Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc
Download 2.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA
Vanishing Point uskunasi
Photoshop dasturining Vanishing Point uskunasi tasvirni uning perspektivasiga mos ravishda tahrirlash imkoniyatini beradi. Vanishing Point uskunasi yordamida tasvirning yuzalari aniqlab olinadi va shundan keyin unga tahrirlash amallari qo‘llaniladi. Barcha o‘zgarishlar belgilangan yuza perspektivasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Vanishing Point dialog oynasi dasturning Filter menyusi Vanishing Point buyruq qatori yordamida ochiladi. Ushbu dialog oynasida perspektiva yuzalarini belgilash uskunalari, tasvirni tahrirlash uskunalari, o‘lchash uskunalari va tasvirni ko‘rib olish uskunalari joylashgan: A - dialog oyna menyusi, B - dialog oyna xususiyatlar paneli, C - uskunalar paneli, D - ko‘rib olish oynasi, E - masshtab xususiyatlari Vanishing Point uskunalar panelida quyidagi uskunalar joylashgan: - Yuzani tahrirlash uskunasi perspektiva yuzasini belgilaydi, tahrirlaydi, siljitadi va o‘lchamini o‘zgartiradi; - Yuza yaratish uskunasi perspektiva yuzasining to‘rt burchak nuqtalarini belgilaydi, yuzaning o‘lchami va shaklini sozlaydi; A B C D E 128 - Belgilash uskunasi to‘rtburchak belgilanishlar qiladi, belgilanishlarni siljitadi yoki klonlaydi; - Shtamp uskunasi tasvirdan namuna olib chizadi; - Mo‘yqalam uskunasi yuzaga belgilangan rangda chizadi; - O‘zgartirish uskunasi belgilanishning masshtabini o‘zgartiradi, aylantiradi va siljitadi; - Pipetka uskunasi ko‘rib olish oynasidagi tasvirdan rang tanlab oladi; - O‘lchash uskunasi yuzadagi element burchak va masofalarni o‘lchaydi; - Masshtab uskunasi ko‘rib olish oynasidagi tasvir masshtabini o‘zgartiradi; - Siljitish uskunasi ko‘rib olish oynasida tasvirni siljitadi. Vanishing Point uskunasi bilan ishlashdan oldin tasvir tayyorlab olinadi. Buning uchun quyidagilardan biri bajariladi: - Vanishing Point uskunasi bilan ishlash natijasini alohida qavatga joylash uchun yangi qavat yaratib olinadi. - Tasvir kontentini uning chegaralaridan tashqarisiga klonlash rejalashtirilgan bo‘lsa xolstning o‘lchamini kattalashtirib olinadi. - Vanishing Point dialog oynasida bufer xotiradidan ma’lumot qo‘yilishi kerak bo‘lsa Vanishing Point uskunasi ishga tushirilishidan oldin ma’lumot bufer xotirasiga joylab olinadi. - Vanishing Point uskunasini qo‘llash natijasini tasvirning ma’lum maydoniga qo‘llash uchun uskuna ishga tushirilishidan oldin tasvirning ushbu maydoni belgilash uskunalari yordamida tanlab olinadi. Vanishing Point uskunasi bilan quyidagicha ishlanadi 1. Dasturning Filter menyusidan Vanishing Point buyruq qatori tanlanadi; 2. Yuza yaratish uskunasi yordamida perspektiva yuzasi hosil qilib olinadi: 129 3. Tasvirni tahrirlash uchun quyidagilarni bajarish mumkin: - Belgilash. Belgilash hosil qilib olinganidan so‘ng uni klonlash, siljitish, aylantirish, masshtabini o‘zgartirish, bo‘yash yoki shaklini o‘zgartirish mumkin; - Bufer xotirasidan ma’lumot qo‘yish. Qo‘yilgan ma’lumot perspektiva yuzasi ichiga siljitilsa ushbu perspektivaga mos ravishda o‘zgaradi: - Rang yoki namuna piksellar yordamida chizish; - Perspektiva yuzasidagi elementlarni o‘lchash. 4. Dialog oynasining Ok tugmasi bosiladi. Vanishing Point dialog oynasida tahrirlash ishlarini boshlashdan oldin tasvirning perspektivasiga mos ravishda perspektiva yuzasi belgilab olinadi. Perspektiva yuzasining aniqligi tahrirlash natijasi tasvir perspektivasiga moshligini belgilaydi. Perspektiva yuzasining to‘rt burchak nuqtalari qo‘yilganidan so‘ng perspektiva yuzasi faollashadi, uning chegarasi va to‘ri aks ettiriladi. Perspektiva yuzasini o‘lchimini o‘zgartirish, siljitish yoki shaklini o‘zgartirish mumkin. Bundan tashqari perspektiva yuzasining to‘r zichligini ham sozlab olish ham mumkin. Perspektiva yuzasini tahrirlash uskunasi yordamida quyidagi o‘zgartirishlarni amalga oshirish mumkin: 130 - perspektiva yuzasining shaklini o‘zgartirish uchun burchak nuqtalarini siljitish kerak; - to‘r zichligini o‘zgartirish uchun Vanishing Point dialog oynasining xususiyatlar panelidan Grid Size elementiga qiymat kiritish kerak; - perspektiva yuzasini siljitish uchun yuzani sichqon tugmasi bilan ushlab siljitish kerak; - perspektiva yuzasining o‘lchamini o‘zgartirish uchun yuza yon nuqtalarini siljitish kerak. Download 2.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling