Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Veb-mani 
(WebMoney) 
va 
Kivi-hamyonni 
(Qiwi)keltirishimiz mumkin. Ko‘pchilik virtual valyutalar, kriptovalyutalar va 
blokcheyn atamalarini adashtirib yuboradi va ularnisinonim sifatida qo‘llaydi, 
lekin bu faqat birinchi – bitkoin uchun to‘g‘ridir. Gap shundaki, blokcheyn 
texnologiyasi maxsus Bitkoin uchun ishlab chiqilgan va ma’lum vaqt davomida 
boshqa hech qaerda qo‘llanilmagan, hozir esa holat bunday emas. Blokcheyn 
texnologiyasi asosida bitkoin kriptovalyutasi ixtiro qilingan va uni emissiya qilish 
boshlangan. Blokcheyndan pul nominali nuqtai-nazaridan emas, balki davlat 
reestrlari yuritish sohasida foydalanish umuman boshqa gap. Davlat sektorida 
blokli zanjirlar bilan amalga oshiriladigan tajribalar butun dunyo bo‘ylab tarqalib 
bormoqda. AQSHda sog‘liqni saqlash tizimi va boshqa bir qator tarmoqlarda, 
Shvetsiyada mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishda, Buyuk Britaniyada pensiya 
ta’minoti sohasida ham aynan shu yo‘lni, ya’ni blokcheyndan foydalanishni 


33 
tanlagan.Bunday loyihalarda davlatning risklari kriptovalyutalar yaratish bilan 
taqqoslaganda, ancha pastroq darajada bo‘ladi. Shu bilan birga, ulardan olinadigan 
ijtimoiy samara, raqamli va oddiy iqtisodiyotga qo‘shiladigan hissa yuqori bo‘ladi. 
Masalan, hisob-kitoblarga ko‘ra, faqat AQSHning o‘zida mulk huqiqini ro‘yxatdan 
o‘tkazish sohasida blokcheyn joriy qilish yiliga 2-4 mlrd dollar tejashga imkon 
bergan bo‘lardi. Bunda tejamkorlik operatsiyalar tezlashuvi bilan, demak, tijorat 
sektorinnig rivojlanishi bilan birga kuzatiladi.Blokcheyntexnologiyasitobora 
ko‘proq quyidagi sohalarda qo‘llanilmoqda: mualliflik huquqi, saylovchilar 
ovozini hisoblash, tashabbus kraudfandingi, ijtimoiy obru-e’tibor, sug‘urta, 
reklama, stavkalar va boshqa bir qancha sohalar bunga misol bo’lishi mumkin. 
Foydalaniladigan texnologiyalar vaalgoritmlar mohiyatiga kirishib o‘tirmasdan, 
quyida blokcheyn texnologiyasining boshqalaridan ajralib turadigan asosiy 
xusuyatlarini sanab o‘tamiz: 
ma’lumotlar ko‘p marta takrorlangan bo‘lib, barcha qatnashchilar 
tomonidan yaratilgan va qo‘llab-quvvatlanadigan taqsimlangan tarmoqda 
saqlanadi, bu esa uni buzishni yoki o’zgartirishni amalga oshirishni imkonsiz qilib 
qo‘yadi; 
har bir qayd qilingan axborot o‘z tarixiga ega bo‘lib, bu axborotning kelib 
chiqishi va uning haqiqiyligini tekshirishga imkon beradi; 
ma’lumotlar to‘plamini tuzish xususiyatlari uni xakerlar hujumlariga yoki 
g‘ayri qonuniy harakatlarga nisbatan chidamli qilib qo‘yadi. 
Blokcheyn 
texnologiyasining 
sanab 
o‘tilgan 
xususiyatlari 
kriptovalyutalarning asosiy xususiyati–ishonchlilikni ta’minlab beradi, ya’ni: 
1. qalbakilashtirish imkonsizligi; 
2. o‘g‘irlash imkonsizligi. 
3. umumiy emissiya markazi yo‘qligi; 
4. ochiq dasturiykod mavjudligi; 
5. tashqi tartibga solish yo‘qligi (dasturiy kodga kiritilganidan tashqari); 
6. transchegaraviylik mavjudligi. 
Ishonchlilikdan tashqari, kriptovalyutalar foydalanuvchilarni foydalanish 


34 
qulayligi va tranzaksiya harajatlari minimalligi bilan ham o’ziga jalb qiladi. 
Bitkoin (yoki boshqa har qanday kriptovalyuta) qiymati maxsus birjalarda 
(kriptobirjayoki virtual valyutalar birjasida)bozor talab va taklifi asosida 
belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, ko‘plab virtual valyutalar moddiy 
ta’minotga ega emas, balki ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi.Ta’kidlash joizki, 
valyutalar, obligatsiyalar, aktsiyalar, veksellar va boshqa shu kabimoliyaviy 
vositalarning mutlaq ko‘pchiligi ham ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi va 
to‘liq moddiy ta’mniotga ega bo‘lmaydi. Biroq, agar klassik valyuta qiymati 
asosan uni emissiya qiladigan mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy va siyosiy 
tarkibiy qismlariga bog‘liq bo‘lsa, kriptovalyutalar qiymati faqat foydalanuvchilar 
kutadgan natijalar bilan belgilanadi. 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling