Rashid zohid


Download 0.83 Mb.
bet29/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

YOzuv ashyolari.54 O‘tmishda yozuv tosh, yog‘och (taxtacha yoki taxta), sopol, metall, teri, qog‘oz kabi vositalar orqali amalga oshirilgan. Qadimda xotira maqsadidagi yozuvlar uchun toshdan keng foydalanilgan. Markaziy Osiyodan topilgan eng qadimiy yozuvlar Birinchi va Ikkinchi ko‘k turk xoqonliklari davriga mansub. Islom madaniyatida ham oyatlar, hadisi shariflar va hikmatli so‘zlardan iborat matnlarni yozish an’anasi davom etgan. Matnshunoslikda toshga bitilgan yozuvlarga nisbatan “monumental matn”, “epigrafik matn” atamalari ishlatiladi.
YOzuv ashyolaridan yana biri yog‘ochdir. Masalan, Mug‘ tog‘idan topilgan 80 ta yodgorlikdan 23 tasi yog‘ochdan ishlangan. Bunda ko‘proq tol daraxtidan foydalanishgan. U kesib olingach, po‘stlog‘idan tozalab, uzunasiga o‘rtasidan ikkiga ajratilgan. Keyin ayni shaklda sillaqlab, quritilgan. YOzuv yog‘ochning tekis tomoniga ham, aylanasimon tashqi tarafiga xam yozilgan. Maktab ta’limida taxtadan keng foydalanilgan.
Sopol buyumlar qadimda keng tarqalgan yozuv materialidir. YOzuv ko‘za va turli sopol idishlarning sirtiga bitilgan. Boshlab sopol buyumlardagi yozuvlar kulolning belgisi, buyumning egasi, idishning sig‘imi, uning nimani saqlashga mo‘ljallangani kabi ma’lumotlarni aks ettirgan. Keyinchalik kattaroq matnlar uchun ham sopoldan foydalanilgan.
Metall ham qadimiy yozuv ashyolaridan biridir. Qilich, pichoq, Shuningdek, oltin, kumush, mis va boshqa ma’danlardan ishlangan idishlar sirtiga turli maqsadda matnlar bitilgan. O‘rta Osiyo xalqlari terini ham yozuv materiali sifatida ishlatishgan. Avesto kitobi o‘n ikki ming kiyik terisiga yozilgani haqida rivoyatlar bor.
Fanda e’tirof etilishicha, qog‘oz dastlab Xitoyda milodiy 105 yilda kashf etilgan.55 Qog‘oz xomashyosi sifatida dastlab o‘simlik po‘stlog‘i, eski paxtalik kiyimlar va yaroqsiz baliq turlaridan foydalanilgan. Keyinchalik uning ishlab chikarish texnologiyasi takomillashib, paxta tolasi va daraxt po‘stlog‘idan olingan. Qog‘ozning kashf qilinishi kitob tarixida yangi davr ochdi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, 650 yillardayoq Samarqandda qog‘ozli kitoblar bo‘lgan. XIII asrdan Evropada qog‘oz asosiy yozuv materiali bo‘lib qoldi. Qog‘oz kitobning ko‘payishiga va tarqalishiga yangi imkoniyat ochdi. Kitob bezashga alohida ahamiyat berildi. Uning sahifalariga turli miniatyuralar, hoshiyalariga bezaklar ishlana boshladi. Asta-sekin xattotlik, muqovasozlik kabi kasblar ajralib chiqdi. Ayniqsa, O‘rta Osiyoda o‘rta asrlarda xattotlik san’ati keng rivojlandi. Mashhur xattotlarning ko‘p avlodlari kitob tayyorlash usulini – materiallar, siyoh, xat ko‘chirish texnikasini takomillashtirib borishdi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling