Rashid zohid


Mavzu: Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik filologik fan sifatida


Download 0.83 Mb.
bet5/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

Mavzu: Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik filologik fan sifatida
Reja:
1. Fanning maqsadi va filologik tizimdagi o‘rni
2. Matnshunoslikning faoliyat turlari
3. Manbashunoslik va matnshunoslik malakasi


Tayanch ibora va tushunchalar: adabiy manbashunoslik, matnshunoslik, qadim qo‘lyozmalar, birlamchi manba, ilmiy istifoda, filologik sath.
Fanning maqsadi va filologik tizimdagi o‘rni. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik bevosita adabiyotga daxldor fan sohasidir. Nima uchun “bevosita” deyapmiz? Sababi, manbashunoslik so‘zi “adabiy” degan so‘z bilan sifatlanyapti. Demak bu fan doirasida o‘rganiladigan ob’ektlar ayni adabiyot yoki adabiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador manbalardir. Shuning uchun ham bu soha filologiyaning ibtidosini boshlab beruvchi asosiy qismdir. Endi filologiyaning boshqa tarkibiy qismlari bo‘lgan adabiyotshunoslik va tilshunoslikka kelsak, ularning ham tadqiq ob’ektini adabiy manbalar tashkil qiladi va bu fan sohalarida ham asosan matn ustida ish ko‘riladi. Xo‘sh, shunday ekan, adabiy manbashunoslik va matnshunoslik bu fan sohalaridan qaysi muhim jihati bilan farqlanadi?
Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik birlamchi manbalar asosida ish olib boradi. Fanga noma’lum manbani ilmiy istifodaga kiritadi. Ilmiy istifodaga kiritish – qadimiy (yoki zamonaviy) qo‘lyozma matn nusxalarini aniqlash, nusxalar o‘rtasida qiyosiy tadqiq olib borish, natijalarni­ faksimil yoki boy ilmiy apparat bilan ta’minlangan yig‘ma-qiyosiy, ilmiy-tanqidiy matn shaklida taqdim qilish kabi matnshunoslik faoliyatidan iboratdir. Qoidaga ko‘ra, ilmiy istifodaga kiritilgan manbalar ustida olib borilgan tadqiqot, xoh u adabiyotshunoslik, xoh tilshunoslik yo‘nalishida bo‘lsin, ishonchli ilmiy natijaga erishadi. Demak, adabiy manbashunoslik va matnshunoslik filologiyaning boshqa sohalaridagi muvaffaqqiyatli tadqiqotlar uchun tom ma’noda zamin hozirlaydi.
Afsuski, hozirgacha adabiy manbashunoslik va matnshunoslikning nazariy qonuniyatlari ilmiy tizimga solinmagani, faoliyat hududlari aniq belgilanmagani uchun mustaqil fan o‘laroq shakllanishga munosib bo‘lgan bu sohaga filologiyaning yordamchi tarmog‘i sifatida qarab kelindi.5 Aslida, adabiyotshunoslik va tilshunoslik tarixi bilan bog‘liq ayrim tadqiqotlardagi muvaffaqiyatsiz tajribalarning oqibati ham mana shu sababga borib taqaladi.
Bundan kelib chiqadiki, adabiy manbashunoslik va matnshunoslik qachon mustaqil fan sifatida rivojlanar ekan, filologiyaning barcha tarmog‘ida to‘laqonli sog‘lomlashishga yo‘l ochiladi. Chunki boshlanishning butun holda namoyon bo‘lishi undan keyingi bo‘g‘inlarning tugal nihoyalanishiga sharoit yaratadi. Bu mukammallik yo‘lidir. Tadqiq ob’ekti adabiyot bo‘lgan filologiya sohasi shu tarzda mukammalashib boradi, taraqqiy etadi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling