Rashid zohid


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 0.83 Mb.
bet31/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Ibtidoiy kitoblar tarixi haqida gapiring.
2. Qur’onning birinchi va ikkinchi jamlanishi sababini ayting.
3. Epigrafik matn degandan nimani tushunasiz?
4. Los nima maqsadda ishlatiladi?

Mavzu: Qo‘lyozma manbalarning tashqi va ichki tuzilishi
Reja:
1.Qo‘lyozma kitoblarning tashqi xususiyatlari
2. Qo‘lyozma kitob muqovasi, kotib, muhrkash, lavvoh, sahhof faoliyati
3. Qo‘lyozma kitoblarning ichki tuzilishi


Tayanch ibora va tushunchalar: shams, tug‘ro, lavha, unvon, zarvaraq, qo‘sh zarvaraq, sarlavha, odobi tasnif, xat uslubi, xat rangi, basmala, hamd, na’t, madh, sarlavha.
Qo‘lyozma kitoblarning tashqi xususiyatlari. O‘tgan mavzuda qo‘lyozma kitob haqida umumiy ma’lumot berilgan edi. Endi qo‘lyozma manbalarning tuzilishi, ularning tashqi va ichki hududini belgilaydigan tarkibiy qismlar haqida imkon qadar batafsil to‘xtalamiz. Odatda qo‘lyozma manbalarning avvalgi sahifasiga yorug‘lik sochib turgan quyosh tasviri naqsh etilib, naqsh o‘rtasiga chiroyli xatda asar nomi yozilgan. SHams (شمس) deb atalgan rasm san’atining bu nafis turi ko‘pincha noyob kitoblarga ishlangan. Xalqaro kitobatchilikda forzats deb nomlangan bu sahifaning atrofi gulli naqshlar bilan o‘ralgan bo‘ladi. Musavvirning mahoratiga qarab, shamslarning ishlanish uslubi ham farq qiladi: ular doira shaklida yoki rombaga moyilroq ko‘rinishda aks etadi. Ba’zan shamsning ost va ust qismiga qo‘sh naqshchalar ulanib, shamsdan taralayotgan nurlar ham turli-tuman naqshchalardan tashkil topadi.
Ba’zi qo‘lyozma kitoblar ilk sahifasining‘ orqa tarafiga qorada chizilgan turli belgilarni uchratish mumkin. Bu tasvir buyurtmachining shaxsiy belgisi (ramzi) bo‘lib, uni tug‘ro deb ataladi. Tug‘ro chizilgan sahifaga boshqa hech qanday bo‘yoq yo suratlar berilmaydi. Tug‘ro belgisi rasmiy hujjatlarning (masalan, yorliqning) boshlanishida ham kelishi mumkin.
Lavha (لوحة) – qo‘lyozma kitobning ikki betiga o‘zaro simmetrik qilib ishlangan nafis bezakdir. Bezakning markazidagi to‘rtburchak ichiga bir yoki ikki ustunli she’riy matn yozilgan. To‘rtburchakning yuqori va ost qismi turli kichik shakllardan iborat bo‘lib, lavha tevaragi ko‘pincha nur tasviri bilan o‘ralgan. Alisher Navoiyning “Xazoyinul ma’oniy” devonlari va “Xamsa” dostonlari qo‘lyozmalarida bu rasm turi ko‘p uchraydi.
Qo‘lyozma kitoblarning noyob nusxalariga kiritilgan asarlar ko‘pincha unvon bilan ochiladi. Unvon avvalgi sahifaning uchdan bir qismiga zarhal rangda ishlangan bezakli naqsh bo‘lib, naqsh o‘rtasiga asar nomi yoki basmala (بسم الله الرحمن الرحيم ) yozuvi bitiladi. Ba’zi unvonlar faqat naqshdan iborat bo‘lib, unvonning tepa kismida nurning taralishi aks ettiriladi. Agar qo‘lyozmaning birinchi beti to‘la zarhal rang bilan bezalgan bo‘lsa, bu zarvaraq (qo‘shzarvaraq
deyiladi. Kulliyot va majmualarda kitob tarkibidagi asarlarning har biriga alohida zarvaraq ishlanishi ham mumkin. SHarq qo‘lyozmalarida sarlavhalar ham rangi va xati jihatidan asosiy matndan ajratib berilgani bois tashqi bezak sifatida e’tibor qilinishi mumkin. Sarlavha shams, lavha, unvon, jadval kabi nafis naqshinkor rasmlar orqali ifodalanib, kitob ko‘rkini oshiradi. Odatda devonlarning noyob nusxalarida she’rlarni bir-biridan ajratish uchun doirachalar chiziladi. Doiracha oddiy yoki naqshinkor bo‘ladi.
Masnaviylar, tarixiy asarlarning noyob nusxalariga asar syujeti, voqea-hodisalarga mos holda miniatyura (mo‘‘jaz rasm)lar chizilgan. O‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalarining asarlari orasida, ayniqsa, Alisher Navoiy dostonlariga miniatyuralar ko‘p ishlangan. Bu esa tasviriy san’at ustalarining Navoiy asarlari syujetiga e’tiborlari kuchliligidan dalolat beradi. Qo‘lyozma kitoblarda jadval – ramka (جدول) ham matnning badiiy bezagi bo‘lib xizmat qiladi. Bir chiziqli, ikki, uch chiziqli, oddiy yoki zarhal jadvallar matnni ajratish bilan birga, sahifaning chiroyini ham ta’minlaydi.
Qo‘lyozma matn tevaragida bo‘sh joy hoshiya deyiladi. Ba’zi kitoblarda hoshiya torroq, ba’zi kitoblarning matni ixcham bitilib, hoshiyasi kengroq bo‘ladi. Qo‘lyozma kitobning boshidan oxirigacha hoshiyalar bichimi bir xilda bo‘lishiga amal kilingan. Jadvalsiz, oddiy matnlarda xam hoshiya qoldiriladi. Hoshiya qoldirilishining yana bir sababi, matnni ortiqcha parokandalikdan saqlashdir. Qog‘ozning tevaragi chirib tushganda ham matnga etib bormaydi. Ba’zi qo‘lyozma kitoblarda hoshiyadan ham unumli foydalanilgan. Asosiy matnda tushib qolgan so‘z va jumlalar ham hoshiyaga yozib qo‘yiladi.
Qo‘lyozma kitoblarda, odatda, varaqlar izchilligini ta’minlash maqsadida poygir59dan foydalanilgan. Poygir har bir varaq tugagach, keyingi varaqqa o‘tishdan oldin qo‘yilgan. Bunda avvalgi varaqning pastiga keyingi sahifada davom etuvchi matnning boshidan bir-ikki so‘zi qiyalatib yozib ketilgan. Qo‘lyozma matnini o‘rganishda poygirning ahamiyati katta. Chunki, poygirga qarab kitob sahifalarining to‘liqligi aniq bo‘ladi. YAngi sahifaning birinchi satri avvalgi varaqdagi poygirga to‘g‘ri kelmasa, qo‘lyozmaning varaqlari yo‘qolgan yoki keyinchalik ta’mirlash jarayonida varaqlar chalkashtirib yuborilgan bo‘ladi. Shuningdek, qo‘lyozmada poygir uzilib kolishi xam mumkin. Bunday holda ham varaqlar tartibi buziladi.
Qo‘lyozmaning xotima qismi (kolofon) eng so‘nggi sahifada matn tugaganidan so‘ng uchburchak shaklida ifodalangan. Xotimada kotibning ismi, qo‘lyozmaning ko‘chirilish sanasi hamda matnni ko‘chiruvchi kotibning o‘z haqqiga so‘rgan xayrli duosi aks etgan.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling