Rasmiy- idoraviy uslubning leksik-grammatik xususiyatlari Rasmiy uslub 1 Rasmiy uslub


Referat matnidagi klishelangan iboralar va so’z birikmalari


Download 100.93 Kb.
bet10/12
Sana24.12.2022
Hajmi100.93 Kb.
#1064518
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
MUHAMMAD al XORAZMIY nomidagi TATU urganch filiali DASTURIY INJINERING (1)

Referat matnidagi klishelangan iboralar va so’z birikmalari
«Ishda …. Tizim ko’rib chiqiladi…»
(Muallifning F.I.Oi.) «……….» asarida … berilgan.
«Kirishda ko’rsatilishicha, ..»
«Muallifning hisoblashicha, …»
Muallif shunga asoslanadiki, ….
Shu bilan birga u … shunday deb hisoblaydi.
«1-bobda … masalasi yoritiladi»
«2-bobda … tadqiq qilinadi»
« … haqida gapirganda, muallif … deb ta’kidlaydi»
«Ishda, shuningdek … ga e’tibor qaratiladi»
«Shunday qilib, muallif… degan xulosaga keladi»
« 3-bobda… tadqiq qilinadi, … ko’rib chiqiladi»
«… zarurligi belgilanadi»
«Xulosada muallif: «…» deb yozadi.


6. Adabiyotlar ro’yxatining rasmiylashtirilishini tekshirish
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati qat’iy belgilangan tartibda tuziladi:
1. O’zR qonunlari.
2. O’zR Prezidenti farmonlari.
3. O’zR Hukumati qarorlari.
4. Me’yoriy hujjatlar, yo’riqnomalar.
5. Kitoblar, davriy nashrlarda e’lon qilingan maqolalar.
6. Internetdan olingan axborot manbalari.
Manbalarning bibliografik bayonida quyidagilar ko’rsatiladi:
muallifning familiyasi va ismi-sharifi, kitob nomi, nashr qilingan
joyi, nashriyot nomi va nashr yili. Agar maqola jurnalda (gazetada)
bosilgan bo’lsa, unda jurnal (gazeta) nomi, chiqqan yili, jurnal (gazeta)
sahifasi raqami.
7. Matnning tahrirli tuzatilishi. Matnning savodxonlik va uslubiyot jihatidan tekshirilishi
Referat savodli tarzda yozilishi va toza ko’rinishda bo’lishi kerak. Umumiy qabul qilingan so’zlardan boshqa so’zlarning qisqartirilishiga, shuningdek xatolar, noaniqliklar, uslubiy nuqsonlarga yo’l qo’yilmaydi. Referat ilmiy rahbarga taqdim etiladigan vaqtga kelib hamma jihatdan maromiga yetkazib ishlab chiqilgan bo’lishi lozim.
8. Referatning Rasmiylashtirilishi
Ilmiy rahbarga taqdim etiladigan referat kompyuterda 12-shrift bilan, 1,5 interval orqali standart A 4 formatli qog’ozda, chap tomonidan 2,5 sm, o’ng tomonidan 1,5 sm, yuqorisi va pastidan kamida 2 sm lik hoshiyalar bilan terilishi kerak.
Matn sahifalari albatta raqamlanishi lozim. Ishning raqamlanishi uzluksiz bo’ladi va 3-sahifadan boshlanadi (birinchi va ikkinchi sahifalar - bu titul varag’i va ish rejasi bo’lib, ular raqamlanmaydi). Sahifa raqami yuqorida o’rtaga yoki o’ng tomonga qo’yiladi.

Referat hajmi 16-20 sahifadan oshmasligi kerak.


Referatning tuzilishi:
1) titul varag’i;
2) har bir masala, kichik masala (band) sahifalari ko’rsatilgan ish
rejasi;
3) kirish;
4) materialning masalalar va kichik masalalar (bandlar)ga bo’lingan
matnli bayoni, muallif foydalangan manbalarga zaruriy qaydlar ham
ko’rsatiladi;
5) xulosa;
6) foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati;
7) jadvallar, diagrammalar, grafiklar, rasmlar, sxemalardan iborat ilovalar.
Ilovalar ular mazmunini ko’rsatadigan sarlavhalarga muvofiq tarzda izchillik bilan tikib qo’yiladi.

Referat ilmiy rahbar tomonidan referatni baholash bo’yicha kafedra belgilagan ko’rsatkichlar va mezonlar asosida baholanadi.


7) Men sevib o’qiydigan badiiy asar O’tkir Hoshimovning ,, Dunyoning ishlari ‘’ qissasi hisoblanadi. Asarning barcha boblari adibning o’z onasiga ,umuman dunyodagi onalarga bag’ishlanadi . Asardagi “ Iltijo’’ , “Qarz ‘’ , “Oq marmar ,qora marmar ‘’ , “Haqqush” , “Alla” boblarida ayniqsa onaning mehri , farzand va ona munosabatlari quyuq bo’yoqlarda aks etgan .


8) Ilmiy ommabop uslub sof ilmiy uslublardan barcha sohaga taalluqli vq tushunarli bulganligi bilan farq qiladi.Bu uslub turi aniq fikrni bayon etashi bilan farqlanadi . Rasmiy -idoraviy uslib esa rasmiy ish qog’ozlari idoraviy ishlarni olib borishda ishlatiladigan uslub hisoblanadi.Bunda kesim majhul nisbatda , 3 -shaxs birlikda buyruq ohang yordamida bo’ladi .
9) Publitsistika (lotincha: publicus - ij-timoiy) — davrning ijtimoiy-siyosiy va boshqa dolzarb masalalariga bagʻishlangan adabiy ijod turi. P.ning vazifasi ij-timoiy fikr uygʻotish va uni shakllan-tirish, maʼlum maqsadga yoʻnaltirish, hujjatli faktmaʼlumotlar asosida voqelik manzarasini yaratishdan ibo-rat. Hozirgi zamon ijtimoiy hayoti, unga aloqador oʻtmish va kelajak faktlari P.ning predmetidir. Hayotda ijtimoiy faoliyat, ongqarashlarning salmogʻi ortgan sari publitsistning , yaʼni ijod-korning voqelikka faol aralashuvi, fikrni bevosita oshkora, dangal ifo-dalash tamoyili ham oshdi. P. fan, sanʼat, adabiyot asarlari tarkibiga tobora koʻproq kirib bormoqda. Publitsistik roman, pyesa, kino asarlari pay-do boʻlmoqda.
Voqelik faktlarini mantiqiy va obrazli umumlashtirib ifodalovchi maqola va boshqa yirik asarlargina emas, balki matbuot janrlarining hammasi ham P.ga kiradi. P. mavzu xususiyatlari jihatidan falsafiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy, adabiy, tanqidiy; uslub jihatidan bahs-munozarali, tashviqot-targʻibot, tanqidiy-tahliliy, hajviy koʻrinishlarga ega. P. janr jihatidan voqeiy-informatsion (xabar, reportaj, hisobot), tahliliy (maqola), badiiy-publitsistik (ocherk, felyeton, pamflet, yozuvchi maqolasi) turlarga boʻlinadi. P. hayot faktlarini chuqur taxlil va tadqiq etish, yaʼni ij-timoiypublitsistik tadqiqot orqali voqelikni kashf etadi. Shu jihatdan u ijtimoiy fanga yaqinlashadi. P. il-miy-nazariy xususiyatlarga ega boʻlishi, u yoki bu fan masalalarini publitsistik maqola tarzida talqin va tashviq etishi mumkin. P.ning shakli, ichki tuzilishi mantiqiy tafakkur va obrazlilikning oʻzaro birikuvidan iborat. P. janrida obraz oʻziga xos meʼyorda qoʻllanadi. Publitsist shaxsiyati shoir shaxsiyati singari oʻzining boy ichki dunyosi, nuqtai nazari bilan namoyon boʻladi.
Oʻrta Osiyo xalklari tarixida P. ancha qadimiydir. P. xususiyatlari "Qobusnoma" (P-asr)da yaqqol koʻzga tashlanadi. Navoiyning "Majolis un-nafois", "Munshaot", "Mahbub ul-qulub" asarlarida P.ning tugal xususiyatlari uchraydi. Navoiyning Abdurahmon Jomiy, Pahlavon Muhammad, Sayid Hasan Ardasher va boshqa xaqidagi adabiy portretlarini publitsistik ocherklar, deb atash mumkin. Navoiy nasriy asarlarini chuqur tadqiq etish uni oʻzbek badiiy P.sining asoschisi, deb atashga imkon beradi. Publitsistik xususiyat oʻzbek mumtoz adabiyoti asarlari tarkibiga ham singib ketgan. Oʻzbekistonda ijtimoiy hayotga doir dastlabki publitsistik maqolalar "Turkiston viloyatining gazeti" sahifalarida chop etilgan. Biroq milliy uygʻonish (jadidchilik harakati)ning kuchayishi natijasida yuzaga kelgan milliy mat-buot oʻsha davrdagi jamiyatning kamchilik va illatlarini ochiqoshkora bayon etgan, hatto xalqaro hayotga oid muammolarni tezkor sharhlaganligi bilan ham qadrlidir. Ayniqsa, bunday maqolalar "Taraqqiy" gaz.dan boshlab keng koʻlamda koʻrina boshlaydi. I. Obidiy, M. Behbudiy, Fit-rat, Choʻlpon, U. Xoʻjayev, A. Avloniy, H. Muin, M. Abdurashidxonov, S. Aj-ziy va boshqa hurfikr jadid ziyolilari qalamiga mansub oʻlka va xalqaro may-dondagi ijtimoiy-siyosiy, fan va taʼlim, madaniyat va sanʼat, milliy siyosat va boshqa masalalarga bagʻishlangan publitsistik maqolalar "Shuhrat", "Xurshid", "Osiyo", "Sadoi Turkiston", "Sadoi Fargʻona", "Najot", "Turon", "Hurriyat", "Yurt" kabi gaz. va jur. sa-hifalarida chop etilgan. Xususan, Beh-budiyning oʻzi tomonidan nashr etilgan va bosh muharrirlik qilgan "Samarqand" gaz. hamda "Oyna" jur.da chop qilingan maqolalari oʻsha davr jamo-atchiligi tomonidan zoʻr qiziqish bilan qarshilangan ("Sayohat xotiralari", "Til masalasi", "Bizni kemirguvchi illatlar", "Ehtiyoji millat" va boshqalar).
90-yillardan soʻng oʻzbek milliy jurnalistikasida ham oʻziga xos oʻzgarishlar kuzatildi. Anʼanaviy sharhlash jurnalistikasi oʻrniga yangiliklar jurnalistikasi paydo boʻldi. Natijada publitsistik janrlar axborot janrlariga koʻproq oʻrin bera boshladi. P. keyingi yillarda yuqori bosqichga koʻtarildi. Ozod Sharofiddinov, Oʻtkir Hoshimov, Ibrohim Gʻafurov, Naim Karimov, Xurshid Doʻstmuhammad, Erkin Aʼzam, Sultonmurod Olim va boshqa oʻzlarining dolzarb publitsistik maqolalari bilan oʻzbek P.siga munosib hissa qoʻshib kelmoqdalar.
10) “Men sevgan asar”
Men sevgan asar Chingiz Aytmatovning “Oq kema “asari sanaladi.Asar haqida essa loyihasini tayyorlashda bizga asar syujeti pulminatsiya ,epizotlari kerak bo’ladi. Essa ham aslida yevropa tilidan o’zlashgan so’z bo’lib erkin fikrni bayon qilish degani. Bu asarda eng yoqqani yosh bolaning umidini cho’ktirmasdan yana hayotga intilishi hisoblanadi.
11) Rasmiy uslub Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv qog‘ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e’lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi.

Download 100.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling