Rasulova iroda dilshod qizi
-rasm. О‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy rezervlar umumiy miqdori tо‘g‘risida ma’lumot. (2022-2023 yy.)
Download 0.89 Mb.
|
eng so\'ngi
1-rasm. О‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy rezervlar umumiy miqdori tо‘g‘risida ma’lumot. (2022-2023 yy.)30
Yuqoridagi rasmdan kо‘rinib turibdiki, depozitlarning muddatlari bо‘yicha majburiy rezerv normativlari qayta kо‘rib chiqilib, muddatlari 1 yildan 2 yilgacha, 2 yildan yuqori bо‘lgan depozitlar hamda boshqa majburiyatlar uchun ularning valyuta turiga qarab normativlari tabaqalashtirildi. Tijorat banklari likvidliligining salbiy tebranishlarga nisbatan о‘zgarishini о‘rganamiz. О‘zbekiston Rsepublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida monetar siyosatni takomillashtirish bо‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ana shunday tadbirlardan biri bо‘lib, Markaziy bankning majburiy zaxira siyosatining takomillashtirilganligi hisoblanadi. 2020-yilda bank tizimidagi likvidlikni samarali boshqarish salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida majburiy zaxiralash meyori va talablarini takomillashtirish nazarda tutilmoqda. Shu nuqtai nazardan, 2020-yilda tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy zaxiralarni shakllantirish bо‘yicha tartibni xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda qayta kо‘rib chiqildi. Ushbu takomillashtirilgan tartib 2019-yilning 23-oktabridan boshlab amaliyotga joriy etildi. Majburiy zaxiralash instrumentini takomillashtirishning ikkinchi bosqichida, 2021-yil 5-avgustdan boshlab: majburiy rezervlar faqat milliy valyutada shakllantirilishi joriy qilindi; majburiy rezervlar miqdoriga nisbatan о‘rtachalash koeffitsiyenti nol qilib belgilandi; yuridik va jismoniy shaxslarning depozitlari bо‘yicha meyorlari birxillashtirildi; yuridik shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari uchun majburiy zaxira meyori pasaytirildi; jismoniy shaxslarning chet el valyutasidagi depozitlari bо‘yicha majburiy zaxira meyorlari oshirildi. Mazkur о‘zgarishlar tijorat banklarining Markaziy bankda depozitga о‘tkaziladigan milliy valyutadagi majburiy rezervlar miqdoriga sezilarli ta’sir kо‘rsatmagan bо‘lsada, milliy valyutadagi depozitlar jozibadorligini oshirishga xizmat qildi. Bundan tashqari, majburiy zaxiralash faqat milliy valyutada shakllantirilishi bank tizimidagi likvidlilikni samarali boshqarishga imkon bermoqda. Shuningdek, xorijiy valyutadagi majburiyatlar uchun majburiy rezervlar normasining yuqori qilib о‘rnatilishi natijasida iqtisodiyotda devalvatsion bosim vujudga kelganda almashuv kursining oshishi hisobiga tijorat banklari majburiy zaxiraga kо‘proq mablag‘ о‘tkazishga majbur bо‘ladilar va bu, о‘z navbatida, devalvatsion bosim zanjirsimon tus olishining oldini olishga xizmat qiladi. Monetar siyosatni takomillashtirish borasidagi muhim tadbirlardan biri bо‘lib, davlat qimmatli qog‘ozlari muomalasining yо‘lga qо‘yilganligi hisoblanadi. 2019-yilning 27-fevral kuni О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda О‘zbekiston Respublikasi Valyuta birjasida muomala davri 12 oy bо‘lgan 1 mln. sо‘m nominal qiymatga ega bо‘lgan umumiy hajmi 40 mlrd sо‘m bо‘lgan 40 ming dona davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish bо‘yicha auksion savdolari о‘tkazildi. 2021-yil va 2022-yilning 10-oyida iqtisodiyotda shakllangan makroiqtisodiy holat hamda inflyatsiya va inflyatsion kutilmalarga ta’sir etuvchi omillar bо‘yicha tahlillar pul-kredit siyosatini uning barcha instrument va vositalaridan samarali foydalangan holda doimiy ravishda qat’iylashtirib borishni taqozo qildi. Bunda Markaziy bank tomonidan ichki narxlar о‘sishiga monetar omillar ta’sirini pasaytirish maqsadida pul-kredit siyosatining barcha bilvosita instrumentlari (majburiy zaxiralash, qayta moliyalashtirish stavkasi, intervensiya) keng va faol kо‘llanildi va Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi ikki marta oshirildi. Markaziy bank tomonidan 2022-yil uchun monetar siyosatning asosiy yо‘nalishlari ishlab chiqilganda asosiy savdo hamkor davlatlarda qulay tashqi iqtisodiy sharoitlarning saqlanib qolishi va makroiqtisodiy barqarorlikning yanada mustahkamlanib borishini, ma’muriy boshqariladigan narx va tariflarning keskin oshirilmasligini, umumlashtirilgan davlat byudjeti ijrosining muvozanatliligi ta’minlanishini, iqtisodiyotni kreditlash hamjlarining bir maromdagi о‘sishini hisobga olib inflyatsiya darajasining foizi bir xonali raqamga tushishi prognoz qilingan edi. Shuningdek, mazkur hujjat hamda birinchi va ikkinchi chorak yakunlari bо‘yicha pul-kredit siyosati sharhlarida inflyatsiya darajasining belgilangan prognoz kо‘rsatkichlaridan oshib ketishi va pul-kredit siyosati shartlarini qat’iylashtirish bо‘yicha risklarning mavjudligi kо‘rsatib о‘tilgan edi. Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining oshirilishi hamda sentabr oyida bank tizimidagi likvidlilikning о‘tgan sо‘nggi oylarga nisbatan kamayishi natijasida banklararo pul bozorida depozit foiz stavkalarida "jonlanish" kuzatildi. Hisob-kitoblarga kо‘ra, almashuv kursi о‘zgarishining inflyatsiya darajasiga yig‘ma ta’siri еtti chorakkacha davom etadi hamda uning eng yuqori nuqtasi ikkinchi va tо‘rtinchi choraklar oralig‘iga tо‘g‘ri keladi. Iqtisodiyotda davlat resurslari hisobidan kreditlash hajmlarining yuqori sur’atlarda о‘sishi ham iqtisodiyotda iste’mol va investitsion talablarning oshishiga olib keldi. Narxlarni liberallashtirish doirasida davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlarning kutilgan darajadan yuqoriroq oshirilishi bо‘yicha Hukumat pozitsiyasi aniqlasha boshladi hamda elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflarining bozor narxlariga moslashtirilishi prognoz qilindi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling