Rashidova shahnzaning mavzu: Boshlang’ich sinflarda asosiy miqdorlar Ilmiyrahbar: Komissiya raisi


Download 1.44 Mb.
bet6/9
Sana11.05.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1453580
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Miqdor7777777

3.2.Vaqt o’lchov birliklari
Vaqt tushunchasi haqida nazariy ma’lumot

    • Odamlar vaqtni o'lchash uchun soat yaratdilar. Oldin quyosh soati paydo bo'ldi. Ulami faqat kunduzi ishlatishar edi.

    • Misr quyosh soatlarida 2 ta uzun taxtacha burchak shaklida mustahkamlangan. Ertalab quyosh chiqishi bilan uzun taxtachada soyani belgilashgan. Bu vaqtni ertalab soat 6 00 deb hisoblashgan. Keyin ertalabki soyaning uzo`nligini 6 qismga bo'lishgan.

    • Buning natijasida hammasi 12 soat bo'lib, 6 soat kunduz, 6 soat kechqurun kelib chiqqan. Keyinchalik boshqa soatlar paydo bo'ldi. Ular kechki vaqtni ham aniqlash imkonini berdi. Masalan: suv soat- lari, qum soatlari, mexanik va elektoron soatlar bor.

    • Hozirgi zamon soatlarining siferblati 12 ga bo'lingan. Har bo'limning oldiga 1 dan 12 gacha yozilgan. Soatning kichkina strel- kasi 1 soatdan 2 songa 1 soatda o'tadigan qilib tuzilgan. Soatning katta strelkasi 1 soatning ichida barcha sonlami bosib o'tadi.


I.
O'quvchilarni soatning yaratilishi tarixi bilan tanishtirish.

    1. Bolalarni kundalik hayotda soatdan foydalanishga o'rgatish.

    2. Masalalar yechish orqali bolalar bilimini oshirish.

    3. Arifmetik masalalarni yechish.

    4. O'quvchilar qiziqishini rivojlantirish.




Miqdor va son (raqam) iboralami qo'llash bilan bog'liq boshqa mashqlar ham shu kabi aniq va tushunarli ifodalanishi kerak. Masalan; «385 va 481 sonlarini qo'shing», yoki «3 m 85 sm hamda 4 m 81 sm miqdorlami qo'shing» kabi.
U yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ulami o'lchash usullari o'ziga xoslikka ega bo'lsa ham, har bir miqdomi o'rganishda umumiy bosqichlami alohida ta'kidlash maqsadga muvofiq bo'lar edi. O'qituvchi har bir
miqdorlami o'rganish jarayonida ana shularga tayanib, o'quvchilar faoliyatini quyidagicha tashkil et- ishi mumkin.
Miqdorlami o'rgatish bo'yicha metodik sxema:

  1. Bolalarda mavjud mazkur miqdorlar haqidagi tushunchalami aniqlash (bolalarning hayotiy tajribasiga murojaat etish).

  2. Bir xil nomli miqdorlami solishtirish (chamalab ko'rinish, solishtirish, taqqoslash, o'lchash va boshqa xil usullar bilan).

  3. Mazkur miqdoming o'lchov birligi va o'lchov asboblari bilan tanishtirish.

  4. O'quvchilarda o'lchash ko'nikmalari hosil qilish.

  5. Bir xil nomdagi miqdorlami qo'shish va ayirish (Masalalarni yechish jarayonida).

  6. Miqdorlaming yangi o'lchov birliklari bilan tanishtirish, bir nomdagi miqdorlami boshqa o'lchov birliklariga aylantirish. Ikki bir xil nomli o'lchov birliklarini bitta ikki nomli o'lchov birligiga aylantirish va aksincha.

  7. Ikki xil nomli miqdomi qo'shish va ayrish.

  8. Miqdorlami sonlarga ko'paytirish va bo'lish.

Turli miqdorlar haqida tasavvurlami shakllantirish maqsadida turli amaliy mashqlar va misollar bajariladi, namoyish etiluvchi va alohida ko'nikmali vositalardagi foydalaniladi. Bu ish barcha o'quvchilar ishtirokida, alohida-alohida har bir o'quvchi bilan va guruh usulida amalga oshiriladi. O'quvchilar «Miqdor» tushun- chasining asosiy belgilarini turli xil amaliy mashg'ulotlar davomida va turli xil muammoli sharoitlar tufayli o'zlashtirib oladilar.
Miqdorlar va ularning o'lchov birliklari bilan tanishuv nafaqat amaliy ahamiyatga mashq, ayni vaqtda u o'quvchilarda hayotiy muammolarni ko'ra bilish imkoniyattini shakllantirish va shu bilan ularning bilishga qiziqish ishtiyoqini rivojlantirishga imkon beradi.
Bu bo'limda o'quvchilar massa (vazn, og'irlik) tushunchasi va uning o'lchovbirligi -«kilogramm» bilan tanishadilar. Bu mavzuni o'rganishdagi atamalarga alohida ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak.Sababi, so'nggi vaqtlargacha massani oddiy tarozida tortib, uning ko'rsatkichlarini «og'irlik», deb atar edilar.Vaholanki, massa va og'irlik bir xil narsa emas. Og'irlik- massaning tezlanishga ko'paytmasidan iborat bo'lgan kuchdir.Shuning uchun bolalarga savol berilganda «ushbu predmetning og'irligi qancha?» deb emas,
«ushbu predmetning massasi qancha?» deb so'rash joiz bo'ladi. Savolning bunday shaklda qo'yilishi birinchi sinfdanoq joriy etilgan
Massa haqida tasavvurni shakllantirish metodikasida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin.
Bolalarda massa haqida qanday tushuncha borligini aniqlab olish kerak. Buning uchun o'qituvchi shunday vaziyatdan foydalanish mumkin:
Stolga ikkita bir xil rangli va o'lchamli ikkitakubikni qo'yish lozim (ularning birini yog'ochdan, ikkinchisini kartondan yasash mumkin. Ularning tashqi tomondan farqi bo'lmasligi kerak).O'qituvchi bu ikkala kubik bir xil bo'lsa ham, ularning o'rtasida farqlar borligini tushuntirishikerak.Shunda bolalarda bufarq nimada ekanligiga qiziqish uyg'onadi.Ba'zi bolalar esa kubiklarni yaqindan va hatto ko'tarib ko'rishga harakat qilishadi. Shunda o'qituvchi «og'irroq» va «yengilroq»predmetning massasi bilan bog'liq sifati ekanini tushintiradi.
Amaliy ishlar so'zlar yordamida ifodalanishi bilan kuzatiladi. Uzo`nliklari bo'yicha "teng", "teng emas" so'zlarining mazmunlari "bir xil", "uzunroq", "qisqaroq" kabi so'zlar bilan ifodalanadi.

  1. sinfda santimetr, metr, detsimetr, kilogramm, ... o'lchovlari o'rganiladi.

O'quvchilar sm haqida ayoniy tasawur hosil qilishlari uchun sm modelini katakli qog'oz varag'idan taydalanib tushuntiriladi o’quvchilar:

    • Berilgan kesmani o'lchash.

    • Berilgan uzo`nlikdagi kesmani yasash (chizish) masalasini hal qilishlari kerak.



Hajm tushunchasi va uning o'lchov birligi litr tushunchasi bilan bolalar birinchi sinfda tanishadilar. 4- sinfda hajm o'lchov birligining sodda ko'rinishlari o'rganiladi. Shuning uchun ham hajmni o'rganishda bir nomli ko'rsatkichdan boshqa nomli ko'rsatkichga o'tish, ikki xil nomdagi hajm miqdorini qo'shish va ayirish kabi jarayonlarbo'lmaydi.
Hajm va uning o'lchov birligi litr bilan tanishish jarayonida quyidagi muammoli holatlardan foydalanish mumkin:
a) O'qituvchi stolida suv to'latilgan ikki xil idish turibdi. Har ikkovida suv bir xil to'latigan bo'lsa ham idishlardan bin ingichka, ikkinchisi esa yo'g'on va ikki xil hajmda ikkita stakan (ularni 1 va 2 deb belgilaymiz) va suvni quyish uchun ishlatiladigan yana boshqa uchinchi idish bor.
O'qituvchi birinchi stakan bilan har ikkala idishdagi suvlar hajmini o'lchashni topshiradi. O'quvchilar katta idishda 10 stakan, kichik idishda 5 stakan suv borligini aniqlaydilar. Bundan tegishli xulosa chiqariladi
Keyin ikkinchi stakan bilan har ikki idishdagi suv o'lchanadi. Bu holatda katta idishdagi suv 4 stakan, kichik stakandagi suv 2 stakan chiqadi. Ya'ni xulosa qilinadi.
Endi o'qituvchi katta idishdagi suvni ikkinchi stakan bilan, kichik idishdagi suvni birinchi stakan bilan o'lchashni topshiradi. Yakunlarni muhokama qilish o'quvchilarni shunday xulosalarga olib keladiki, idishlardagi suv hajmini o'lchash va taqqoslash uchun bitta o'lchov birligidan bitta stakandan foydalanish zarur ekan. Bu holatda uzo`nlikni santimetr bilan, massani esa kilogramlar bilan o'lchashni misol keltirib, hajmni o'lchash uchun litrdan o'lchov birligi sifatida foydalanishni tushuntiradi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling