 300 ppi (o‘ngda) piksellar zichligiga 
ega tasvirlar keltirilgan: 


51
Photoshop dasturida tasvirning o‘lchamlari va piksellar zichligi bilan 
bog‘liqligini tasvirning o‘lchami dialog oynasida ko‘rib olish mumkin. Buning 
uchun dasturning Image menyusidan Image Size buyruq qatori tanlanadi. Ochilgan 
dialog oynasidan Resample elementidan belgilanish olib tashlanadi. Natijada 
tasvirning bo‘yi, eni yoki piksellar zichligining qiymati o‘zgartirilsa qolgan ikki 
qiymatlar ham mutanosib ravishda o‘zgaradi: 
Fayl o‘lchami 
Tasvir faylining o‘lchami kilo-, mega-, gigabaytlarda o‘lchanadi. Faylning 
o‘lchami tasvirning pikselli o‘lchamiga proportsional bog‘liq. Katta miqdordagi 
piksellardan iborat tasvirlar yuqori sifatga ega bo‘ladi, ammo ularni saqlash uchun 
diskda ko‘p miqdorda joy va tahrirlash uchun ko‘p kompyuter resurslari talab etiladi. 
Shuning uchun, tasvirning piksellar zichligini belgilashda tasvirning sifati va fayl 
hajmi o‘rtasida muvozanat ushlashga intilinadi. 
Fayl hajmiga ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biri bu fayl formati. Har xir fayl 
formatlarida ma’lumotlarni siqish algoritmlari har xir bo‘lganligi uchun bir xil 
o‘lchamdagi tasvirlarning fayl o‘lchamlari har xil bo‘ladi. Bundan tashqari fayl 
o‘lchamiga ranglar, qavatlar va kanallarning soni ham ta’sir qiladi. Photoshop 
dasturi maksimal 300 000 x 300 000 pixel o‘lchamga ega tasvirlar bilan ishla oladi.

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling