Daromad solig‘ining shedulyar shakli – Buyuk Britaniya soliq tizimida qabul qilingan. Daromadning manbaini inobatga olgan holda uning qismlarga (shedulyarga) bo‘linishini taqozo etadi. Har bir shedul o‘ziga manbai oldida “tutish”ni maqsad qilib qo‘yadi. Mamlakatda bu sohada olti shedul amal qilib, ularning ayrimlari Yana ichki taqsimlanishga ham egadir. Masalan, “A” shedul o‘z tarkibiga mulkdan olinadigan daromadlarni (yerga mulkchilikdan, bino va inshootlarga egalikdan, uy yoki xonani ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni), “V” shedul tijoriy maqsadlar uchun foydalaniladigan o‘rmon massivlaridan olinadigan daromadlarni, “S” shedul davlat qimmatbaho qog‘ozlaridan olinadigan daromadlarni, “D” shedul tijoriy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan daromadlarni (bu shedulning tarkibiga daromadlarning juda ko‘p turlari kirganligi uchun uning o‘zi yana olti qismga bo‘lingan), “E” shedul ish haqi, pensiya, nafaqa va boshqa mehnat daromadlarni va nihoyat, “F” shedul Buyuk Britaniya kompaniyalari tomonidan to‘lanadigan dividendlar va boshqa to‘lovlarni o‘z ichiga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |