Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc
Download 2.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA
Shakllarni chizish
Shakl qavatida shakl yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 1. Dasturning uskunalar panelidan pero uskunasi tanlanadi. Dasturning xususiyatlar panelidan Shape chizish rejimi tanlab olinadi. 2. Shaklning rangini belgilash uchun dasturning xususiyatlar panelidan shaklning to‘ldirilish va chegara ranglarini tanlash tugmalari bosiladi va ochilgan dialog oynasidan kerakli rang tanlab olinadi. 3. Dasturning xususiyatlar panelidan shaklning boshqa xususiyatlari belgilab olinadi. 4. Sichqon tugmasini bosib turgan holda sichqon ko‘rsatkichini surib shakl chiziladi. Klaviaturaning Shift tugmasi bosib turgan holda chizilsa shaklning bo‘yi va eni o‘lchamlari bir xil holda chiziladi. Shaklning markazidan chizish uchun klaviaturaning Alt tugmasini bosib turgan holda chizish kerak. Bitta qavatda bir nechta shakllarni chizish uchun quyidagilarni bajarish kerak: 1. Shakllar qo‘shilishi kerak bo‘lgan qavat tanlanadi. 2. Dasturning uskunalar panelidan shakl uskunasi tanlanadi va uning xususiyatlari belgilanadi. 144 3. Dasturning panellar bo‘limidan quyidagilardan biri tanlanadi: - shaklni mavjud shaklga qo‘shish: - shaklning kesishgan maydonini mavjud shakldan ayirish: - shakllarning kesishgan maydonidan shakl yasaydi: - shakllarning kesishgan maydonidan tashqari maydonlaridan shakl yasaydi: 4. Shakl chiziladi. Photoshop dasturida turli ko‘rinishdagi shakllarni dasturning Custom Shape uskunasi yordamida chizib olish mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak: 1. Dasturning uskunalar panelidan Custom Shape uskunasi tanlanadi; 2. Dasturning xususiyatlar panelidan Shape elementiga kerakli shakl quyidagi dialog oynasi orqali tanlanadi: 145 Ushbu dialog oynasida barcha shakllar kategoriyalar bo‘yicha bo‘lib chiqilgan bo‘lib ular o‘rtasida o‘tish uchun dialog oynasining yuqori o‘ng burchagidagi menyu tugmasini bosib ochilgan menyudan kerakli kategoriyani tanlab olish mumkin. Shakllar quyidagi kategoriyalar bo‘yicha guruhlangan: 3. Kerakli shaklni tanlab ish sohasida ushbu shaklni chizib olish mumkin. Shakl vektorli maska bilan bog‘langan rang bilan to‘ldirilgan qavat xisoblanadi. Shaklning rangini uning to‘ldirilgan qavat rangini o‘zgartirish orqali o‘zgartirib olish mumkin. Bunda qavatni bir rangda, gradiyent rangda yoki andoza bilan to‘ldirib olish mumkin. Bundan tashqari shaklning vektorli maskasini o‘zgartirib shakl chegarasini ham o‘zgartirib olish va qavatga stil qo‘llash mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish mumkin: - shaklning rangini o‘zgartirish uchun qavatlar panelida shakl qavatining yorlig‘iga sichqon ko‘rsatkichini joylab sichqon tugmasini ikki marta bosish kerak. Natijada ochilgan rang tanlash dialog oynasidan kerakli rang tanlab olinadi. 146 - shaklni gradiyent rang yoki andoza bilan to‘ldirish uchun qavatlar panelidan shaklning qavati tanlanadi va dasturning Layer menyusi Layer Style bo‘limidan Gragient Overlay buyruq qatori tanlanadi. - shaklning chegara chiziq qalinligini o‘zgartirish uchun qavatlar panelidan shaklning qavati tanlanadi va dasturning Layer menyusi Layer Style bo‘limidan Stroke buyruq qatori tanlanadi. - shaklning chegarasini o‘zgartirish uchun dasturning uskunalar panelidan Path Selection uskunasi yordamida shakl belgilanadi. Dasturning uskunalar panelidan pero uskunasi yordamida shaklning boshqarish to‘rtburchaklarini siljitish yordamida shakl chegarasi o‘zgartirib olinadi. Download 2.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling