Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Chizish to‘g‘risida tushuncha


Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/72
Sana29.10.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1733068
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Chizish to‘g‘risida tushuncha 
Photoshop dasturida chizish jarayoni vektorli shakllar va yo‘llarni yaratishni 
o‘z ichiga oladi. Photoshop dasturida istalgan shakl uskunalari, pero uskunasi 
yoki erkin pero uskunasi 
yordamida chizish mumkin. 
Chizishni boshlashdan oldin dasturning xususiyatlar panelidan chizish rejimini 
tanlab olish kerak. Tanlangan rejim chizish jarayonida alohida qavatiga ega vektorli 
shakl yaratilishi, mavjud qavatda yo‘l yaratilishi yoki mavjud qavatda rastrli shakl 
yaratilishini belgilab beradi. 
Vektorli shakllar shakl uskunalari yoki pero uskunalari yordamida chiziladigan 
chiziq va egrilar hisoblanadi. Vektorli shakllar piksellar zichligiga bog‘liq emas. 
Yo‘llar belgilanishlar yoki rang bilan to‘ldirilishlarga o‘girilishi mumkin bo‘lgan 
chegara hisoblanadi. Yo‘llarni quyidagicha ishlatish mumkin: 
- qavatning ma’lim maydonlarini yashirish uchun yo‘lni vektorli maska sifatida 
ishlatish; 
- yo‘lni belgilanishga o‘girish; 
- yo‘lni rang bilan to‘ldirish yoki chegarasini belgilash. 


143
Shakl yoki pero uskunalari bilan ishlaganda uch xil rejimda chizish mumkin 
bo‘ladi. Shakl yoki pero uskunalari tanlanganda chizish rejimini dasturning 
xususiyatlar panelidan belgilab olish mumkin. Quyidagi chizish rejimlari mavjud: 
- Shape alohida qavatda shakl yaratish. Shakl chizish uchun shakl yoki pero 
uskunalaridan foydalanish mumkin. Shakl qavati shakl rangini belgilab beruvchi 
to‘ldiruvchi qavat va shakl chegarasini belgilab beruvchi bog‘langan vektorli 
maskadan iborat. Shaklning chegarasi yo‘l xisoblanadi va panellar bo‘limining 
Paths panelida aks ettiriladi. 
- Path joriy qavatga ishchi yo‘l chizadi va ushbu yo‘l belgilanish, vektorli 
maska yoki rastrli grafika yaratish uchun qo‘llanilishi mumkin. Yo‘llar panellar 
bo‘limining Paths panelida aks ettiriladi. 
- Pixels joriy qavatga chizadi. Ushbu rejimda chizilganda rastrli tasvir xosil 
bo‘ladi. Ushbu rejimda faqatgina shakl uskunasi ishlaydi. 

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling