Rashid zohid


Qo‘lyozma kitoblarning ichki tuzilishi


Download 0.83 Mb.
bet33/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

Qo‘lyozma kitoblarning ichki tuzilishi. SHarqda ma’naviyat bilan bog‘liq hodisalarga alohida hurmat bilan yondashilgan. Kitob shunday hodisalardan biridir. Kitob o‘z ichiga olgan yozuv, matn ma’naviy boylikni tashuvchi vosita sifatida e’zozlangan. Hatto yozuv qurollariga nisbatan munosabat butkul o‘zgacha bo‘lib, ularni hozirlash, tutish va saqlash izchil qoidalar asosida ado etilgan, bora-bora bu qoidalar mustahkam an’anaga aylangan. SHu an’ana zaminida katta bir madaniyat maydonga kelgan. Shuning uchun xoh kitobni bituvchi, tuzuvchi, ko‘chiruvchi tomonidan bo‘lsin, xoh o‘quvchi tomonidan bo‘lsin, kitobga nisbatan ehtiyotsiz munosabat ayb deb hisoblangan va madaniyatsizlik sanalgan.
Kitobat sohasida odobi tasnif yoki odobi ta’lif deb atalmish umumiy ma’noda, asarning dunyoga kelishi jarayonida amal qilinishi kerak bo‘lgan, xosroq ma’noda, kitobning ichki tuzilishi bilan bog‘liq qoida va talablar mavjud. Qaysi mavzuda yozishidan qat’i nazar, ijodkor shaxs mavzu bo‘yicha muayyan tayyorgarlikka ega bo‘lishi, bilganlariga amal qilishi yoki o‘zi amal qiladigan ishni aytishi odobi tasnifning ruhiy-e’tiqodiy talablaridan biridir. Negaki, mumtoz adabiyotimizning poydevori e’tiqodiy maslak ustiga qurilgan. Demak, ijodkor ham, u taqdim qilayotgan matn ham ayni maslak taqozosiga ko‘ra o‘z mavjudligini namoyon etgan.
Basmala. Shuning uchun ham qadim qo‘lyozma kitoblar – بسم الله الرحمن الرحيم ya’ni, “Mehribon va rahmli Ollohning nomi bilan boshlayman” kalimalari bilan ochilgan. Basmala deb nomlanadigan bu kalima odobi tasnif qoidasiga ko‘ra barcha asarlarda asosiy matn boshlanishidan avval arab tilida berilgan.
Hamd. Basmaladan so‘ng har qanday matn qat’iy ravishda hamd (حمد) bilan boshlangan. Hamd – faqat Olloh taolo uchun xoslangan maqtov bo‘lib, bu maqtovning mohiyati YAratuvchini ulug‘lash va yolg‘iz YAratuvchigina haqiqiy maqtovga munosib Zot ekanini e’tirof etishdan iborat bo‘ladi. Hamd asosan Olloh taoloning ism va sifatlari ma’nolarini bayon etish bilan izhor etiladi. Shuningdek, adiblik salohiyatiga ko‘ra hamdlar asar (bob, fasl) ning mazmunidan kelib chiqib ham bayon etilishi mumkin. Navoiy asarlarida bu hol ko‘p kuzatiladi. Masalan, “Hayratul abror”ning ikkinchi bo‘limi shunday boshlangan:

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling