Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/72
Sana29.10.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1733068
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Vanishing Point dialog oynasida yangi perspektiva yuzasi yaratilganidan keyin 
ushbu yuza bilan bog‘liq yangi perspektiva yuzasini yaratib olish mumkin. 
Perspektiva yuzasi asosida yaratilayotgan yangi bog‘liq perspektiva yuzasi unga 
nisbatan 90

burchakda yaratiladi. Ushbu burchak tasvirdagi mavjud yuzalarga mos 
ravishda o‘zgartirilishi mumkin. 
Bog‘liq perspektiva yuzasi quyidagicha yaratiladi: 
1. Vanishing Point dialog oynasida yuza yaratish uskunasi 
yordamida yangi 
perspektiva yuzasi yaratiladi: 
2. Klaviaturaning Ctrl tugmasini bosib turgan holda yuza yaratish uskunasi 
yoki yuzani tahrirlash uskunasi 
yordamida yuzaning yon nuqtasi siljitiladi. 
Natijada yangi bog‘liq perspektiva yuzasi yaratiladi: 


131
3. Yangi bog‘liq perspektiva yuzasining burchagini o‘zgartirish uchun uning 
yon nuqtasini sichqon tugmasi bilan siljitish yoki Vanishing Point dialog oynasining 
xususiyatlar panelidagi Angle elementiga burchak qiymatini kiritish kerak: 
Perspektiva yuzasining chegara va to‘r chiziqlari yuzaning joriy holatiga ko‘ra 
rangini o‘zgartiradi. Agar yuzaning holati yaroqsiz bo‘lsa uning burchak nuqtasini 
siljitib holatni o‘zgartirib olish kerak. Perspektiva yuzasining holatini bildiruvchi 
quyidagi ranglari mavjud: 
Moviy yuzani yaroqliligini bildiradi. 
Qizil yaroqsiz yuzani bildiradi. Vanishing Point uskunasi yuzaning tomonlari 
nisbatini aniqlay olmadi. 
Sariq yaroqsiz yuzani bildiradi. Perspektiva yuzasining ba’zi nuqtalari aniq 
emas. 
Odatda Vanishing Point dialog oynasidagi perspektiva yuzasining to‘r 
chiziqlari Photoshop dasturida aks ettirilmaydi. Perspektiva yuzasining to‘r 
chiziqlarini Vanishing Point dialog oynasidan chiqib ketganda ham aks ettirish 
uchun Vanishing Point dialog oynasining menyusidan Render Grids To Photoshop 
buyruq qatorini tanlash kerak. 
Vanishing Point dialog oynasida belgilash uskunasi 
tasvirning ma’lum 
maydoniga perspektiva yuzasi yordamida belgilangan perspektivaga amal qilgan 
holda chizish yoki bo‘yash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari belgilanish 
yordamida perspektivaga amal qilgan holda tasvirning ma’lum maydonlarini 
klonlash yoki ko‘chirish mumkin. Vanishing Point dialog oynasida Marquee 
uskunasi 
bilan perspektiva yuzasi ichida belgilanish hosil qilinadi. Belgilanish 
yaratilganidan so‘ng ushbu maydonni perspektivani inobatga olgan holda tasvirning 
istalgan joyija ko‘chirish mumkin bo‘ladi. Agar tasvirda ikkita perspektiva yuzalari 


132
mavjud bo‘lsa belgilangan tasvir maydoni joriy turgan perspetivani inobatga olgan 
holda joylashadi: 
Vanishing Point dialog oynasida belgilanish yaratish uchun quyidagilarni 
bajarish kerak: 
1. Dialog oynasining uskunalar panelidan Marquee uskunasini 
tanlash 
kerak; 
2. Dialog oynasining xususiyatlar panelidan belgilash uskunasining quyidagi 
xususiyatlarini belgilab olish mumkin: 
Feather – belgilanish chegaralarining aniqligini belgilaydi. 
Opacity – belgilanishning shaffofligini belgilaydi. 
Heal menu – belgilanishni atrof tasvir bilan qorishish darajasini belgilaydi. 
3. Belgilash uskunasi sichqon tugmasini bosib turgan holda tasvirning kerakli 
maydoni ustida yurgiziladi. Belgilanishni bir nechta perspektiva yuzalari ustidan 
yurgizish ham mukin: 
Vanishing Point dialog oynasida belgilanishni siljitish uchun quyidagilarni 
bajarish kerak: 
1. Perspektiva yuzasi ichida belgilanish yaratish kerak; 
2. Vanishing Point dialog oynasining xususiyatlar panelida Move Mode 
elementiga ochiladigan menyudan quyidagi qiymatlarni belgilash mumkin: 
Destination – belgilanish siljitilgan joyni belgilash; 


133
- Source – belgilash uskunasi ko‘rsatkichi joylashgan maydonning piksellari 
bilan belgilanishni to‘ldirish; 
3. Belgilanish siljitiladi. 
Belgilanishni tasvirning boshqa maydoni piksellari bilan to‘ldirish uchun 
quyidagilarni bajarish kerak: 
1. Perspektiva yuzasida belgilanish hosil qilinadi; 
2. Zarurat bo‘lsa belgilanishni boshqa joyga siljitiladi. Belgilanish siljitilganda 

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling