Raupov Oxunjonning “Fizika ta’limi texnologiyasi va tarixi” fanidan Kurs ishi Mavzu


Download 381.5 Kb.
bet4/12
Sana26.01.2023
Hajmi381.5 Kb.
#1124369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Raupov Oxunjonning “Fizika ta’limi texnologiyasi va tarixi” fani

Solenoidning magnit maydoni. Solenoid deb, juda ko‘p sondagi bir-biriga zich qilib o‘ralgan tokli o‘tkazgichlardan iborat bo‘lgan silindrik g‘altakka aytiladi. Solenoidni bir xil radiusli ketma-ket ulangan aylanma toklar sistemasi deb ham qarash mumkin.

7-rasm
Solenoiddan tok o‘tganda hosil bo‘lgan magnit maydoni (8-rasm) rasmda ko‘rsatilgan. Biz to‘la tok mavzusida bu temaga yana qaytamiz, shuning uchun uning maydonini hisoblashni xozir batafsil qarab o‘tirmaymiz, sababi solenoidning magnit maydoni induksiyasi va kuchlanganligini Bio-Savar -Laplas qonuni orqali hisoblash ancha murakkabdir. Bio-Savar-Laplas qonunidan foydalanib solenoid ichidagi magnit maydon induksiyasini toppish formulasini keltiramiz. Solenoid uzunligi uning diametridan juda katta bo‘lgan holda solenoid ichidagi yoki o‘qidagi nuqtadagi magnit maydon induksiyasi quyidagiga teng:
(16)
Bu yerda I – g‘altakdagi tok kuchi, l – g‘altak uzunligi, N – o‘ramlar soni, - g‘altak uzunligiga to‘g‘ri keluvchi o‘ramlar soni.
Magnit maydon kuchlanganligini hisoblashning juda ko‘p usullari mavjud. Masalan, vektor potensial usuli, to‘la tok usuli, Gauss usuli va hakozo. Bu usullardan biz tegishli joylarda foydalanamiz.

Harakatdagi bitta elektr zaryadining magnit maydoni. Bio- Savar Laplas qonunining formulasidan tekis harakat qilayotgan zaryadning magnit maydonini aniqlash mumkin. Il ni jSl ko‘rinishda yozish mumkin. Agar j=en ekanini hisobga olsak:
Il=enSl=eN (17)
Bu yerda N=nSl - l qismda harakat qilayotgan zaryadlarning to‘la soni. Agar zapryad bitta bo‘lsa, N=1 bo‘ladi u vaqtda I=e ga teng bo‘ladi, buni Bio- Savar qonuniga quysak  doimiy tezlik bilan harakat qilayotgan bitta zaryadning maydon induksiyasi quyidagiga teng bo‘ladi:
dB=0qdn[Vr]/4r3 (18)
Bu yerda r- zaryad joylashgan nuqtadan maydon kuzatilayotgan nuqtaga o‘tkazilgan radius vektordir. Qo‘zg‘almas zaryadning elektrostatik maydoni elektrostatikadan ma’lumki: E=qr/r2 Bu zaryad v tezlik bilan harakat qilganda ham uning hosil qilgan magnit maydoni quyidagi formula bilan ifodalanadi:
H=e[Vr]/cr3


Download 381.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling