Rasmiy va shaxsiy xat, ularning farqlari
Download 18.05 Kb.
|
Rasmiy va shaxsiy xat, ularning farqlari
Aim.uz Rasmiy va shaxsiy xat, ularning farqlari. .
Ish yuritishdagi hujjatlar ikkiga bo'linadi: 1. Ichki hujjat- muassasaning o'zida tuziladi va foydalaniladi. 2. Tashqi hujjat- boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjat. Qadimda hujjatlar yorliq farmon, noma, bitimlar, arznoma, tilxat kabi ko'rinishlarda bo'lgan. Bugungi kunda tariximizning turli davrlarida o'rxun- enisey sug'd, eski uyg'ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan ko'plab hujjatlar mavjud. Hujjatlar mazmuniga ko'ra ikkiga bo'linadi: 1. Sodda hujjat. 2. Murakkab hujjatlarga bo'linadi deb o' fikrlarini bildiradilar. 1. Xatlar to'g'risida tushuncha berish. 2. Xatlarning turlari. 3. Rasmiy xat haqida ma'lumot. 4. Shaxsiy xat bilan rasmiy xat o'rtasidagi farq. 5. Badiiy adabiyotdagi shaxsiy xat namunalarini tahlil qilish. Xatlar juda xilma-xil bo'lib, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar orasida xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy hujjat sanaladi. Xat orqali bajariladigan masalalar ko'lami juda keng bo'lib, bunday yozishmalar vositasida turli ko'rsatmalar so'rovlar javoblar tushuntirishlar, xabarlar, takliflar, iltimoslar, kafolatlar beriladi yoki qabul qilinadi. Xatlar rasmiy va shaxsiy bo'lib ulardan quyidagi o'rinlarda foydalaniladi. Rasmiy xatlar tashkilotda ish yuritish jarayonida qo'llaniluvchi hujjatlarning umumiy miqdoriga nisbatab 80% ni tashkil etadi. Xizmat xatlari xususiyatlarga ko'ra o'zaro farqlanadi.Xatlarni bajaradigan vazifasiga qarab quyidagi turlarga bo'lish mumkin. 1 Javob xatni talab qiluvchi xatlar(da'vo xatlar, so'rov xatlar, iltimos xatlar) 2 Javob xatni talab qilmaydigan xatlar(ilova xat, eslatma xat,tasdiq xat, axbarot xat, kafolat xat va boshqalar). Ushbu xatlar ma'lum bir maqsadda yoziladi: kafolat xatlarda-kafolatberish ifodalansa , ilova xatlarda-xatga ilova qilinayotgan hujjatlar haqida axborot beriladi.Biroq shunday xatlar borki aynan bir xat mazmunidaham kafolat berish ham iltimos, ham eslatish ma'nolari ifodalaniladi. Rasmiy xatlar bosma ish qog'ozlariga yoziladi. Xat agarda oddiy qog'ozga yozilsa uning chap tomonidagi yuqori burchagiga xat jo'nataytgan muassasa nomi ko'rsatilgan to'rtburchak muhr qo'yiladi. Har qanday rasmiy xati mantiqiy jihatdan o'zaro bog'liq uch qismdan iborat bo'ladi. Xatning birinchi (kirish) qismida, odatda xat bilan tegishli muassasaga murojaat qilishga majbur etuvchi asosiy sabab ko'rsatiladi. Ikkinchi qismida xatda qo'yilayotgan masalani hal qilish zarurligi dalillar asosida bayon qilinadi. Xatning uchinchi (xulosa) qismida esa xat yozishdan ko'zlangan asosiy maqsad ifodalaniladi. Qoidaga ko'ra xizmat xatlari bir betdan oshmasligi lozim. Xizmat xatlari ikki nusxada yoziladi va imzolanadi. Birinchi nusxa jo'natilib ikkinchi nusxa muassasaning o'zida saqlanadi. Xizmat xatlari matnidan so'ng xatga imzo chekuvchi rahbar lavozimining nomi aniq ko'rsatilishi kerak. Hujjat muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Xatda bayon qilingan masalalar bo'yicha javobgarlik bir necha shaxs zimmasiga yuklatilgan bo'lsa imzolar soni ikki va undan ortiq bo'lishi mumkin. Xizmat xatlari vazifasi va mazmuniga ko'ra bir necha turga bo'linadi. Hozir shulardan ayrimlari bilan tanishib o'tamiz. Xizmat xatlari quyidagi zaruriy qismlarni o'z ichiga oladi. 1.O'zR ger . 2.Muassasaning ramziy belgi(emblema)si. 3.Mukofotlar. 4.Vazirlik,boshqarma ismi. 5.Tashkilot nomi. 6.Bo’linma nomi. 7.Tasniflagich bo’yicha hujjatning xos raqami. 8.Muassasaning xos raqami. 9.Pochta telegraf adresi, bankdagi hisob-kitob raqami. 10.Sana. 11.shartli raqam(indeks). 12.Kelgan hujjat shartli raqami. 13.Hujjatning kelish sanasi. 14.Hujjat jo’natiladigan adres(xat oluvchi muassasaning nomi). 15.Munosabat belgisi(rezolutsiya). 16.Nazorat haqida belgi. 17.Matn sarlavhasi(xatning qisqacha mazmuni). 18.Matn. 19.Ilovalar haqida belgi. 20.Imzo. 21.Rozilik belgisi(viza). 22.Kelishuv haqida belgi. 23.bajaruvchi haqida belgi va uning telefon raqami. Axborot xat namunasi.
Shaxsiy xatlar-kishilar o’rtasidagi fikr mulohazalarni, ichki his tuyg’ularni, dard alam, hayotiy kechinmalarni bayon qilishda keng qo’llaniladi. Shaxsiy xatlar badiiy adabiyotlarda keng qo’llaniladi. Shaxsiy xatlar rasmiy xatlardan quyidagi belgilari bilan farq qilinadi. Rasmiy xatlarda zaruriy qismlari mavjud bo’ladi. Shaxsiy xatlar esa quyidagicha yoziladi.A.Qodiriyning “O’tgan kunlar” romanidagi Otabekning Mirzakarim qutidor yozgan ushbu xatini keltiramiz. Muxtaram qayn otamizga! Siz bilan meni qorong’u zindonlarga tushirib dor ostilarigacha toprtgan buning ila o’zining vaxshiyona tilagiga yeta olmagan keyin mrning tilimdan soxta taloq xati yozib darvoza yonidagi haydattirishiga muvaffaq bo’lgan va bir gunohsizniu shahid etgan Homid ismli bir to’ng’izni nihoyat ikki yillik sargardonlik so’ngida yordamchilari bilan tuproqqa qorishishga muvaffaq bo’ldim... Sizni shonli hovlingizni yonida voqe bo’lgan bu kurash albatta sizni va uy ichingiz ham yor do’stlaringizni anchagina tinchsizlikka qo’ygan bo’lsa kerak... Sizdan bu ulug’ gunohi uchun avf so’rab haydalgan o’g’lingiz- Otabek Yusufbek hoji o’g’li?? Xatdan ko’rinib turibdiki ikki yillik hijron azobini boshidan o’tkazgan qanchadan-qancha voqealar bayon etilgan. Bizga ma’lumki Navoiy davrida ham xatlarning o’rni juda katta bo’lgan. Navoiy Husayn Boyqaroga yozgan xatlarida, mamlakatni idora qilishning o’sha zamon uchun eng ajoyib va demogiratik usullarni tavsiya qiladi.Mazlumlarning arzu dodiga yetish, zolimlarni ish boshidan haydash, maktablar ochish, mamlakat iqtisodiyotini oyoqqa bostirish uchun savdo ishlarini rivojlantirish, poraxo’rlarga qattiq jazolar berish, fisq majlislarga hirs qo’ymaslik, qimorxona, ichkilikxonalarni yopishni talab qiladi. Navoyining shu xatlardan ba’zi namunalarni ko’raylik. “Erta bilan xaramdan chiqqach, devonda o’tirib dodhox surilsa dog’i dodhox surarda o’zlik bilan mashg’illik qilinsa, agar mazlumga birovdan zulm o’tgan bo’sa zolimlarga mujibu intihoh bo’lsa”. “Atrof- javonidan dog’i elning ariza doshti kelsa bor uzanur elni ko’p to’xtatilmasa. Har qaysisiga o’z holiga ko’ra iltifot qilinsa”. “Yana ulkim, Majlis qurib chag’ir icharga ko’p hirs ko’rsatilmasa”. “Ov va qushga mashg’ullik qilmoq ko’p bo’lmasa”. “Devonbeklarga hukm qilinsakim, har kun devonda o’tirib, musulmonlar ishini bitirsalar”.Bu kunki ishni tonglag’a qo’masala”. “Shaharni idora qilish ishiga yaxshi e’tibor qilinsa.Andohkim, sharobxona, baytullutf, qimorxona bularga o’xshash nomashru ishlarni man qilinsa”. Mustahkamlash uchun savollar. 1.Rasmiy va shaxsiy xatlar o’rtasida qanday farq bor. 2.Javob xatni talab qiluvchi xatlarga nimalar kiradi. 3.Ilova,tasdiq xat, eslatma xat, axborot xat qanday xat hisoblanadi. 4.Shaxsiy xat deganda nimani tushunasiz. 5.Siz shaxsiy xat yozganmisiz va qanday mavzuda.Misollar keltiring. 6.Badiiy adabiyotda uchragan shaxsiy xatlardan na’munalar keltiring. VII. Test savollari. 1.Sharqda nechanchi yildan boshlab hujjatlar bilan ishlash keng tarqalgan? a)V-VII asr b)VIII-IX s)X-XIX asr 2.XIX asr Qo’qon xonligida keng tarqalgan hujjatning nomini ko’rsating? a)ariza b)patta s)xususiy hujjat 3.Hujjatlarni o’zbek tilida yuritish haqidagi qonun qachon qabul qilindi? a)1991-yil b)1989-yil s) 1994-yil 4.Hujjatlar yaratilish o’rniga ko’ra qanday hujjatlarga bo’linadi? a)Murakkab hujjatlar b)xususiy hujjatlar s)ichki va tashqi hujjatlar. 5.Hujjatlar mazmuniga ko’ra nechaga bo’linadi? a)Ikki sodda va murakkab b) bir namunali s)bo’linmaydi. 6.Ish yuritishning tarixdagi dastlabki nomi. a)munshiy b)qolipli hujjat s)muhrdor 7.Xizmat arizalari bilan da’vo arizalari o’rtasida qanday farq bor? a)da’vo arizasida 4 chak muhrini bo’lmasligi bilan. b)Har ikkisida bor. S) Bosma ish qog’oziga yoziladi. 8.Bildirishnoma yo’nalishiga qarab nechaga bo’linadi? a) 3 ga b) 4 ga s)2 ga ichki va tashqi. 9.Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar qanchagacha muddatga saqlanadi? a)20 yil b)30 yil s) 40 yil 10.”Tavsiya qilaman”,”Ruxsat beraman” kabi iboralar qaysi hujjatga tegishli? a) dalolatnoma b)farmoyish s)hisobot. Aim.uz Download 18.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling