Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma
Download 5.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lending Club
Smart Angels va boshqalar), kreditlash tizimlari (LendingClub, Zopa, Pret
d’Union) kabi nomlar va tushunchalar juda yaxshi tanish. U’quvchilarimizdan ba’zi birlari esa bunday tizimlardan faol ravishda foydalanadilar ham. Bunday texnologiyalar moliyaviy taxnologiyalar bo’yicha eng rivojlangan davlatlarda – Britaniya, AQSH, Frantsiya, Gonkong, Singapur ishlab chiqishgan va rivojlantirishmoqda. Bunday texnologiyalarning rivojlanishi an’anaviy moliyaviy texnologiyalarning krizisidan va unga bo’lgan ishonchning yo’qolishi tufayli paydo bo’ldi. Shu tufayli yangi va juda arzon xizmatlar taklif etadigan fintex- 367 provayderlar paydo bo’ldi va bu xizmatlar mobil ilovalar platformalari orqali amalga qulay usulda oshirila boshlandi. Bunday zamonaviy moliyaviy texnologiyalar oddiy interfeysli texnologik servislar taklif qilgan xolda ommaning ishonchini qozondilar. Banklarga bo’lgan ishonchga putur yetishi sharoitida moliyaviy staraplar past narxlardagi shaffof xizmatlar taklif qilish vositasida aholi ishonchiga sazovor bo’ldilar. Moliyaviy texnologiyar – fintex ning mohiyatini ikkitagina so’z bilan ifodalash mumkin “o’zimboshqaraman”. Masalan, startaplar tomonidan ishlab chiqilgan pul o’tkazish mexanizmini ko’rib chiqamiz. Bunda foydalanuvchi o’z pullari bilan nimalar bo’layotganini ko’rib va kuzatib turadi, vositachi uchun komission to’lov to’lamaydi – ya’ni o’z moliyaviy vositalarini o’zi mustaqil ravishda boshqara oladi va bunga oldingidan ko’ra kam pul sarf qiladi. Xuddi shuning uchun ham fintex juda katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan innovatsiyadir. Hozirgi davrda chet elda ishlaydigan xodimlarning o’z vatanlariga pul jo’natishlari uchun mo’ljallangan WorldRemit va Remitlyservislari juda ommabop bo;lib ketgani tufayli ular mos ravishda $100 million $12,5 million investitsiyalar yig’a oldilar. Moliyaviy inqiroz davrida banklar nafaqat ishonchni yo’qotdilar, balki kredti olish jarayonini ham ancha murakkablashtirib yubordilar. Teng huquqli kreditlash deb nomlangan yangi moliyaviy texnologiyalar esa kredit olishni oson, shaffof, imkonli va tezkor qilishga muvaffaq bo’ldilar. Kredit olishning bunday usuli dezintermediatsiya printsipi (vositachilardan voz kechich)asosida ishlaydi. Kredit oluvchi va kreditt beruvchi orasidagi moliyaviy kelishuvlar mahsus savdo maydonlarida amalga oshiriladi. Bu yo’nalish bo’yicha eng katta muvaffaqiyatlarga erishga kompaniyalardan biri bo’lgan Lending Club Download 5.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling