Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc


Mixer Brush uskunasi bilan chizish


Download 2.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/72
Sana29.10.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1733068
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   72
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Mixer Brush uskunasi bilan chizish 
Mixer Brush uskunasi yordamida xolstda ranglarni aralashtirish, mo‘yqalamda 
ranglarni birlashtirish, rang namligini o‘zgartirish kabi real chizish jarayonini 
simulyatsiya qilish imkoniyatini beradi. Mixer Brush uskunasi ikkita rang manbasi, 
konteyner va rang tanlovchisiga ega. Uskuna konteyneri xolstga chiziladigan 
yakuniy rangni saqlaydi va ko‘p chizish hajmiga ega. Rang oluvchi konteyner rangni 
faqatgina xolstdan oladi. Konteynerdagi rang muntazam ravishda xolstdagi ranglar 
bilan aralashib turadi. 
Mixer Brush uskunasini qo‘llash uchun quyidagilarni bajarish kerak: 
1. Dasturning uskunalar panelidan Mixer Brush 
uskunasi tanlanadi. 
2. Uskuna konteyneriga rang to‘ldirish uchun klaviaturaning Alt tugmasini 
bosib turgan holda xolstdagi maydonga sichqon tugmasi bosiladi yoki old fon rangi 
tanlanadi. 
3. Mo‘yqalam turi mo‘yqalam andozalari panelidan tanlanadi. 
4. Dasturning xususiyatlar panelidan uskuna xususiyatlari belgilab olinadi. 
Jumladan, Muxer Brush uskunasiga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlarni o‘zgartirib 
olish mumkin: 


155
Current Brush Loadochiladigan menyudan Load Brush buyruq qatorini 
tanlab uskuna konteynerini rang bilan to‘ldirish, Clean Brush buyruq qatorini tanlab 
mo‘yqalamni rangdan tozalash mumkin. 
Preset – mo‘yqalamning oldindan belgilangan xususiyatlarga ega andozalarini 
tanlash mumkin. 
Wet elementining qiymati mo‘yqalam xolstdan qancha miqdorda rang olish 
darajasini belgilaydi: 
Load elementining qiymati uskuna konteyneriga yuklanadigan rang miqdorini 
belgilaydi. Kichik qiymatda mo‘yqalam tez qurib qoladi: 
Mix elementining qiymati xolst rangining uskuna konteyneridagi rang bilan 
aralashish darajasini beradi. Element qiymati 100% ga teng bo‘lsa barcha rang 
xolstdan olinadi, 0% ga teng bo‘lsa barcha rang uskuna konteyneridan olinadi. 
Sample All Layers elementi belgilansa uskuna rangni xolstdagi barcha 
qavatlardan oladi. 
5. Mo‘yqalam bilan xolstga chiziladi. 


156

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling