Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma


bKash servisi pullarni oluvchilarga tez va osongina o’tkazishga imkon beradi.  Fintex


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/324
Sana30.08.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1671391
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   324
Bog'liq
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

bKash servisi pullarni oluvchilarga tez va osongina o’tkazishga imkon beradi. 
Fintexning Afrika qit’asidagi holati tahlil qilinganuda undagi 16 davlatda mobil 
pul hisob raqamlarining bank xisob raqamlaridan ko’ra ancha ko’pligi ma’lum 
bo’ldi. Demak, rivojlangan mamlakatlardagi fintex-kompaniyalar nafaqat 
moliyaviy hizmatlar qulay bo’lishiga intiladilar, balki ular millionlab insonlar real 
iqtisodiyotning afzalliklaridan foydalanishlariga imkon beradigan yangi raqamli 
infratuzilmalar yaratadilar. Shuning uchun ham IBM InterConnect 2015 
anjumanida Citi kompaniyasining mijozlar bilan ishlash bo’yicha eksperti, raqamli 
marketing bo’yicha mutaxassis Xizer Koks “Insonlarga banklar emas, balki 
banking kerakligini unutmang”, - deb aytdi. Bu haqda JP Morgan bankining bosh 
direktori Djeymi Daymon o’zining hissadorlarga bo’lgan yillik murojaatida 
quyidagilarni ta’kidladi: “Juda aqlli va katta pullarga ega bo’lgan yuzlab 
startaplar barcha an’anaviy bank tizimini o’zgartirish va yo’q qilishga qodir 


369 
bo’lgan texnologiyalar yaratish ustida ishlamoqdalar”. Haqiqatan ham 
raqobatlashish startaplarning aspsiy xususiyatlaridir va ular bir qancha 
afzalliklarga ham egalar: aniqlik, texnologik nay-xaylar, kichik o’lchamli va 
xodimlari juda talantlidir. Huddi shuning uchun ham ko’pchili banklar 
raqobatlashishni emas, balki hamkorlikni afzal ko’ra boshladilar. Yuqorida 
aytilganlar tufayli banklarning rivojlanishida ikkita stsenariyni ko’rsatish mumkin: 
Birinchi stsenariyda banklar o’z biznes modellarining ajoyibligiga ishongan xolda 
ishlay beradilar va yangi sharoitlarga moslasha olmay, raqobat kurashiga mag’lub 
boladilar. Ikkinchi stsenriyda banklar yangi texnologiyalarning juda ham 
muhimligini anglaydilar va innovatsion texnologiyalarni o'z fao’iyatlarida qo’llab, 
yangi biznes-modellardan foydalana boshlaydilar. Bu esa jahon miqyosida 
moliyaviy hizmatlarning osonlashishiga, arzonlashishiga va mijozlar uchun turli-
tuman qulayliklar yaratilishiga olib keladi. 
2015 yilda Britaniya davlati ochiq ma’lumotlar va API (amaliy dasturlash 
interfeysi) ning davlat API-loyihasi dairasida ishlatilishi boshlanayotgaligini 
ma’lum qildi. Raqobatbardoshlilini foydalanuvchilar manfaatiga o’zgartirish va 
mijozlarga hizmat ko’rsatish sifatini oshirish maqsadida moliyaviy tashkilotlar 
orasida ochiq ma’lumotlar bilan almashinish tizimi ishga tushirilishi 
rejalashtirilgan. Bu Britaniya hukumati tomonidan qilingan juda muhim qadamdir, 
chunki endi ko’pchilik innovatsion kompaniyalar ochiq moliyaviy ma’lumotlardan 
foydalana oladilar. To’lov hizmatlari haqida Evrova Ittifoqi tomonidan ishlab 
chiqilgan Payment Sersices Directive 2 – PSD II Direktivasi ham moliyaviy 
hizmatlarni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. 

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling