Rasmiy nomi Rossiya Federatsiyasi. Poytaxti Moskva. Hududi- 17,1 mln km kv. Aholisi 142 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili rus


Download 20.24 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi20.24 Kb.
#249132
Bog'liq
RASSIYA


Rasmiy nomi — Rossiya Federatsiyasi. Poytaxti — Moskva. Hududi– 17,1 mln km.kv. Aholisi – 142 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili rus. Dini — pravoslav (bundan tashqari islom, katolik, iudaizm, buddizm dinlariga e’tiqod qiluvchilar ham mavjud). Pul birligi — rubl. 

  Geografik joylashuvi va tabiati. Yevropa va Osiyo qit’alarida joylashgan davlat. Janubda va janubi g’arbda Xitoy (chegara uzunligi 3673 km), Mongoliya (3441 km), Gruziya (723 km) va Ozarbayjon (284 km) Qozog’iston (6846), janubi g’arbda Ukraina (1567 km), g’arbda Finlyandiya (1313 km), Belarus (959 km), Estoniya (290 km), Latviya (217 km) va Norvegiya (167 km) davlatlari bilan chegaradosh. Rossiyaning Kaliningrad viloyati Boltiqbo’yidagi Polsha (432 km) va Litva (227 km) bilan chegaradosh. Shu bilan bir qatorda Rossiya Yangi yer orollari, Shimoliy yer, Voygach, Frans-Iosif yerlari arxipelagi, Yangi Sibir orollari, Shi­moliy Muz okeanidagi Vrangel oroli, Kurill orollari (Kurill orollarining bir qismi — Iturup, Kunashir, Shikotan, Xabomai orollari uchun Yaponiya bahs olib bormoqda) va Tinch okeandagi Saxalin oroli qarashlidir. Sharqdan Rossiya qirg’oqlarini Yapon, Oxota va Bering dengizi hamda Bering bo’g’ozi suvlari, shimolda Barens, Karsk, Chukotka va Sharqiy Sibir dengizi, Laptevlar dengizi, janubda Qora va Azov dengizlari, g’arbda Boltiq dengizi va Fin bo’g’ozi bilan tutashib ketgan. Chegaralarining umumiy uzunligi — 20139 km. Sohil bo’ylab chegara uzunligi — 37653 km. Rossiya Federatsiyasi maydon jihatdan dunyodagi eng yirik davlat hisoblanadi. G’arbda dunyodagi tekisliklarning eng yirigi — Sharqiy Yevropa tekisligi yastanib yotibdi. Rossiyaning deyarli butun Yevropa qismi joylashgan shimoli g’arbida (eng baland nuqtasi 1191 km) Xibin tog’lari, janubda Kavkaz tog’lari bor. Kavkaz tog’larida mamlakat va Yevropaning eng baland nuqtasi Elbrus (5642 m) cho’qqisi joylashgan. Tekislik maydonlari o’rtacha olganda dengiz sathidan 170 m balandlikda joylashgan. Bu hududda O’rta Rus, Valday, Volga balandliklari joylashgan. Janubda va janubi sharqda Qora dengiz bo’ylari va Kaspiy dengiz bo’ylari pasttekisliklari mavjud. Uraldan sharqda maydonlarining balandligi 1894 m bo’lgan yirik botqoqlik hududlariga ega G’arbiy Sibir tekisligi yastanib yotibdi. Yenisey va Lena daryolari orasida o’rtacha balandligi 500-700 metr bo’Igan hamda ba’zi hududlarida tog’li massivlar qad ko’targan O’rta Sibir tog’ tekisligi joylashgan. Hududning eng yuqori maydoni — Putoryanya yassitog’ligi (balandligi 1701 m). Tog’ tekislikning janubida G’arbiy va Sharqiy Sayan tog’ tizmalari qad ko’targan. Sharqda tog’ tekisliklari Markaziy Yoqut tekisligi bilan almashinadi. Lena daryosi hamda Tinch okean qirg’oqlari orasida tog’ tizmalari va tog’ tekisliklaridan iborat bo’lgan Shimoli sharqiy Osiyo hududi joylashgan. Mamlakatning sharqiy qismi yirik daryolarning vohalarini hisobga olmaganda, tog’lik hududlardan iborat. Kamchatka yarimorolida 120 ta vulqon bo’lib, ulardan 23 tasi faoldir. Ulardan eng yirigi — Klyuchevskaya Sopka vulqoni (balandligi 4750 m). Mamlakatning yirik daryolari Volga, Shimoliy Dvina, Don, Irtish, Ob, Angara, Yenisey, Lena, Amur. Yirik ko’llari — Kaspiy dengizi dunyoda maydon jihatidan eng yirigi (376000 km2), Baykal — dunyodagi hajmi (23000 km.kub) va chuqurligi (1620 m) bo’yicha eng yirik ko’ldir. Rossiya turli-tuman qazilma boyliklarining yirik zaxiralariga ega. Ularning ichida eng asosiylari — nefit, gaz, temir, ko’mir, oltin va boshqa strategik qazilma boyliklaridir. Mamlakat hududining yirikligiga qaramay qishloq xo’jaligida yerlarning nisbatan oz qismidan foydalanadi — haydaladigan yerlar mamlakat hududining 8% ini tashkil qiladi. Hududning katta qismi doimiy muzlik zonasiga to’g’ri keladi.

   Iqlimi — mamlakatning katta qismi mo’tadil iqlim doirasida. Shimolining chekka hududlari va shimoliy orollar arktik iqlimga yaqin. Mamlakatning deyarli butun hududida kontinental iqlim hukm suradi. Rossiya hududining katta qismi o’rmonlar bilan qoplangan. Bu o’rmonlarda archa, pixta, kedr, eman, oqqayin va hokazo daraxtlar o’sadi. Arktika kengliklarida zamburug’lar, qutb polalari, iva, olxa kabi o’simliklar va daraxtlar o’sadi. Mamlakat faunasi boy va rang-barangdir. Arktika va tundra hududlarida shimoliy bug’u, qutb quyoni, tulenlar, moijlar, oq ayiqlar keng tarqalgan. Taygada ayiq, silovsin va hokazolar bor. Uzoq sharq o’rmonlarida ayiq, «qizil kitob»ga kiritilgan va kam sonli bo’lgan ussuriy yo’lbarslari, bug’ular keng tarqalgan. Cho’l zonalarida jayron, chiyabo’ri, ko’p sonli kemiruvchilar mavjud. Kavkaz regionida tog’ echkisi, kavkaz bug’usi, ayiq, bars, sirtlonlar keng tarqalgan.

   Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — Federativ Respublika. Rossiya Federatsiyasi tarkibi 89 ta subyekt, jumladan 49 ta viloyat, 21 ta Respublika (Adigeya, Oltoy, Boshqirdiston, Buryatiya, Dog’iston, Ingushetiya, Kabardin-Balkar, Qalmiq, Qorachoy-Cherkes, Kareliya, Komi, Mari El, Mordoviya, Saxa (Yakutiya), Shimoliy Osetiya, Tatariston, Tiva, Udmurtiya, Xakasiya, Checheniston, Chuvash), 1 ta avtonom viloyat (Yahudiy), 10 ta okrug (Agin-Buryat, Komi-Permyak, Koryak, Nenes, Taymir, Ust-Ordinsk, Buryat, Xanti-Mansi, Chukotka, Evenk, Yamalo-Nenesk), 6 ta o’lka (Oltoy, Krasnodar, Krasnoyarsk, Primorsk, Stavropol, Xabaroysk)lardan iborat. Rossiya Federatsiyasi 1991-yil 24-avgustda o’z mustaqilligini e’lon qildi. Sobiq Ittifoq tarqalgunga qadar awalgi nomi RSFSR. Milliy bayramlari — 12- iyun (Davlat suvereniteti to’g’risidagi Deklaratsiya qabul qilingan kun) va 12-dekabr (Konstitutsiya kuni). Davlat boshlig’i — prezident. Ijro etuvchi hokimiyat premyer-ministr boshchiligidagi hukumatga tegishlidir. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament, yuqori palatasi — Federatsiya Kengashi va quyi palata — Davlat Dumasi tomonidan amalga oshiriladi.

   Asosiy siyosiy partiyalari: Yagona Rossiya, Rossiya bizning uyimiz, Yabloko, Rossiya Federatsiyasi kommunistik partiyasi, Rossiya liberal-demokratik partiyasi, Rossiya agrar partiyasi.

  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Sobiq ittifoq tarqalib ketganidan so’ng Rossiya sovet iqtisodiyoti potensiali bilan birga bir qator jiddiy muammolarni: harbiy ehtiyojlarni qondirishga ixtisoslashgan iqtisod, samaradorligi past bo’lgan ishlab chiqarishni meros qilib oldi. Sanoatning deyarli barcha tarmoqlari mavjud (qazib oluvchi qayta ishlash, ishlab chiqarish). Eksporti asosini neft va neft mahsulotlari, tabiiy gaz, ko’mir, rangli metall, ximikatlar, harbiy texnika, yog’och va undan yasalgan buyumlar tashkil etadi. Qishloq xo’jaligida dehqonchilik qishloq xo’jalik yalpi mahsulotlarining 40% ini, chorvachilik 60% dan ziyod qismini yetishtiradi. Asosiy qishloq xo’jalik o’simliklari: bug’doy, qandlavlagi, kungaboqar, kartoshka, sholi, arpa. O’tish davrida iqtisodiyotda tizim o’zgarishlari amalga oshirilmoqda, xususiylashtirish jarayoni boshlandi, shu vaqtning o’zida aholi turmush darajasining keskin pasayishi va ishsizlar sonining ortishi ko’zga tashlandi. 1995-yil qattiq monetar siyosatining o’tkazilishi natijasida hukumat inflyatsiya darajasini oyiga 4-5% ga pasaytirishga muvaffaq bo’ldi, biroq mamlakat iqtisodida chet el sarmoyasi kirib kelishiga, tadbirkorlik uchun zarur bo’lgan huquqiy bazaning yaratilmaganligi va siyosiy xatarlarning yuqoriligi to’sqinlik qilmoqda. Asosiy savdo hamkorlari: Yevropa mamlakatlari, Shimoliy Amerika, Yaponiya, Uchinchi dunyo mamlakatlari.

  Temiryo’llarining umumiy uzunligi — 87180 km. Avtomobil yo’llari — 879100 km (652500 km asfaltlangan). Rossiyada 120000 km (uzunligi 10 km dan ziyod bo’lgan) umumiy uzunligi 2300000 km daryolar mavjud (ba’zilari yil bo’yi kema qatnovi uchun yaroqli). Mamlakatning yirik portlari — Arxangelsk, Vladivostok, Kaliningrad, Murmansk, Novorossiysk, Naxodka, Magadan, Sankt-Peterburg, Tuapse; ichki portlari — Astraxan, Volgograd, Qozon, Krasnoyarsk, Moskva, Nijniy Novgorod, Rostov, Samara, Xabarovsk.



   Tarixi. Zamonaviy Rossiya hududi Yevropa qismining janubida qadimda qabilalar hukmronlik qilib, ularning ba’zilari qudratli va yirik imperiyalarga asos solgan edi: kimmeriylar taxminan m. a. 1000-yildan 700-yilgacha, skiflar m. a. 700-yildan 300-yilga qadar, sarmatlar m. a. 300-yildan 200-yilgacha. Ill asrda gotlar Dondan to Dunaygacha bo’lgan hududlarda, xunnlar tomonidan 375-yilda tor-mor qilingan, gullab-yashnagan imperiyaga asos solgan. 560-yilda xunnlarni avarlar almashtirdi, VII asr boshlarida esa xazarlar o’z imperiyasiga asos soldi. Shu vaqtning o’zida Zamonaviy Rossiya hududining shimoliy va markaziy qismlariga slavyan qabilalari kirib kela boshladi. O’z yerlarini xazar va bulg’orlardan himoya qilish uchun slavyan qabilalari yordam so’rab IX asrda Novgorod va Kiyevda muqim joylashgan varyaklarga murojaat qildilar. Varyak knyazlari Oleg, Olga, Svyatoslavlar pecheneglar, bulg’orlar hamda rus knyazliklarining madaniy hayotiga katta ta’sir ko’rsatayotgan Vizantiya imperiyasiga qarshi ham muvaffaqiyatli harbiy harakatlar olib bordilar. 988-yilda Vladimir I ulug’ xristianlikni qabul qildi va uni rus aholisi o’rtasida tarqatdi. Kiyev Rusi XI asrga kelib Vladimir II Monomax davrida o’z taraqqiyotining yuqori nuqtasiga yetdi, biroq XII asrda rus davlatlari o’rtasida Vladimir-Suzdal knyazligi va Novgorod Respublikasi yetakchi o’rinlarga ega edilar. XIII asrda rus knyazliklari mo’g’ul-tatarlar bosqiniga duchor bo’lishdi. Chingizxonning nevarasi Botuxon Moskva, Suzdal, Kiyevni bosib olib, ikki yarim asr davomida ko’pgina rus knyazliklari qaram bo’Igan Oltin O’rdaga asos soldi. Shu vaqtning o’zida Novgorod awal shvedlarga, keyinchalik Tefton ordeni ritsarlariga (Neva jangi — 1240-yil, Muz ustidagi jang — 1242-yil) qarshi kurash olib borishga majbur bo’ldi. XIV asrda Moskva Rusning diniy markaziga aylandi va uning atrofida mo’g’ul-tatarlarga qarshi kurashish g’oyasi ostida ko’pgina rus knyazliklari birlasha boshladi (Kulikovo jangi — 1380-yil). XV asrda Moskva knyazligining mavqeyi keskin o’sdi, Ivan III davrida esa Moskoviya tarkibiga Yaroslavl, Rostov va Novgorod yerlari kirdi, 1547-yilda o’zini sar deb e’lon qilgan Ivan IV Grozniy Moskva davlati hududlarini sezilarli darajada kengaytirishga muvaffaq bo’ldi. XIV asrda kuchli markazlashgan davlatga aylangan Moskva knyazligi Volgabo’yi, Ural va G’arbiy Sibir hududlarini o’ziga bo’ysundirdi. Rech Pospolita bilan olib borilgan urush Moskva knyazlarining muvaffaqiyatsizligi bilan tugab, XVII asr boshlarida awal shvedlar, undan so’ng esa Polsha bosqinchilariga qarshi kurashishiga to’g’ri keldi. 1613-yildan 1917-yilgacha Rossiyada hukmronlik qilgan sulolaga asos solgan Mixail Romanov Rus sari etib saylandi.

   XVII asr oxirida rus taxtiga o’tirgan Pyotr I mamlakatda bir qator jiddiy iqtisodiy va siyosiy islohotlarni amalga oshirdi; ta’lim, armiya, flot va ma’muriy boshqaruv idoralari tizimi qayta tashkil qilinib, Shimoliy urush (1700-1721-yy.) natijasida Rossiya Boltiq dengiziga chiqish yo’liga ega bo’ldi. Rossiya tarixining yorqin namoyandalaridan biri Yekaterina Buyuk, 1762-yilda o’z eri Pyotr III ga qarshi qaratilgan davlat to’ntarishi natijasida hokimiyat tepasiga keldi. Mamlakatni 1796-yilgacha boshqargan Yekaterina Buyuk Rossiya imperiyasi hududlarini sezilarli darajada kengaytirishga erishdi. 1812-yilda Rossiyaga, 1812-yil 14-sentabrda Moskvani ishg’ol qilgan Napoleon Bonapart boshchiligidagi fransuz qo’shinlari kirib keldi. Moskva ishg’ol qilinganligiga qaramay, fransuzlarning rus kompaniyasi to’la muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. 1825-yil Peterburgdagi Dekabristlar qo’zg’oloni rus inqilobiy harakatiga asos soldi. O’z hukmronligini 1825- yil Dekabristlar qo’zg’olonini bostirishdan boshlagan Nikolay I Rossiyani politsiyachi davlatga aylantirib, qattiq reaksion tuzum o’rnatdi. Nikolay I 1855-yil Rossiya halokatli mag’lubiyatga uchragan Qrim urushi davrida vafot etdi. Uning o’g’li Aleksandr I 1861-yilda krepostnoylik huquqini bekor qilib, sudlov, ta’lim va armiyani isloh qildi. XIX asrda Rossiya o’z hududlarini (Polsha, Finlyandiya), sharqga (O’rta Osiyo, Sibir), janubga (Kavkaz) qarab kengaytirishni davom ettirdi. Yaponiya bilan olib borilgan urushdagi mag’lubiyat sar tuzumining zaifligini namoyon qildi va jiddiy ichki siyosiy inqirozga (1905-yilgi rus inqilobiga) olib kelishi bilan birga shu vaqtning o’zida muhim iqtisodiy islohot­larni amalga oshirish uchun zamin yaratdi. Stolipinning islohotchilik siyosati mamlakatda, sanoat va savdoning tez sur’atlar bilan rivoj topishi sezilarli iqtisodiy o’sishga olib keldi. 1914-yilda Avstro-Vengriya qo’shinlari tomonidan Serbiya bosib olinganidan so’ng Rossiya Fransiya va Buyuk Britaniya tarafida I jahon urushiga qo’shildi. 1917-yil fevralda urush natijasida zaiflashgan Rossiyada inqilob boshlandi va uning oqibatida sar Nikolay II taxtdan voz kechib, mamlakatdagi hokimiyat Muvaqqat hukumat qo’liga o’tdi. Urushni davom ettirish tarafdorlari va qarshilar o’rtasidagi siyosiy kurash, inqilobiy kayfiyatning o’sib borishi 1917-yil oktabrida bo’lib o’tgan inqilobga olib keldi va uning oqibatida mamlakatdagi hokimiyatni bolsheviklar qo’lga kiritdi. Bir necha million kishi halok bo’Igan fuqarolar urushi tugaganidan so’ng sovet hokimiyati sobiq Rossiya imperiyasining katta qismida o’rnatilgan edi. «Harbiy kommunizm» siyosati davridan so’ng 1921-yili mamlakatda yangi iqtisodiy siyosat e’lon qilindi, natijada Sovet Rossiyasi 1927-yilga kelib ishlab chiqarishning urushgacha bo’Igan ko’rsatkichlariga yeta oldi. 1922-yil 30-dekabrda Sovet Ittifoqi tashkil etilib, uning tarkibiga Rossiya, Ukraina, Belorussiya va Kavkazorti Respublikalari kirdi. 1924-yilda esa SSSR tarkibiga O’zbekiston va Turkmaniston, 1929-yilda Tojikiston, 1940-yilda Estoniya, Latviya, Litva va Moldaviyalar qo’shildi. 1927-yilga kelib mamlakatdagi butun hokimiyatni o’z qo’llariga yig’a olgan Stalin, NEPdan voz kechib, iqtisodni qat’iy rejalashtirish va yerlarni kollektivlashtirish rejasini amalga oshirishga kirishdi. Stalin tomonidan o’zgacha fikrlovchilarga qarshi o’tkazilayotgan qatag’onlar 1934-yilda Kirov o’ldirilganidan so’ng yanada kuchaydi. 1941-yil 22-iyunda mamlakat hududiga Sovet Ittifoqi hududlarining Yevropa qismini tez fursatda ishg’ol qilgan nemis qo’shinlari bostirib kirdi. Biroq 1941-yil qishidagi Moskva ostonalaridagi va ayniqsa Stalingrad ostidagi 1943-yil nemis qo’shinlarining mag’lubiyati oqibatida urushning borishida tub burilish yasab, SSSR va uning ittifoqchilari g’alabasini ta’minladi. Urush tugagandan so’ng tez orada Sharqiy va Markaziy Yevropada o’z ta’sir doirasini kengaytirgan SSSR va g’arb mamlakatlari o’rtasida «Sovuq urush» davri boshlandi (Berlin qamali — 1947-yil, Koreya urushi — 1950-1953-yillar). G’arb bilan munosabatlarning iliqlashuvi Stalin vafotidan so’ng hokimiyat tepasiga 1956-yilda Stalin shaxsiga sig’inishni qattiq qoralagan N.S.Xrushchyovning hokimiyat tepasiga kelganidan boshlanadi. 1960-yillarda iqtisodda islohotlarning o’tkazilishi ma’lum oqibatlarga olib keldi. Biroq hamon davom etayotgan sanoat va qishloq xo’jaligining qat’iy markazdan turib rejalashtirilishi iqtisodiy turg’unlikka olib keldi hamda 1980-yillarning boshlariga kelib mamlakat iqtisodi past mehnat samaradorligi va budjetning harbiy sanoat tomonga og’ib ketganligi bilan tavsiflanadi. N. S. Xrushchyov davrida, keyinchalik L.I. Brejnev hokimiyati (1964-1982-yy.) davrida ham SSSR g’arb mamlakatlariga nisbatan «tinch hamjihatlikda yashash» siyosatini o’tkazdi va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi o’z ta’sirini qiyinchilik bilan ushlab turardi (Vengriyadagi qo’zg’olon-1956-yil, Chexoslavakiya — 1968-yil, Polshada harbiy vaziyatning joriy qilinishi). 1979-yilda SSSR kommunistik tuzumni qo’llab-quvvatlash uchun Afg’onistonga o’z qo’shinlarini kiritdi, biroq bu Sovet Ittifoqining harakati mamlakat aholisi qarshiligiga va musulmon dunyosida katta e’tirozlarga sababchi bo’ldi. 1980-yil o’rtalarida M.S. Gorbachyov tashabbusi bilan amalga oshirilgan qayta qurish mamlakatdagi iqtisodiy muammolarni hal eta olmadi, ittifoqdosh respublikalar aholisining milliy o’zligini anglash hissi o’sishi ittifoq markazi zaiflashuviga olib keldi. 1991-yil avgust to’ntarishi Sovet Ittifoqining tarqalib ketishiga turtki berdi va 8-dekabrda Rossiya Belorussiya va Ukraina, keyinchalik qolgan respublikalar tarkibiga kirgan, Boltiqbo’yi davlatlaridan tashqari, Mustaqil Davlatlar hamdo’stligi tashkil etilganligini e’lon qildilar. Mustaqil Rossiyaning birinchi prezidenti etib, B. N.Yelsin saylandi va u 1996-yilda bo’lib o’tgan saylovlarda ikkinchi bor qayta saylandi. So’nggi yillarning zalvorli va shu vaqtning o’zida fojiali voqealaridan biri sifatida Rossiya parlamenti tarafdorlari va hukumat qo’shinlari o’rtasidagi 1993-yilgi qurolli to’qnashuvni hamda 1995-yilgi Chechenistondagi urushni ta’kidlash lozim. 1999-yil B. N.Yelsin o’z xohishiga ko’ra muddatdan oldin iste’foga chiqdi. 2000-2008-yillardagi V.V. Putin prezidentligi davrida Rossiya barcha sohalarda rivojlana boshladi. 2008-yil 2-yanvaridagi saylovlarda prezidentlik lavozimiga D.A.Medvedev saylangan. Bugungi kunda davlat prezidenti V.V.Putin rahbarligida Rossiya barqaror rivojlanib bormoqda.
Download 20.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling