Rasulova iroda dilshod qizi
-rasm. Banklararo pul bozorida Mbning qayta moliyalash stavkasi, banklararo depozit foiz stavkalari haqida ma’lumot (2022-2023-y.)
Download 0.89 Mb.
|
eng so\'ngi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-rasm. “Moskva” Fond birjasining qimmatli qog‘ozlar bilan REPO operatsiyalari hajmi. (2022-2023 yy., mln.rubl) 32
- 4-rasm. Rossiya iqtisodiyotida REPO hamda inflyatsiya kо‘rsatkichlarining о‘zgarishi haqida ma’lumot (2020-2023 yy, foizda) 34
2-rasm. Banklararo pul bozorida Mbning qayta moliyalash stavkasi, banklararo depozit foiz stavkalari haqida ma’lumot (2022-2023-y.)31
Rasmdan kо‘rinib turibdiki, Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining banklararo pul bozoridagi foiz stavkalari dinamikasiga ta’siri nisbatan kuchayganligini kо‘zga tashlanadi. Xususan, mazkur tendensiya sentabr oyi oxiridan boshlab foiz stavkalarining kunlik о‘zgarishida yaqqol namoyon bо‘lgan. Yil davomida banklararo pul bozorida foiz stavkalari tebranuvchan bо‘lishiga qaramasdan, ushbu foizlar Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi darajasiga yaqin darajada shakllandi. Bu esa, о‘z navbatida, pul-kredit siyosati transmission mexanizmining foiz kanali ta’sirchanligi nisbatan oshganligidan dalolat beradi. 2023-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bо‘yicha aholi va tadbirkorlik subyektlari qisqa muddatli inflyatsion kutilmalarining pasayishi bilan bir qatorda uzoq muddatli kutilmalarning barqarorlashuvi qayd etilgan bо‘lsa-da, yilning ikkinchi yarmida tashqi sektordagi holat va uning ta’sirida ichki bozordagi о‘zgarishlar natijasida qisqa va uzoq muddatli kutilmalarning о‘sishi kuzatildi. Byudjet xarajatlarining rejalashtirilgan kо‘rsatkichlardan yuqori bо‘lishi va umumlashtirilgan davlat byudjetining muvozanatli ijrosini taminlash bо‘yicha xatarlar ortib bordi. Hisob-kitoblarga kо‘ra, almashuv kursi о‘zgarishining inflyatsiya darajasiga yig‘ma ta’siri еtti chorakkacha davom etadi hamda uning eng yuqori nuqtasi ikkinchi va tо‘rtinchi choraklar oralig‘iga tо‘g‘ri keladi. Iqtisodiyotda davlat resurslari hisobidan kreditlash hajmlarining yuqori sur’atlarda о‘sishi ham iqtisodiyotda iste’mol va investitsion talablarning oshishiga olib keldi. Narxlarni liberallashtirish doirasida davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlarning kutilgan darajadan yuqoriroq oshirilishi bо‘yicha Hukumat pozitsiyasi aniqlasha boshladi hamda elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflarining bozor narxlariga moslashtirilishi prognoz qilindi. Byudjet xarajatlarining rejalashtirilgan kо‘rsatkichlardan yuqori bо‘lishi va umumlashtirilgan davlat byudjetining muvozanatli ijrosini taminlash bо‘yicha xatarlar ortib bordi. 2023-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bо‘yicha aholi va tadbirkorlik subyektlari qisqa muddatli inflyatsion kutilmalarining pasayishi bilan bir qatorda uzoq muddatli kutilmalarning barqarorlashuvi qayd etilgan bо‘lsa-da, yilning ikkinchi yarmida tashqi sektordagi holat va uning ta’sirida ichki bozordagi о‘zgarishlar natijasida qisqa va uzoq muddatli kutilmalarning о‘sishi kuzatildi. Ma’lumki, mamlakatimizda bugungi kunda olib borilayotgan tub islohotlar barcha sohalarni qamrab olganki ulardagi о‘zgarishlar yurtimiz taraqqiyoti va xalq farovonligiga еtaklamoqda. Xususan, rivojlangan bozor iqtisodiyotini qurmoqchi ekanmiz, bozor mexanizmlarining barchasidan jumladan, fond bozor imkoniyatlaridan unumli foydalanishimiz zarur bо‘ladi. Bunda tijorat banklari zamonaviy bozor imkoniyatlaridan ya’ni qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatlaridan ham foydalanib daromad olish yо‘nalishlarini kengaytirishlari muhim sanaladi. Zero, hukumatimiz tomonidan berilayotgan alohida e’tibor fikrimizning yaqqol isbotidir. Kreditlash jarayonida kredit portfeli muhim masala hisoblanadi. Kredit portfelini optimallashtirish portfel riskini kamaytirishdir. Optimal tanlov banklar rentabelligini oshiradi va bankdagi muddati о‘tgan qarzlarning ulushini kamaytirish uchun xizmat qiladi. 3-rasm. “Moskva” Fond birjasining qimmatli qog‘ozlar bilan REPO operatsiyalari hajmi. (2022-2023 yy., mln.rubl)32 Rasm ma’lumotlaridan kо‘rinadiki, Moskvaning Fond birjasining qimmatli qog‘ozlar bilan REPO operatsiyalari hajmi 2022-2023-yillarda о‘sish tendensiyasiga ega bо‘lgan. REPO operatsiyasining rivojlanishiga iqtisodiyotda inflyatsiya kо‘rsatkichlarining о‘zgarishi ham bevosida bog‘liq, REPO foiz stavkalarining inflyatsiyadan yuqori bо‘lishi banklarning fond bozoridagi ishtirokini ham rag‘batlantiradi. . Bank kredit portfelini optimallashtirishning umumlashgan usullari quyidagicha: О‘rganilayotgan tarmoqlar rо‘yxatini aniqlash; Xо‘jalik yurituvchi subektlar bankrot bо‘lish ehtimoli, moliyaviy barqarorlik va rentabelligini aniqlash; Muddati о‘tgan hisob-kitoblarning bajarilish darajasini prognozlashtirish; Stavkalar bо‘yicha tо‘g‘ri tanlovni amalga oshirish va boshqalar33 Umaman olganda REPO (repurchase agreement, repo) atamasi dastlab AQSH FZT tomonidan 1917-yilda banklarga nisbatan qо‘llanilgan. Bugungi kunda uning “overnayt”, “qisqa muddatli” va “muddatsiz” turlari mavjud. 4-rasm. Rossiya iqtisodiyotida REPO hamda inflyatsiya kо‘rsatkichlarining о‘zgarishi haqida ma’lumot (2020-2023 yy, foizda)34 Rasm ma’lumotlaridan kо‘rinib turibdiki, Rossiya iqtisodiyotida REPO hamda inflyatsiya kо‘rsatkichlarining о‘zgarishidagi tendensiya, REPO operatsiyasi foizining oshishiga olib kelgan. Rossiyada o’tgan yilga qadar REPO operatsiyalari foiz stavkalari inflatsiya foiz stavkalaridan yuqori ekanligini ko’rishimiz mumkin. Ammo joriy yilga kelib inflatsiya darajasi keskin oshganligining hisobiga bu tendensiya buzilishiga olib kelgan. Mamlakatimiz qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanish tarixiga nazar solar ekanmiz, qancha sayi harakatlarga qaramasdan YAIMda fond bozorining ulushi nihoyatda kichikligicha qolmoqda. Banklarning fond bozoridagi investitsion jarayonlardagi ishtiroki esa bozor aylanmasining 0,1 foizga еtmasligi achinarli holdir. Fond bozori rivojida banklarning REPO operatsiyalari muhim moliyaviy instrumentlardan biriki, undan foydalanish bozor ishtirokchilari, ya’ni sotuvchi va xaridorlar uchun manfaatli bitim hisoblanadi. REPO bitimi – Bu qimmatli qog‘ozlarni qaytarib sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling