Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Bloomchain ning boshqa ishtirokchilari ham banklar ichida byurokratiyaning juda 
yuqori darajada ekanligini va bu xolat tashqi innovatsion kompaniyalar bilan 
ishlashni ancha murakkablashtirishini bildirdilar. FinTex startap yillar davomida 
katta banklar bialn muzokaralar olib borib, yangi moliyaviy loyihaga rozilik olishi 
mumkin, ammo shartnomaga imzo qo’yish paytida bankning yuristi loyihaga 
qarshi chiqishi mumkin. Bu esa barcha ishning amalga oshmasdanoq, barbod 
bo’laganini anglatadi. Lekin mamlakatimizdagi banklarning ish sharoitlari ancha 
o’zgarib, liberallashib, innovatsiya va investitsiyalarga keng yo’l ochilayotgani 
tufayli, yaqin yillar ichida xolat tubdan o’zgarishiga umid qilish mumkin.


379 
Moliyaviy texnologiyalarni respublikamizda keng miqyosda rivojlantirsh 
uchun to’siq bo’lib turgan faktorlardan biri – bu saha bo’yicha yuqori malakali 
professor-o’qituvchilar va kadrlarning yetishmasligidir. Yaxshi mutaxassislar 
ko’pchilik xollarda turli-tuman vajlarni ko’satgan holda chet ellarga ketishga 
harakat qiladilar. Qolgan malakali mutaxassislarni esa O’zbekistonda ishlayotgan 
chet el kompaniyalari va tashkilotlari ko’proq maosh va yaxshi ish sharoitlari taklif 
qilgan holda ishga oladilar. Kichik kompaniyalar va davlat toshkilotlari esa ular 
bilan bu yo’nalishda raqobat qila olmaydilar. Hozirgi kunlarda yaxshi 
mutaxassislar uchun ish haqqi ancha katta bo’lgani uchun, startaplar loyihani 
amalga oshirish uchun endi ishni boshlagan yosh kadrlarni yoik frilanserlarni ishga 
jab etishlari mumkin. Ammo ularning ishlarini nazorat qilish va xatolarini 
to’g’rilash uchun juda bo’lmaganda bitta tajribali mutahassisni jab qilish kerak 
bo’ladi. Bunda boshqa muammoga ham duch kelish mumkin – yaxshi dasturchini 
tayyorlab bo’lganingizdan so’ng, uni boshqa bir kompaniya ilib ketishi ham 
mumkin. Bizningcha mutaxassislari kompaniyada ushlab turish uchun ularga 
motivatsion paketlar taklif qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Masalan, ular uchun 
aktsiyalar, optsionlar yoki loyihadagi ma’lum bir qism mulk sifatida berilishi 
mumkin. Ba’zi bir ekspertlar fintex-startaplarning muammolari ichida tarmoqni 
Markaziy Bank qattiq nazorat qilishi tufayli kelib chiadi deydilar ham. Hozirgi 
davrda huddi shu tashkilot bizda bozorning o’rnini egallagan va shu sababli ham 
bizda fintex industriyaning erkin rivojlanishi uchun imkoniyat ancha past darajada. 
Yana bir muammo – banklarning ham yangi texnologiyalar yaratishdan cho’chishi, 
ya’ni, ular “Markaziy bank bunga nima der ekan?”, - deb hadirsiraydilar.

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling