Rashid zohid


Mavzu: Matnshunoslik va adabiy manbashunoslikning bibliografik resursi


Download 0.83 Mb.
bet2/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

Mavzu: Matnshunoslik va adabiy manbashunoslikning bibliografik resursi
Reja:
1. Fanning bibliografik resursi
2. Qo‘llanmalarga umumiy obzor
3. Qo‘llanma mavzularini belgilashdagi ilmiy mezon.


Tayanch ibora va tushunchalar: bibliografik resurs, fanning fundamental asosi, sharq tafakkuri, leksikografiya, leksikologiya, A.Erkinov, A.Habibullaev, Q.Sodiqov, ilmiy matn turlari,

Fanning bibliografik resursi. Har qanday fan o‘zining mavjudligini soha doirasida to‘plangan va doimiy ravishda boyitilib borilishi kerak bo‘lgan bibliografik resursi bilan belgilaydi. Chunki bibliografik resurs fanning shakllanish tarixi, fundamental asosi, tadqiq mavzulari va istiqbol rejalarini o‘zida gavdalantirishi bilan muhimdir. SHarq manbashunosligining shakllanishi mintaqa yozuv madaniyatining paydo bo‘lishi, ilk va o‘rta asrlarga oid manbalarning yuzaga kelish tarixi bilan bog‘liq. Manbalarning ommalashuvi, turlarga ajralishi, matnga germenevtik yondashuvlarning vujudga kelishi natijasida manbashunoslik va matnshunoslikning ilmiy-fundamental poydevori tiklandi. Mustahkam asosga ega bo‘lgan qonuniyatlar, tizimlar davrlar mobaynida o‘zining tadqiq mavzularini shakllantirdi. Mavzular tarixiy jarayon taqozosiga ko‘ra turli tomondan o‘rganilib, fanga muayyan shakldagi natijalarni taqdim etdi.


Matnshunoslik va adabiy manbashunoslikning manbaviy zaxirasi haqida haqiqiy tasavvur hosil bo‘lishi uchun islomiy ilmlarning rivojlanish tarixiga bir ekskurs qilib ko‘raylik. Jahon fani olamida erishilgan yutuqlarga nazar solib, 1400 yillik tarixga ega islomiy ilmlar ko‘plab cho‘qqilarni zabt etganini ko‘rish mumkin. Tibbiyot, falakiyot, matematika, geometriya, fizika, kimyo qator fan sohalarida Evropa uchun inqilobiy taraqqiyot yo‘llarini SHarq tafakkuri ochib bergani bugun ayon haqiqat. Ammo filologiya sohasida ham yutuqlar uchun sharoit SHarqdan boshlangani tor doiradagi mutaxassislar uchun ham ma’lum emas. SHarqda ijtimoiy-gumanitar fanlarning kelib chiqishi Qur’on karim va uni o‘rganish bilan bog‘liq. Statistika sohasida qo‘yilgan birinchi qadamlar ham ulug‘ Kitob matnini yig‘ib, mushaf holiga keltirish jarayonida amalga oshdi. Qur’on avval surama-sura, oyatma-oyat yig‘ib tartibga solingach, so‘zlar soni, hatto harflar miqdorigacha aniq hisobga olingan. Yig‘ilgan suralar matnlari va tartibini o‘rganish hozirgi kunda matnshunoslik deb atalmish ilmning mukammal tamoyilini, dastavval, islom kelgan davrdayoq yuzaga chiqargan edi. SHu jarayonning o‘zida bir guruh olimlar fonetika ilmiga asos solishdi. SHarqda bu ilm hanuzgacha ilmi tajvid nomi bilan atalmoqda. Ilmi tajvid olimlari Qur’oni karim matni asosida arab tili fonetikasini batafsil bayon qilib berganlar. Natijada, bu ilmni o‘zlashtirgan evropalik olimlar uchun ilmi tajvidda mavjud fonetik hodisalarni tushuntiruvchi qonuniyatlarni o‘z tillariga tatbiq qilish va ularni o‘zlariga tushunarli atamalar bilan nomlashdan iborat vazifagina qolgan. Leksikografiya va leksikologiyaning Evropadagi ravnaqi ham Qur’onni o‘rganishdan orttirilgan bilim va tajribalarni o‘zlashtirishdan boshlangan. Holbuki, lug‘atlarga hozirgi kun nuqtai nazaridan qo‘yiladigan talablar arab leksikografiyasida bundan ming yil ilgari ham bor edi. YA’ni, Qur’on uchun tuzilgan lug‘atlar X asrdan boshlab izohli va ikki tilli lug‘atlar uchun zamin yaratish bilan birga, hozirgi kunda, deyarli barcha tillarning lug‘atlarini tuzish uchun zarur bo‘lgan leksikografik usullarga asos bo‘ldi.
“Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik asoslari” fanining VI–X asrlarga oid qadim turkiy yozma yodgorliklar, XIV asr oxiri va XV asr adabiy manbalari, XIV asr oxiri va XV asr adabiy manbalari bilan bog‘liq bibliografik resursi haqida keyingi mavzularda batafsil ma’lumot beriladi. Quyida matnshunoslik va adabiy manbashunoslik bo‘yicha so‘nggi yillarda tayyorlangan o‘quv qo‘llanmalarning tuzilishi, mazmun-mundarijasi va o‘ziga xos xususiyatlari haqida to‘xtalamiz.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling