Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc
Download 2.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Belgilanish, qavat va yo‘llarni to‘ldirish va chegaralarini belgilash
Gradiyentlar
Gradient uskunasi yordamida bir nechta ranglar o‘rtasida o‘tishlarga ega to‘ldirish yaratish mumkin. Gradiyentlarni andozalar asosida yoki yangi yaratib olish mumkin. Gradient uskunasini quyidagicha qo‘llash mumkin: 1. Tasvirning ma’lum maydonini bo‘yash uchun ushbu maydon belgilab olinadi. Aks holda gradiyent to‘ldirish faol qavatning barcha maydoniga ta’sir ko‘rsatadi. 2. Dasturning uskunalar panelidan Gradient uskunasi tanlanadi. 3. Dasturning xususiyatlar panelidan gradiyent xususiyatlari belgilab olinishi mumkin. Jumladan gradiyent andozalarini tanlash va tahrirlab olish mumkin: 4. Dasturning xususiyatlar panelidan quyidagi gradiyent turlari tanlab olinishi mumkin: - Linear Gradient chiziqli gradiyent yaratadi: - Radial Gradient aylana gradiyent yaratadi: - Angular Gradient burchakli gradiyent yaratadi: - Reflected Gradient akslangan gradiyent yaratadi: 157 - Diamond Gradient rombli gradiyent yaratadi: 5. Dasturning xususiyatlar panelidan quyidagilarni belgilab olish mumkin: - to‘ldirish rangining tasvirdagi rang bilan aralashish rejimini Mode elementi yordmida, to‘ldirishning shaffoflik darajasini Opacity elementi yordamida belgilanadi; - gradiyentdagi ranglar tartibini akslantirish uchun Reverse elementi belgilanadi; - silliqroq gradiyent yaratish uchun Dither elementi belgilanadi; - gradiyent to‘ldirish uchun transparent maska qo‘llash uchun Transparency elementi tablanadi. 6. Tasvirning kerakli maydoniga sichqon ko‘rsatkichini joylab sichqon tugmasini bosib turgan holdagradiyentning boshlang‘ich va yakuniy nuqtalari belgilanadi. Belgilanish, qavat va yo‘llarni to‘ldirish va chegaralarini belgilash Uskunalar panelidagi Paint Bucket uskunasi yordamida belgilangan pikselning rangiga yaqin rangga ega bo‘lgan qo‘shni piksellarni to‘ldirish imkoniyatini beradi. Uskunadan quyidagicha foydalaniladi: 1. Dasturning uskunalar panelidan old fon rangi tanlanadi. 2. Dasturning uskunalar panelidan Paint Bucket uskunasi tanlanadi. 3. Dasturning xususiyatlar panelidan uskuna yordamida rang yoki andoza bilan to‘ldirish belgilab olinadi. 4. Dasturning xususiyatlar panelidan Mode elementi yordamida rangni aralashish rejimini, Opacity elementi yordamida to‘ldirishning shaffoflik darajasini belgilab olinadi. 5. Dasturning xususiyatlar panelida Tolerance elementi yordamida belgilangan pikselning rangiga yaqin rangga ega bo‘lgan qo‘shni piksellarning yaqinlik darajasi belgilab olinadi. 158 6. To‘ldirishning chegaralarini silliqligini ta’minlash uchun dasturning xususiyatlar panelidan Anti-alias elementi belgilab olinadi. 7. Belgilangan pikselga qo‘shni bo‘lgan piksellarni to‘ldirish uchun dasturning xususiyatlar panelidan Contiguous elementini belgilash kerak. Element belgilanmasa belgilangan pikselning rangiga yaqin rangga ega bo‘lgan tasvirning barcha piksellari to‘ldiriladi. 8. Barcha aks ettirilgan qavatlarning piksellariga ta’sir qilish uchun dasturning xususiyatlar panelidan All Layers elementi belgilanadi. 9. Tasvirning to‘ldirilishi kerak bo‘lgan maydoniga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib chap tugmasi bosiladi. Dasturning Stroke buyrug‘i yordamida belgilash, yo‘l va qavatning chegarasini rang bilan belgilash mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak: 1. Old fon rangi belgilanadi. 2. Maydon yoki qavat tanlanadi. 3. Dasturning Edit menyusidan Stroke buyruq qatori tanlanadi. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi: 4. Dialog oynasining Stroke bo‘limida Width elementi yordamida belgilanish qalinligi va Color elementi yordamida uning rangi ko‘rsatib o‘tiladi. 5. Dialog oynasining Location bo‘limida belgilanishning chegaraga nisbatan joylashi belgilanadi. 159 6. Dialog oynasining Blending bo‘limida Mode elementi yordamida belgilanish rangining element rangi bilan aralashish rejimi va Opacity elementi yordamida belgilanishning shaffoflik darajasi belgilanadi. Download 2.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling