Rashid zohid


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 0.83 Mb.
bet48/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. SHarq manbashunosligi tarixi.
2. “Manba” so‘zining istilohiy tadriji haqida gapiring.
3. “Ta’sirlar zanjiri” qonuniyati nimani anglatadi?
4.”Nazmul javohir” asari manbashunosligi.


I L O V A L A R
1-ilova
Adabiy manbalar qo‘lyozmalari

Qutadg‘u bilig”


Hijriy 462 (milodiy 1069/70) yili yozilgan.

  1. Uyg‘ur yozuvli qo‘lyozma 1439 yili Hirotda Hasan Qora Sayil SHams tomonidan ko‘chirilgan Vena (Hirot) nusxasi hozir Venada saqlanadi.103

  2. Arab yozuvidagi qo‘lyozmalardan biri taxminan XIII asrda ko‘chirilgan, hozir O‘RFASHI fondida saqlanadi.104

  3. Asarning arab yozuvidagi boshqa qo‘lyozmasi taxminan XIV asrda ko‘chirilgan bo‘lib, hozir Qohirada saqlanadi.105 Asarning mavjud qo‘lyozmalari ichida arab yozuvidagi Namangan va Qohira nusxalari qadimiydir.

Hibatul haqoyiq”
Adib Ahmadning “Hibatul haqoyiq” asari taxminan XII asrga oid. “Hibatul haqoyiq” asarining to‘rtta qo‘lyozmasi mavjud.

  1. A (Samarqand) qo‘lyozma nusxasini 1444 yil Samarqandda Zaynul Obidin ibn Sultonbaxt Jurjoniy Husayniy ko‘chirgan. Qo‘lyozma Intanbuldagi Ayosofiya kutubxonasida saqlanadi.106

  2. Asarning V (Istanbul) qo‘lyozma nusxasi Istanbuldagi Ayosofiya kutubxonasida saqlanayotgan 4457-raqamli majmuaning birinchi asari. Ushbu majmuani 1480 yili Istanbulda shayxzoda Abdurazzoq ko‘chirgan.

  3. Asarning S qo‘lyozma nusxasi Istanbul To‘pqopi saroy kutubxonasida saqlanayotgan majmua tarkibida kelgan. Majmuaning qayd raqami – 35552.

  4. “Hibatul haqoyiq”ning yana bir qo‘lyozmasi (N nusxa) Gollandiyaning Groningen universiteti kutubxonasida saqlanmoqda. Bu nusxa kutubxonadagi HS 474 raqamli majmuaning 9a – 32b sahifalaridan joy olgan.

Qisasi Rabg‘uziy”

  1. “Qisasi Rabg‘uziy”ning eng eski qo‘lyozmasi XV asrga oid bo‘lib, Britaniya muzeyida saqlanadi.

  2. Taxminan XV-XVI asrlarda ko‘chirilgan yana bir qadimiy nusxasi Sankt-Peterburgda Rossiya FA SHarq qo‘lyozmalari institutida S-245 raqami ostida qayd etilgan.

  3. XIX-XX asr boshlarida Toshkent, Qozon matbaalarida ham bir necha bor chop etilgan.

Xusrav va SHirin”
Qutbning “Xusrav va SHirin” asari Nizomiyning shu nomdagi masnaviysiga nazira tarzida yozilgan.
YAgona qo‘lyozmasi 1383 yili Misrda ko‘chirilgan bo‘lib, Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanadi.
Nahjul farodis”
Mahmud ibn Aliy ibn Saroiyning “Nahjul farodis” asari 1357/1358 yili Oltin O‘rdaning poytaxti Saroy shahrida bitilgan.
“Nahjul farodis”ning qo‘lyozma nusxalari Istanbul, Qrim (YAlta), Qozon, Sankt-Peterburg fondlarida saqlanadi.
Guliston bitturkiy”
Sayfi Saroiyning “Guliston bitturkiy” asari qo‘lyozmasi Gollandiyaning Leyden universiteti kutubxonasida 1153 raqami ostida saqlanadi.
Muhabbatnoma”
Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari hijriy 754 (mil.1353) yili bitilgan.

  1. Uyg‘ur va arab yozuvidagi qo‘lyozma nusxalaridan eng qadimiysi Britaniya muzeyida № Or. 8193 raqami ostida saqlanadi. 159b-173a – betlar.

  2. “Muhabbatnoma”ning boshqa qo‘lyozma nusxalari keyingi davrlarga oid.107

Dahnoma”
XV asrda yashagan YUsuf Amiriyning “Dahnoma” asari.

  1. Uyg‘ur yozuvidagi qo‘lyozmasini Zaynul Obidin ko‘chirgan. Istanbuldagi To‘pqopi saroyi kutubxonasida № 2172 raqami ostida saqlanadi. Qo‘lyozmaning kotibi Zaynul Obidin yashagan davriga ko‘ra qo‘lyozma Samarqandda ko‘chirilganini taxmin qilish mumkin.

  2. “Dahnoma”ning XVI asr boshlarida ko‘chirilgan yana bir nusxasi Britaniya muzeyida saqlanadi. Shuningdek, bu qo‘lyozmaning fotonusxasi Sankt-Peterburg SHarqshunoslik instituti fondida va O‘z RFA Til va adabiyot institutida ham mavjud.108

Latofatnoma”
Xo‘jandiyning “Latofatnoma” asari XV asr boshlarida Xorazmda hukmronlik qilgan amir Temur avlodlaridan Sulton Mahmudga bag‘ishlangan.

  1. Uyg‘ur yozuvidagi Kobul nusxasi (Musee de Kaboul, 10).

  2. 1509 yil ko‘chirilgan arab yozuvidagi London nusxasi (British Museum, Add. 7914).

  3. Istanbul nusxasi (Millet Kűtűphanesi, Arabi Numara 86);

  4. Istanbul nusxasi (Millet Kűtűphanesi, Arabi Numara 1221).109

  5. Kanada nusxasi (Prof.Dr.Eleazar Birnbaum collection).

Maxzanul asror”
XIV-XV asrlarda yashagan Haydar Xorazmiyning “Maxzanul asror” asari.

  1. 1444 yili Samarqandda Zaynul Obidin tomonidan ko‘chirilgan nusxa noqis bo‘lib, 33 bayti saqlangan.110

  2. “Maxzanul asror”ning uyg‘ur yozuvidagi yana bir nusxasi Istanbuldagi Sulaymoniya kutubxonasining Ayosofiya bo‘limida saqlanayotgan 4757 raqamli majmua tarkibidan joy olgan bo‘lib, “Hibatul haqoyiq” asaridan keyin kelgan. Abdurazzoq kotib 1480 yil Istanbulda ko‘chirgan.

  3. Asarning arab yozuvidagi boshqa nusxalari ham dunyoning turli qo‘lyozma fondlarida saqlanmoqda.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling