Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc
Kaltalash, aylantirish va xolst o‘lchamini sozlash
Download 2.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA
Kaltalash, aylantirish va xolst o‘lchamini sozlash
Photoshop dasturi umumiy hujjatni kaltalash, aylantirish va o‘lchamini o‘zgartirish imkoniyatini beradi. Tasvirni Crop buyrug‘i yordamida kaltalash uchun quyidagilarni bajarish kerak: 1. Belgilash uskunalari yordamida tasvirning saqlab qolinadigan qismi belgilanadi; 2. Dasturning Image menyusidan Crop buyruq qatori tanlanadi. 121 Dasturning Trim buyrug‘i Crop buyrug‘idan farqli ravishda tasvirning keraksiz qismlarini kaltalash imkoniyatini beradi. Trim buyrug‘i yordamida tasvir atrofidagi shaffof piksellarni, orqa fon rangidagi piksellarni yoki belgilangan rangdagi piksellarni qirqib tashlash mumkin. Tasvirni Trim buyrug‘i yordamida kaltalash uchun quyidagilarni bajarish kerak: 1. Dasturning Image menyusidan Trim buyruq qatori tanlanadi. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi: 2. Ochilgan dialog oynasidan quyidagilarni tanlash mumkin: - Transparent Pixels tasvirning chegaralaridagi shaffof piksellarni qirqib tashlaydi; - Top Left Pixel Color tasvirdan yuqori chap piksel rangiga teng bo‘lgan piksellarni o‘chiradi; - Bottom Right Pixel Color tasvirdan pastki o‘ng piksel rangiga teng bo‘lgan piksellarni o‘chiradi; 3. Tasvirdan qirqib tashlanadigan bir yoki bir nechta maydonlar tanlanadi: yuqori, past, chap, o‘ng. Bir nechta kichik o‘lchamdagi rasmlarni bir vaqtda skaner qurilmasida skanerlab yagona tasvirni yaratib olish mumkin. Photoshop dasturining Crop and Straighten Photos buyrug‘i yordamida avtomatik ravishda bir-nechta rasmlardan tashkil topgan tasvirdan alohida tasvirlarni yaratib olish mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak: 1. Bir-nechta rasmlardan iborat tasvirni dastur yordamida ochish kerak; 122 2. Tasvir joylashgan qavatni tanlash kerak; 3. Dasturning File menyusi Automate bo‘limidan Crop and Straighten Photos buyruq qatorini tanlash kerak. Natijada har bir rasm alohida oynada ochiladi. Ruler uskunasining Straighten xususiyati tasvirni undagi asosiy chiziqlarga nisbatan to‘g‘irlash imkoniyatini beradi. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak: 1. Dasturning uskunalar panelidan Ruler uskunasini tanlash; 2. Uskuna yordamida tasvirda asosiy gorizontal yoki vertikal chiziqlar bo‘ylab chiziladi: 3. Dasturning xususiyatlar panelida Straighten Layer tugmasini bosish kerak. Natijada tasvir belgilangan chiziq bo‘ylab to‘g‘rilanadi: Image Rotation buyruqlari yordamida butun tasvirni aylantirish yoki akslantirib olish mumkin. Image Rotation buyruqlari dasturning Image menyusi Image Rotation bo‘limidan tanlanadi va ular quyidagilardan iborat: - 180 ⸰ tasvirni 180 ⸰ ga aylantiradi; - 90 ⸰ CW tasvirni soat bo‘ylab 90 ⸰ ga aylantiradi; - 90 ⸰ CCW tasvirni soatga qarshi 90 ⸰ ga aylantiradi; - Arbitrary tasvirni dialog oynasida belgilangan burchak va yo‘nalishda aylantiradi: 123 - Flip Canvas Horizontal tasvirni vertikal o‘q bo‘ylab aylantiradi; - Flip Canvas Vertical tasvirni gorizontal o‘q bo‘ylab aylantiradi. Canvas Size buyrug‘i xolst o‘lchamini o‘zgartirish imkoniyatini beradi. Xolst o‘lchamini kattalashtirish mavjud tasvirning atrofiga bo‘sh maydon qo‘shadi. Xolst o‘lchamini kichraytirish tasvirni kaltalaydi. Shaffof orqa fonga ega xolst o‘lchami kattalashtirilsa qo‘shilgan maydon ham shaffof bo‘ladi. Xolst o‘lchamini o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 1. Dasturning Image menyusidan Canvas Size buyruq qatorini tanlanadi. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi: 2. Quyidagilardan biri bajariladi: - xolstning o‘lchami Width va Height maydonlariga kiritiladi. O‘lchov birligi ochiladigan menyudan tanlanadi; - Relative elementi tanlanadi, Width va Height maydonlariga xolstga qo‘shiladigan yoki ayriladigan qiymat kiritiladi. Musbat qiymat kiritilsa xolst o‘lchami kattalashadi, manfiy qiymat kiritilsa xolst o‘lchami kichiklashadi. 124 3. Xolstning o‘zgarish nisbiy nuqtasini belgilab olish uchun Anchor elementidan kerakli katak tanlanadi. Odatda, nisbiy nuqta xolstning markazida joylashadi va barcha o‘zgarishlar markazga nisbatan amalga oshiriladi; 4. Dialog oynasining Canvas Extension Color elementiga ochiladigan menyudan quyidagi qiymatlarni tanlab olish mumkin: - Foreground qo‘shiladigan maydon old fon rangida bo‘ladi; - Background qo‘shiladigan maydon orqa fon rangida bo‘ladi; - White, Black, Gray qo‘shiladigan maydon oq, qora yoki kulrang bo‘ladi; - Other qo‘shiladigan maydon rangini tanlash uchun rang tanlash dialog oynasi ochiladi. 5. Dialog oynasining OK tugmasi bosiladi. Download 2.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling