Ratsionalizatorlik va ixtiroga xujjatlar tayyorlashni tahlil qilish reja


Download 74.81 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi74.81 Kb.
#1577433
Bog'liq
Ratsionalizatorlik

RATSIONALIZATORLIK VA IXTIROGA

XUJJATLAR TAYYORLASHNI

TAHLIL QILISH

Reja:

  • 1. Ixtiro tushunchasi, uning kashfiyotdan farqi.
  • 2. Kashfiyot va ihtirolarning ilmiy- texnik taraqqiyotga ta’siri.
  • 3. Ratsionalizatorlik haqida

Ixtiro tushunchasi, uning kashfiyotdan farqi.

  • Ixtiro - bu halq xo‘jaligida, ijtimoiy - madaniy qurilish hamda mudofaada texnik masalalarni echishda yangi va butunlay farq qiladigan, katta foyda beradigan texnik echimlardir.
  • Ixtiro bilan kashfiyotning farqi shundaki, kashfiyot dunyoning hossalari va qonunlarini o‘rnatadi, ixtiro esa oldindan ma’lumot bo‘lmagan texnik echimlarni yaratilishidir.
  • Ixtiro bilan kashfiyot o‘rtasida dialektik aloqadorlik mavjud. CHunki ixtiro kashfiyot orqali olingan ilmiy bilimlar natijasida qilinadi. SHunday qilib kashfiyot o‘z ichiga bir necha ixtirolarni olishi mumkin.

Ixtiro tan olinishi

  • Ixtiro tan olinishi uchun taklifda biror texnik masalaning echimi bo‘lishi shart. SHu bilan birga u yangi va oldindan ma’lum bo‘lgan texnik echimdan farq kilib, ko‘proq foyda keltirishi zarur. Ixtironing obektlari bo‘lib yangi qurilma, yangi metod, yangi buyum yoki narsa, oldindan ma’lum bo‘lmagan qurilma, metod va buyumlarni yangi maqsadlarda foydalanishi xizmat qiladi.
  • Qurilmalarga: agregatlar, mashinalar, mexanizmlar, asboblar, priborlar va boshqalar kiradi.
  • Metodlarga: texnik jarayonlar, zagotovka olish turlari, tekshiruv va sinov turlari, montaj hamda yig‘uv turlari va boshqalar kiradi.Narsa yoki buyum: kimyoviy tuzilmalar bo‘lib, ixtironing obekti bo‘lib hisoblanadi.

Qishloq xo‘jaligidagi yutuqlar (masalan seleksiyada) ham ixtiro deb tan olinadi. YAngi navlarning yaratilishi, yangi zotlarning yaratilishi, qushlarning va hayvonlarning yangi turlarini paydo bo‘lishi.

  • Qishloq xo‘jaligidagi yutuqlar (masalan seleksiyada) ham ixtiro deb tan olinadi. YAngi navlarning yaratilishi, yangi zotlarning yaratilishi, qushlarning va hayvonlarning yangi turlarini paydo bo‘lishi.
  • Ixtiro ham kashfiyot singari dunyoviy yangilik bo‘lmog‘i kerak, ya’ni ixtiro to‘g‘risidagi ariza berilgunga qadar u haqda xech qaerda e’lon qilinmasligi kerak. CHunki ixtiroga bitta haqiqiy guvoxnoma beriladi. Agar bitta ixtiro uchun bir nechta ariza berilgan bulsa, u holda ixtiro birinchi bo‘lib ariza bergan ixtirochiga tegishli bo‘ladi.

Ixtiro patenti

  • Ixtiro patenti ixtironing yangiligini, ixtirochilik darajasini, patentning xaqiqiyligi va patent egasining ixtiroga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutloc xuquqini tasdiclaydi.
  • Ixtiro patenti, dastlabki patenti va foydali model guvohnomasi bilan ta’minlanadigan xucuciy muhofaza xajmi ularning formulasi bilan, sanoat namunasi patenti va dastlabki patenti bilan ta’minlanadigan xucuciy muhofaza hajmi esa buyum (maket, rasm)ning fotosuratlarida aks ettirilgan muhim alomatlari majmui yoki ularning kombinatsiyasi (matnda bundan keyin muhim alomatlar majmui deb yuritiladi) bilan belgilanadi.

Ratsionalizatorlik

Ratsionalizatorlik — texnika vositalari, i.ch. texnologiyasi, mashina detallari, tayyor mahsulot va boshqalarni takomillashtirishga doir yangi texnik yechimlar hamda takliflarni ishlab chiqish bilan shugʻullanish. R.ning ixtirochilikdan farqi (qarang Ixtiro) shundaki, u muayyan ishlab chiqarish, korxona bilan, bironbir texnologiya, mashina va qurilmaga yangilik kiritish bilan bogʻliq boʻladi. R. aniq bir mashina, texnologik jarayon, detal va boshqalarni takomillashtirishga, ish unumdorligini oshirishga, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini yaxshilashga qaratiladi.

Masalan, paxta terish mashinasining asosiy paxta terish organi — shpindelini takomillashtirishga doir taklif R. taklifi hisoblanadi. R. taklifi berish shartlari, uni muhofaza qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1994-yil qabul qilingan qonunda belgilab qoʻyilgan. R. uchun guvohnoma berish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi

Masalan, paxta terish mashinasining asosiy paxta terish organi — shpindelini takomillashtirishga doir taklif R. taklifi hisoblanadi. R. taklifi berish shartlari, uni muhofaza qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1994-yil qabul qilingan qonunda belgilab qoʻyilgan. R. uchun guvohnoma berish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi


Ratsionalizatorlik
Download 74.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling