2.3 Rivojlangan mamlakatlar pul-kredit siyosatining amaliy tahlili
AQSh Federal zaxira tizimi asosiy stavkani yillik 3,75−4% etib belgiladi. Bu oxirgi 40 yil ichida mamlakatda kuzatilayotgan rekord darajadagi inflyatsiyaga (8,2%) qarshi ta’sir chora sifatida qabul qilindi. AQSh Federal zaxira tizimi noyabr oyida o‘tkazgan yig‘ilishida asosiy stavkani 75 bazaviy punktga — yillik 3−3,25% dan 3,75−4% gacha oshirdi. Bu yil boshidan buyon oltinchi oshish bo‘lib, mamlakat tarixida kuzatilayotgan rekord darajadagi inflyatsiyaga javoban qabul qilindi. Pul-kredit siyosatini qat’iylashtirish orqali AQSh Federal rezerv tizimi o‘sib borayotgan inflyatsiyani ushlab turishga harakat qilmoqda. sentabr oyida mamlakatda iste’mol narxlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,2%ga oshdi. Bu garchi avgust oyidagi ko‘rsatkichdan past (8,3%) bo‘lsada, tahlilchilar prognoz qilgan (8,1%) darajadan yuqori bo‘lib qolmoqda. Asosiy inflyatsiya (oziq-ovqat va energiyadan tashqari tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘sishi 6,6% (kutilma 6,5%)ni tashkil etdi.
O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy va muqobal ssenariylarini taqdim etgandi. Unga ko‘ra, kelgusida AQSh Federal zaxira tizimi tomonidan pul-kredit siyosatining qat’iylashtirilishi dollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mustahkamlaydi. Asosiy stavkasining yanada tezroq oshishi mumkinligi haqidagi bayonotlari fonida dollar indeksining tezroq o‘sishi kutilmoqda. Yirik iqtisodiyotlarning markaziy banklari tomonidan iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan rag‘batlantiruvchi choralarning qisqa muddatda tugatilishi global foiz stavkalarining o‘sishiga olib keladi. Bu esa O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun tashqi bozorda qarz olish narxining oshishiga, oltin narxining pasayishi hisobiga eksport hajmi va budjet tushumlarining ma’lum darajada kamayishiga olib kelishi mumkin. Ma’lumot uchun, oktabr oyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda MB asosiy stavkasi 15% darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi.
6-jadval
AQSH Federal zaxira tizimi, Yevropa Markaziy bankining tayanch foiz stavkasining yillik darajasi va AQSH, “yevrohudud”da tijorat banklari qisqa muddatli kreditlarining yillik foiz stavkasi
Do'stlaringiz bilan baham: |