Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakillanishi. “Psixologiya ” fakulteti


Download 43.53 Kb.
bet1/5
Sana21.11.2023
Hajmi43.53 Kb.
#1792308
  1   2   3   4   5
Bog'liq
JAVOXIR


Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakillanishi.


Psixologiya ” FAKULTETI


INSTITUTSIONAL IQTISODIYOT” FANIDAN


Joriy topshiriq


MAVZU: Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakillanishi.


Topshirdi:


Qabul qildi:

Reja:
1. “Norma” tushunchalarining mohiyati


2. Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi
3.Norasmiy normalar
1. “Institut” va “norma” tushunchalarining mohiyati
Institutlar jamiyat hayotida muhim o`rin tutadi. Agar bir daqiqaga barcha institutlar yo`q bo`lib ketganligini tasavvur qiladigan bo`lsak, u holda tartibsizlik boshlanib ketib, bu o`z navbatida abadiy davom etmas edi. Chunki insonlarning o`z hayotini tartibga keltirishga urinishlari yangi institutlarning paydo bo`lishiga olib kelgan bo`lar edi.
Institutlar tabiatini yanada chuqurroq tahlil qilish global xususiyatlarga ega bo`lgan qator savollarga, xususan, nima uchun bozorlar “ishlaydi” yoki “ishlamaydi”? Iqtisodiy siyosatning u yoki bu tadbirlari nima uchun samarali yoki samarasiz bo`ldi? Iqtisodiyotdagi qaysi o`zgarishlar ichki sabablarga ko`ra yohud hukumatning u yoki bu qarori tufayli yuzaga keldi, degan savolga javob berish imkonini beradi.
Institutlar o`zi nima? Turli davrlar tadqiqotchilari institutlar mohiyatini va ularning faoliyat ko`rsatish mexanizmini yoritvchi bir necha ta’riflarni asoslashgan. Institutlarni T.Veblen [32] quyidagicha ta’riflagan: “Institutlar – bu insonlar ularga amal qilgan holda turmush kechiradigan odatiy tafakkur tarzi” yoki “Institutlar – bu o`tmishda sodir bo`lgan jarayonlar natijasi bo`lib, ular o`tmish sharoitlariga moslashgan va, o`z navbatida, hozirgi vaqt talablariga to`liq moslashmagan”.
Ye.Erdvard tomonidan [60] “Institutlar – bu ko`plab individuumlar ulardan hamma joyda va har kuni foydalanadigan va asosan o`zining noyobligi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy ne’matlar. Institutlar almashuv jarayonini soddalashtiradi. Ular – qarorlar qabul qilish jarayonining yakka tartibdagi qarorlarni ijobiy qarorlarga aylantiruvchi ajralmas qismi”, deya ta’riflangan.
J.Xodjsonning ta’riflashicha [55], “Institutlar – an’ana, urf-odat yoki qonunchilik cheklovi orqali uzoq muddatli va barqaror hulq-atvor namunalarining yaratilishiga olib keluvchi ijtimoiy tashkilot”.
Institutlarni ko`z bilan ko`rib, ularni jismonan his etib yoki o`lchab bo`lmaydi. Bu inson ongi bilan yaratilgan o`ziga xos konstruksiyalar, ko`zga ko`rinmaydigan mexanizmlardir. Institutlar insonlarning muayyan jamoasiga xos bo`lgan tafakkur tarzini aks ettiradi.
Institutlarning yana boshqa bir ta’rifi B.Z.Milner tomonidan D.Nort [46] yozgan so`zboshishida keltirilgan: “institutlar – bu insonlar tomonidan ishlab chiqilgan cheklovlar hamda ularning o`zaro hamkorligini tarkiblashtiruvchi majburlash omillari. Bularning barchasi birgalikda jamiyat va iqtisodiyotning undovchi tarkibini hosil qiladi”.
Yuqorida keltirilgan ta’riflar institutlarning asosiy xususiyatlarini qamrab olgan holda, ularning asosiy funksiyalarini hamda rivojlanish qonunlarini aks ettiradi hamda jamiyatni rivojlantirish uchun institutlarning muhimligini ta’kidlaydi. Yuqorida ko`rsatilgan barcha holatlarni umumlashtirgan holda, institutsionalizmning hozirgi zamon talqinlariga asosan institutlarni quyidagicha ta’riflash mumkin:

Download 43.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling