Moliyaviy texnologiyalar (Fintex) rivojlanishining asosiy yo’nalishlari
Banklar doimo moliyaviy sektordagi innovatsiyalar rivojlanishini ta’minlab
berganlar. Masalan, ХХ asrning 2-yarmi oxirida hayotimizga yangi texnologiyalar
– internet, kredit kartalar, bankomatlar, elektron kioskalar, internetdagi almashinuv
punktlari kirib keldi va ular hayotimizni ancha o’zgartirib yubordi. Xozirgi paytda
esa moliyaviy mablag’larni osonlik bilan boshqarish vositalari – smatfonlar,
ijtimoiy saytlar, katta ma’lumotlar (big data), bulutli texnologiyalar (cloud
technologies) ham hayotimizda o’z o’rnini topdi. Endi moliyaviy
innovatsiyalarning rivojlanishi faqatgina banklargagina bog’liq emas, unda yangi
o‘yinchilar paydo bo’lib, ular moliya dunyosini tubdan o’zgatirib yuborishlari
mumkin. Umuman aytganda, moliya olamida innovatsiyalar doimiy ravishda ro’y
berib turga. Misol sifatida masofaviy simsiz texnologiyalar, elektron hamyonlar,
elektron imzo, kriptopullar va blokcheynni keltirishimiz mumkin. Ammo bunda
endi innovator sifatida banklar emas, balki an’anaviy banklardagi bir qator
kamchiliklarni sezib qolgan eski bank xodimlari rahbarlik qiladigan kichik fintex
kompaniyalar ish yuritadilar. Bunda ko’pincha API(amaliy uintesrfeysi) degan
tushuncha ishlatiladi.API bu biror bir ilova yoki tizim tomonidan uni samarador
ishlatish uchun taqdim etiladigan tayyor uskunalar to’plamidir. API texnologiyasi
banklarga va boshqa moliyaviy hizmatlar yetkazib beruvchilarga o’z faoliyatlari
doirasida innovatsion moliyaviy hizmatlardan foydalanishga imkon beradi. Bu
jarayon konstruktorni eslatib yuboradi – foydalanuvchi bir qancha dasturiy
bloklarga ega va u ularni istalgan ketma-ketlikda joylashtira oladi. Bunday
konstruktor asosida IT-kompaniya rahbari kerakli bo’lgan biznes doirasida yangi
moliyaviy IT-hizmatlarni yaratishi mumkin bo’ladi. Haqiqatan ham nega loyihani
noldan boshlash kerak, agarda huddi shu loyihani API-komponentlar yordamida
amalga oshirish mumkin bo’lsa. Masalan, banklar va to’lov tizimlari
Do'stlaringiz bilan baham: |