Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Bitflip (BitFlip) deb nomlanadi va unda bitkoinlarni webmaniga sotib olish 
mumkin. Quyida ushbu birjada qanday qilib ishlash amaliyoti tavsif etiladi. 
1. Bitflip birjasida registratsiya qilinish uchun uchta maydonni to’ldirish kerak 
bo’ladi: foydalanuvchi nomi, elektron pochtasi va paroli. Shundan so’ng 
Registratsiya” tugmachasi bosiladi. Shundan so’nggina o’z akkauntingizga 
kirasiz. Quyidagi tasvirda o’sha maydonlar aks ettirilgan: 
6. 
Bitflipda hisob raqamini to’ldirish uchun asosiy sahifaning o’ng yuqori 
burchagidagi “Moi koshelki” deb nomlangan tugmachani turtish kerak. 
Shundan so’ng ekranda bir qancha hamyonlardan iborat sahifa ochiladi. 
Bulardan to’rttasi USD,EUR, RUB va YAN valyuta hamyonlari bo’lib, 15 
tasi esa kriptovalyutalar hamyonlaridir (BTC (bitkoin), THB, LTC 


303 
(laytkoin), ETH (efirium), XRP (ripple), DASH (dash), DOGE, BCH 
(bitcash), FLIP, R, RMC, BTG, XRB (reybloks), TRX (tron)FOOD).
7. 
Bitflip birjasida webmaniga, dollarga, evroga va rublga kriptovalyuta sotib 
olish mumkin. 
Binancebirjasi ham zamonaviy kriptovalyuta savdo maydoni hisoblanadi va u 
orqali foydalanuvchilar qulay va havfsiz ravishda raqamli valyutalar sotib olishlari 
va ularni boshqalariga almashtirishlari mumkin. Shanxayda joylashgan bu birja 
2017 yilda ishga tushgan bo’lib, juda ko’p miqdordagi mijozlarga ega va ancha 
ommabop hisoblanadi. Savdo hajmi bo’yicha bu birja top 14 ta birjalardan biri 
hisoblanadi. Uning yana bir asosiy faoliyat doiralaridan biri blokcheyn aktivlaridir. 
Birjani ilgari OKCoin, Blockchain.info va Bloomberg kompaniyalarida yuqori 
mansablarda ishlagan inson Chjao boshqaradi. Hozirgi kunda Binance birjasi 
savdo oboroti bo’yicha dunyoda beshinchi o’rinni egallaydi (sutkasiga 0,6 milliard 
dollar). Birjada akkaunt hosil qilish uchun saytga kirish va registratsiya formasini 
ochib, unga emailni, parolni va kaptchani (tasvirli simvollarni) ikki bosqichda 
kiritish kerak bo’ladi. Ko’rsatilgan pochta qutisini tasdiqlash uchun unga 
yuborilgan xatdagi ilovaga o’tiladi. Shu xarakatlardan so’ng, akkaunt hosil bo’ladi 
va shundan keyin avtorizatsiyaga o’tish mumkin bo’ladi. Verifikatsiya qilish 
jarayoni uch qadamdan iborat bo’ladi. Birinchi qadamda emailni tasdiqlashdan 
o’tasiz va endi tizimdan kuniga 2 bitkoindan ortig’ini chiqara olmaysiz. Ikkinchi 
qadamda “shaxsni tekshirishni tugallash”bo’limini turtish kerak bo’ladi. Buning 
uchun esa telefon raqamini tasdiqlash lozim bo’ladi. Buni amalga oshirish uchun 
bir qancha xujjatlar talab qilinadi. Agarda bu qadamni tugallasangiz, endi tizimdan 
kuniga 100 tagacha bitkoin chiqara olasiz. Agarda uchinchi qadamni ham amalga 
oshirish kerak bo’lib qolsa, u xolda texnik yordam hizmatiga murojaat qilish kerak 
bo’ladi.Binance da fiat vositalar bilan hisob raqamini to’ldirish ko’zda tutilmagan. 
Hisobni to’ldirish uchun eng oldin Bitkoin yoki Efir sotib olish lozim. Shundan 
so’ng sotib olingan kriptovalyutangizni Binancedagi hisob raqamiga kiritasiz. 
Hisob raqamini to’ldirish uchun kursorni “aktiv”ga keltirib, so’ngra “Balans” 
tugmachasi bosiladi. Shundan so’ng siz ishlay olish mumkin bo’lgan valyutalarni 


304 
ko’rasiz va “Depozittugmachasini turtib, kerakli vositani kiritishingiz mumkin. 
Xozirgi kunga 44 valyuta bilan ishlay olish mumkin. Savdoni amalga oshirish 
uchun “Savdo markazi” ga o’tiladi va undagi savdo juftlari tanlanganida grafik va 
order savatchasi paydo bo’ladi. Agarda bu yerdan kerakli juftlikni topa 
olmasangiz, u xolda More tugmachasini bosib, ruyhatdan keraklisini tanlab olasiz. 
Hozirgi kunda orderlarning ikki variant -Limit va Market dan foydalanish mumkin. 
Agarda birinchi variantni tanlasangiz, boshlang’ich narxni va kriptovalyutalar 
sonini aniqlab, sotuv yoki xarid tugmachasini bosasiz. Birja komissiyasi savdo 
hajmining 0,1% ni tashkil qiladi.
HitBTCbirjasi olti million dollar boshlang’ich kapital bilan 2013 yilda 
Estoniya dasturchilari tomonidan tashkil etilgan bo’lib, u yangi ish boshlaganlar 
uchun ham, malakali treyderlar uchun ham juda qulay. Unda 330 ta valyuta 
juftliklari bilan savdo qilish mumkin va hozirgi kunda uning savdo oboroti salkam 
500 million AQSH dollarini tashkil qiladi. Birjada akkaunt ochish uchun 
foydalanuvchi o’z elektron pochtasini ko’rsatib, minimum olti simvoldan iborat 
bo’lgan parol o’ylab topishi kerak bo’ladi. Bu ma’lumotlarni kiritganingizdan 
so’ng, pochtangizga akkaunt aktivatsiya qilingani haqidagi ma’lumot keladi. 
Akkauntni verifikatsiya qilish uchun quyidagi ma’lumotlarni kiritish kerak bo’ladi:

Ismi-sharifi 

Qaysi mamlakatda yashaydi 

Tug’ilgan sanasi 

Manzili 

Bank rekvizitlari 

Shaxisni tasdiqlovchi hujjatlar skanlari 
Birjadagi hisob raqamidan pullarni chiqarish va pul qo’yish uchun quyidagi 
usullardan foydalsnish mumkin: 
Asosiy valyutalardan (Bitcoin, Ethereum, Dash, Litekoin va boshqalar) 
Dollarlardagi SWIFT-to’lovlardan 
Evrodagi SEPA-to’lovlardan 


305 
Ammo yevro bilan ishlash birja saytida keltirilgan ruyhatdagi mamlakatlar 
uchungina ruhsat etiladi. Shaxsiy hisob raqamidagi pul vositalarini almashtirishni 
boshlash uchun “Exchange” bo’limiga o’tish kerak bo’ladi. HitBTC ko’pgina 
valyutalar bilan pul operatsiyalari amalga oshirishga imkon beradi. Ularning ichida 
eng 
aktuallari 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling