239
keltirishlari mumkin. Ammo ko’pincha bunday
takliflar ortida moliyaviy
piramidalar, ko’p tarmoqli fiktiv marketing tizimlari yoki pul yig’ib olishga
mo’ljallangan bir kunlik saytlar turadi. Bunday saytlarning boshqalaridan asosiy
farqlari bergan savollaringizga
chala-chulpa javoblar berish, tekin xostinglarda
turish va olinadigan foizlarning juda xam katta bo’lishi va huddi shuning uchun
xam ishonchga sazovor emasligidir.
Internet lotoreyada juda katta pul yutganlik xaqidagi firibgarlik
Ko’pchilik insonlar g’oyibdan katta pul kelishini
yoki lotoreyadan katta
miqdordagi pul yutib olishni orzu qilishadi. Firibgarlar xuddi shu orzuga osongina
erishishni va’da qilib, sizning oxirgi pulingizni ham shilib oliga xarakat qilishadi.
Bunda sizning elektron pochtangizga xat kelib, sizni katta xalqaro loyixa yoki
internet resurslar doirasida o’tkazilgan o’yinda juda katta miqdordagi yutuq egasi
bo’lganligingizni bildirishadi. Yutug’ingiz
esa chiroyli qilib, ko’p miqdordagi
nollar vositasida ko’rsatiladi. Pulingizni olishingiz uchun esa sizdan bir qancha
xujjatlar so’raladi. Siz bu xujjatlarni jo’natganingizdan sung,
endi pulni sizning
nomingizga notarius orqali o’tkazish masalasi qo’yiladi va ushbu notariusning
elektron pochta manzili va sayti ko’rsatiladi. Siz noturius bilan aloqa qilganingizda
u xam sizdan bir qancha ma’lumotlarni junatishingizni so’raydi. Undan so’ng sizga
minnatdorchilik bildirib, pul jo’natilishga tayyor va sizdan pulni xavfsiz jo’natish
uchun sug’urta qilish so’raladi. Keyin sizdan sug’urta summasini qandaydir to’lov
tizimi, masalan
Webmoneyorqali jo’natishingiz taklif qilinadi.
Xuddi shu pul
firibgarlar uchun sizning sovgangiz bo’ladi va endi siz o’z pulimdan ajraldim
deyishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: