Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/72
Sana29.10.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1733068
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

 Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1. Photoshop dasturining ish maydoni qanday elementlardan tashkil topgan? 
2. Dasturda barcha panellarni yashirish uchun qanday amal bajarish kerak? 
3. Foydalanuvchi ish sohasini saqlash uchun qanday amallarni bajarish kerak? 
4. Uskuna yo‘riqnomasini qanday aks ettirish mumkin? 
5. Photoshop dasturining izlash funksiyasi yordamida nimalarni topish 
mumkin? 


47
6. Uskunalar panelida joylashgan uskunalarni shartli ravishda qanday 
guruhlarga bo‘lish mumkin? 
7. Tanlash uskunalar guruhiga nimalar kiradi? 
8. Bo‘yash uskunalar guruhiga nimalar kiradi? 
9. Berkitilgan uskunalar qanday aks ettiriladi? 
10. Chizg‘ichlar qanday vazifa bajaradi? 
11. Chop etilmaydigan qo‘shimchalar deganda nimalar tushiniladi? 
12. Tarix hilatini suratga olish deganda nima tushiniladi? 
13. Tarix mo‘yqalami bajaradigan amallarni tushintirib bering. 
14. Xususiyatlar panelining asosiy vazifalarini tushuntirib bering. 
15. Lasso uskunasining bajaradigan amalini tushuntirib bering. 
TASVIR VA RANG ASOSLARI 
Tasvirlarning o‘lchamini o‘zgartirish 
Photoshop dasturida tasvirning o‘lchamini o‘zgartirish uchun quyidagilarni 
bajarish kerak: 
1. Dasturning Image menyusidan Image Size buyruq qatori tanlanadi. Natijada 
quyidagi dialog oynasi ochiladi: 
2. Tasvirning ko‘rinishi ochilgan dialog oynasining chap qismida aks ettiriladi; 
3. Dialog oynasining o‘ng qismida tasvirning o‘lchamlari va o‘lchov birliklari 
aks ettiriladi: 


48
4. Tasvirning eni va bo‘yini mutanosib ravishda o‘zgartirish uchun dialog 
oynasida proporsiyani saqlash tugmasini bosib qo‘yish kerak: 
5. Tasvirning o‘lchami yoki nuqtalar zichligi umumiy nuqtalar soni bilan 
mutanosib ravishda o‘zgarishi uchun dialog oynasida Resample elementini belgilab 
qo‘yish kerak: 
Tasvirning o‘lchami yoki nuqtalar zichligini umumiy nuqtalar soniga ta’sir 
qilmasdan o‘zgartirish uchun Resample elementidan belgilashni olib qo‘yish kerak. 
6. Dialog oynasining Fit To menyusidan tasvir o‘lchamini oldindan belgilangan 
o‘lcham andozalari asosida o‘zgartirib olish mumkin; 
7. Dialog oynasining Width va Height elementlariga qiymat kiritib tasvir 
o‘lchamini o‘zgartirib olish mumkin. 
Tasvirning o‘lchami o‘zgartirilganidan keyingi tasvir faylining hajmi dialog 
oynasining yuqori qismida aks ettiriladi. 
8. Tasvirdagi nuqtalar zichligini Resolution elementiga qiymat kiritish orqali 
o‘zgartiriladi. 
9. Agar tasvirning qavatlariga biror-bir stil qo‘llanilgan bo‘lsa ushbu stillarni 
tasvirning o‘zgargan o‘lchamiga mos ravishda o‘zgarishini ta’minlash uchun dialog 
oynasining yuqori-o‘ng burchagida joylashgan menyudan 
Scale Styles buyruq 
qatorini tanlash kerak. 
10. Kerakli o‘zgartirishlar kiritilganidan so‘ng dialog oynasining OK tugmasi 
bosiladi. 


49

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling