Raupov Oxunjonning “Fizika ta’limi texnologiyasi va tarixi” fanidan Kurs ishi Mavzu


Magnit maydonining tokli o‘tkazgichga ta’siri


Download 381.5 Kb.
bet6/12
Sana26.01.2023
Hajmi381.5 Kb.
#1124369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Raupov Oxunjonning “Fizika ta’limi texnologiyasi va tarixi” fani

Magnit maydonining tokli o‘tkazgichga ta’siri. Endi magnit maydonining yopiq tokli konturga ta’sirini o‘rganamiz. Bir jinsli magnit maydoniga joylashtirilgan ACDE tokli ramkaga ta’sir etuvchi kuchni hisoblaymiz. Ramka tomonlari AC=DE=a va CD=EA=b undagi tok kuchi I va ramka shunday yo‘nalganki, AC va DE tomonlari magnit induksiya chiziqlariga perpendikulyardir. Ramkaning magnit moment vektori P magnit maydon induksiyasi vektori bilan  burchak hosil qiladi (11.2-rasm)
Ramka tomonlariga ta’sir qilayotgan kuchlarni (20) bilan aniqlaymiz. Ramka tomonlariga ta’sir qilayotgan kuchlarning yo‘nalishini hisobga olsak, uning absolyut kattaliklari mos ravishda quyidagiga teng:
FAC= FDE= IaBsin/2=IaB
FCD= IbBsin(/2-)=IbBcos (21)
FEA =IaBsin(/2+)= IbBcos=FCD
Bularning yo‘nalishi 9-rasmda ko‘rsatilgan
9-rasm
Shuni qayd etamizki, yig‘indi kuch nolga teng, chunki kuchlar kattaligi jihatdan teng va yo‘nalishi jihatdan qarama-qarshidir:
FAC+ FDE+ FDC+ FEA=0
Demak, ramkaning massa markazi qo‘zg‘almas bo‘lib qoladi, agar u dastlab qo‘zg‘almas bo‘lgan bo‘lsa. Endi O1 O2 o‘qqa nisbatan kuch momentini hisoblaymiz. (Ramka tomonlari AC va DE ga parallel o‘tgan o‘qqa nisbatan) MAC, MDE, MCD va MEA larning absolyut qiymatlarini M=Fd formulaga asosan hisoblaymiz, bu yerda F-kuchning tekislikka perpendikulyar bo‘lgan o‘qqa proyeksiyasi, d-uning yelkasi. FCD va FEA kuchlar o‘q bo‘ylab yo‘nalgani uchun uning perpendikulyar proyeksiyalari nolga teng bo‘ladi, MCD= MEA=0 va FAC hamda FDE kuchlar o‘qqa perpendikulyar bo‘lgan tekislikda yotadi. Ular bir xil absolyut kattalikka (21) ega bo‘ladi va yelkalari d= bsin/2 (9b-rasm). Shuning uchun MAC=MDE=IaB bsin/2. Bu momentlar bir xil yo‘nalishda ta’sir qiladi (9-rasm, ikkala moment ramkani soat strelkasiga teskari yo‘nalishda aylantiradi). Yig‘indi momentning absolyut qiymati ular momentlar absolyut qiymatlari yig‘indisiga teng:
M=MAC +MDE=2MAC= IabBbsin (22)
a*b=S bo‘lgani uchun, S -ramka yuzasi, I*S=P ramkaning magnit momenti u vaqtda M=PB sin.
Kuch momentini vektor shaklda yozsak:

Download 381.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling